Nafasov Zafar Nurmaxmadovichning
Fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Igna bargli daraxtlarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Qx 166
Ilmiy maslahatchi: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Nosirov Baxtiyor Salahiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzaeva Gulnora Saidorifovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi igna bargli daraxtlar zararkunandalarining tarqalishi, zarari, tabiiy entomofaglarning tur tarkibi, zararkunandalar populyatsiyasi sonini kamaytirishdagi ahamiyati hamda uyg‘unlashgan himoya qilishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamiz sharoitida igna bargli daraxtlarning asosiy zararkunandalarining tur tarkibi va asosiy dominant turlarining tarqalishi, ko‘payish sabablari, zarari, bioekologik xususiyatlari, rivojlanishi va zararlanish darajalari aniqlangan;
igna bargli daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishning biologik usullaridan foydalanishning imkoniyatlari ishlab chiqilgan;
igna bargli daraxtlarda zararkunandalarning paydo bo‘lishini bashorat qilish va qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish muddatlari aniqlangan;
igna bargli daraxtlar zararkunandalarining rivojlanishini prognozlashtirishning matematik modellari ishlab chiqilgan;
igna bargli daraxtlarning asosiy zararkunandalariga qarshi kurashning yuqori samara beruvchi biologik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda o‘rmon xo‘jaliklari uchun qulay, arzon, samarali, atrof-muhit, tabiiy entomofaglar uchun esa bezarar bo‘lgan kurash tizimi ishlab chiqilgan;
igna bargli daraxtlarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zararkunandalarga qarshi kurashning majmuaviy tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
igna bargli daraxtlar zararkunandalariga qarshi «Tayfun plyus», «Preparat-RR1», «Imitrin», «Bi-58», «Nurell-D», «Entolucho», «Difen super», «Karate Duo», «Faskord» kimyoviy preparatlari va «Bioslip BT», «Bioslip BB» mikrobiopreparatlari sinovdan o‘tkazilib, o‘rmonchilik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish boshqarmalarida keng miqyosda qo‘llash uchun tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi ishchi organi” davlat unitar korxonasining 2021 yil 19 maydagi №2-5-78-son ma’lumotnomasi). Natijada, igna bargli daraxtlar zararkunandalariga qarshi kurashishda kimyoviy va mikrobiologik preparatlarni qo‘llanilishi hisobiga o‘rmonchilik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish boshqarmalaridagi zararlangan daraxtlarni saqlab qolishga erishilgan;
igna bargli daraxtlarning zararkunandalariga qarshi kurashishda qo‘llanilgan «Tayfun plyus», «Preparat-RR1», «Imitrin», «Bi-58», «Nurell-D», «Entolucho», «Difen super», «Karate Duo», «Faskord» kimyoviy preparatlari va «Bioslip BT», «Bioslip BV» kabi mikrobiologik preparatlari «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritish uchun tavsiya etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 3 fevraldagi 02-13/60-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu preparatlar igna bargli daraxtlarning asosiy zararkunandalariga qarshi kurashishda asosiy vositalar sifatida hizmat qilgan;
igna bargli daraxtlar zararkunandalari: unsimon qurtlar, shiralar, qalqondorlar, tunlamlar, buzoqboshlar, quyruqli buzoqboshlar va mo‘ylovdor qo‘ng‘izlarga qarshi «Tayfun plyus», «Imitrin», «Entolucho», «Preparat-RR1», «Difen super», «Nurell-D», «Karate Duo», «Bi-58 (yangi)» kimyoviy preparatlari va «Bioslip BT», «Bioslip BB» mikrobiopreparatlari, umurtqali kemiruvchilarga qarshi «Bromadiolon», «Zookumarin pastasi» kimyoviy preparatlari Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari markazlarida 24843 dona igna bargli daraxtlarda hamda Xorazm viloyatidagi «Anor» f/x ko‘chatzorlarida 33,5 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 martdagi 02/025-1056-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy va mikrobiologik preparatlarning turiga qarab sarflangan 1,0 so‘m evaziga o‘rtacha 7,0-11,0 so‘mdan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
o‘rmon xo‘jaliklarida unsimon qurt, shira, qalqondor, urug‘xo‘r, tunlam, simqurt, buzoqbosh, quyruqli buzoqbosh qo‘ng‘izlari va umurtqali zararkunandalarga qarshi «Bioslip BT», «Bioslip BB» mikrobiopreparatlari 40 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi 05/21-1187-son ma’lumotnomasi). Natijada, zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan preparatlarning biologik samaradorligi 65-80 % va 72-81 % ni tashkil etib, sarflangan 1,0 so‘m evaziga qo‘llanilgan preparat turiga qarab 7,0-11,0 so‘m foyda olingan.