Davronov Baxtiyor Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chetdan keltirilgan sut yo‘nalishdagi Alp va Toggenburg zotli echkilarning xo‘jalik foydali belgilarini o‘rganish”, 06.02.03-Xususiy zootexniya: Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx481
Ilmiy rahbar: Ruziev Raxmonqul Istamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universitetining Toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Raximov Madamin Alijonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chetdan olib kelingan sut yo‘nalishdagi Alp
va Toggenburg zotli echkilarni keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitida sanoat asosida qurilgan majmuada boqishni ularning xo‘jalik foydali belgilariga ta’sirini o‘rganish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chetdan olib kelingan Alp va Toggenburg zotli echkilarni respublikaning sanoat komplekslari sharoitida yil davomida yopiq binolarda parvarishlash va ularning biologik xususiyatlari, hayotchanligi va fiziologik parametrlari, echkilarning mahsuldorligi va og‘iz suti, sutining kimyoviy tarkibi, ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
respublikamizning o‘zgaruvchan iqlim sharoitida Alp va Toggenburg zotli urg‘ochi echkilarning 330 kun mobaynida (18 oy) jami ozuqa birligi 270,17 kg oziqa sarflangan, natijada tirik vazni 59,79±0,67 kg. ni tashkil qilib, Alp zotli urg‘ochi echkilar tengqurlari Toggenburg urg‘ochi echkilaridan 2,69% ga yuqori bo‘lganligi, tirik vazndagi ishonchlilik darajasining farqi P˃0,99 bo‘lganligi isbotlangan;
Bir xil ratsionda oziqlantirilgan urg‘ochi echkilarda tajribaning 14-14,5 oyligidan 18-18,5 oylikgacha Alp urg‘ochi echkilari tengqurlari Toggenburg urg‘ochi echkilariga nisbatan 120 kunlik o‘sish davomida 11,82±0,30 kg mutlaq o‘sishga erishib, tengqurlaridan 2,98 kg. ga yoki 25,21% ga yuqori vaznga ega bo‘lganligi isbotlangan.
Alp zotli echkilarni sotishdan olingan sof foydasi 770323,0 so‘mni tashkil qilib, tengqurlari Toggenburg zotli echkilarga nisbatan 198852 so‘mga yuqori bo‘lgan. Rentabellik darajasi Alp zotli echkilar 33,0% ni tashkil qilib, tengqurlari Toggenburg zotiga nisbatan 8,5% ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Sut sotishdan olingan foyda o‘rtacha Alp zotli echkilarda
3228570,0 so‘m, tengqurlari Toggenburg zotli echkilarda o‘rtacha sut sotishdan olingan foyda 3082500,0 so‘mni tashkil qilib, Alp zotli echkilardan tengqurlari Toggenburg zotli echkilarga nisbatan 146070 so‘m ko‘p foyda olinganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chetdan keltirilgan sut yo‘nalishidagi alp va toggenburg zotli echkilarning xo‘jalik foydali belgilarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Echkichilik sanoat kompleksida 50 bosh Alp va 50 bosh Toggenburg zotli sutdor echkilarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi “INZIM TEX” Britaniya-O‘zbekiston MChJ echkichilik naslchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 29-iyuldagi №02/23-314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada echkichilik naslchilik xo‘jaligi podasida echkilarni davrlar kesimida 60 kunlik iydirish davrida 145 kunlik asosiy sut berish davrida 100 kunlik sutdan chiqarish davridagi oziqlantirish texnologiyasi joriy etilgan.
Ohangaron tumani, “Ohang Xolto‘raev Sardor” fermer xo‘jaligiga qarashli podasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 29-iyuldagi №02/23-314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy echkilarda davrlar kesimida oziqlantirish natijasida 305 kun laktatsiya davrida mahalliy echkilardan 450 kg sut sog‘ib olingan bo‘lib, bu esa 131600 so‘m sof foyda olingan. Echki suti ishlab chiqarish rentabelligi mahalliy echkilarda 23% ga oshganligi isbotlangan.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, “Baxt imkon rivoji chorvasi” fermer xo‘jaligidagi 35 bosh Zaanen zotli sut yo‘nalishidagi echkilarda texnologik davrlarda oziqlantirish texnologiyasi joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 29-iyuldagi №02/23-314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan keltirilgan echkilarda davrlar kesimida oziqlantirish natijasida 300 kun laktatsiya davrida Zaanen zotli echkilardan 755 kg sut sog‘ib olinib, sotilganda 922342 so‘m sof foyda olingan. Echki suti ishlab chiqarish rentabelligi Zaanen zotli echkilarda 23% ni tashkil qilgan.