Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi (qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped453.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Malohat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishidagi filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini ilmiy tizim shaklida ishlab chiqish va ulardan pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlar sifatini diversifikativ salohiyatli oshirish, turli nutq va yozma holatlariga konseptual-uslubiy kompleks tayyorlash, grammatizmdan voz kechish, nutq madaniyatini yanada oshirishning metodik-praksiologik+metodik-pragmatik tamoyili asosida takomillashtirilgan.
filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini nutq, yozma ko‘nikmalari muayyan konkret o‘quv vazifalarini belgilay olishdagi kreativ-kollaboratsion ustuvorligini kontekstual jarayonli rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan verifikatsion yondashuv xususiyatlari innovatsion pedagogik taksonomiya muhiti asosida takomillashtirilgan;
talabalarning lingvistik kompetensiyasıni zamonaviy rivojlantirish profilini (kommunikator, prinsipial, motivator, kreativ, qadriyatli, tavakkalchi, innovator, refleksiv) yaratish, funksional nutq va yozuvning ichki tuzilishini rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv mashqlar, interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasining bosqichlari ko‘p vektorli joylashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayoni ishtirokchilarining sotsio-lingvistik ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan yozma va nutq madaniyatini rivojlantirishning didaktik modeli tilshunoslikning aksiologik, kognitiv va faoliyat komponentlari asosida takomillashtirilgan;
filolog-talabalarning protsessual-tashkiliy tomonlarini tavsiflovchi yozma va nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning shaxsiy-semantik tarkibiy qismlari lingvistik bilim va ko'nikmalarni nostandart usulda qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini takomillashtirish, o‘qitish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlar sifatini diversifikativ salohiyatli oshirish, turli nutq va yozma holatlariga konseptual-uslubiy kompleks tayyorlash, grammatizmdan voz kechish, nutq madaniyatini yanada oshirishning metodik-praksiologik+metodik-pragmatik tamoyilini oshirishga doir tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170930309-son “Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusudagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yıl 26-apreldagi 01-21-02/914-son ma’lumotnomasi). Natijada, filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari samaradorligi ortgan;
filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini nutq, yozma ko‘nikmalari muayyan konkret o‘quv vazifalarini belgilay olishdagi kreativ-kollaboratsion ustuvorligini kontekstual jarayonli rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan verifikatsion yondashuv xususiyatlari innovatsion pedagogik taksonomiya muhitini takomillashtirishga oid takliflar “Ulıwma pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-818 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning lingvistik kompetensiyasıni zamonaviy rivojlantirish profilini yaratish, funksional nutq va yozuvning ichki tuzilishini rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv mashqlar, interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasining bosqichlari ko‘p vektorli joylashtirishga oid takliflar “Ulıwma pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-818 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha ko‘nikmalar rivojlantirish samaradorligi oshgan;
o‘quv jarayoni ishtirokchilarining sotsio-lingvistik ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan yozma va nutq madaniyatini rivojlantirishning didaktik modeli tilshunoslikning aksiologik, kognitiv va faoliyat komponentlariga oid takliflar “Qoraqalpoq tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yıl 13-apreldagi 51-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha ko‘nikmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
filolog-talabalarning protsessual-tashkiliy tomonlarini tavsiflovchi yozma va nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning shaxsiy-semantik tarkibiy qismlari lingvistik bilim va ko‘nikmalarni nostandart usulda qo‘llashga oid takliflardan Qoraqalpogʻiston telekanalining “Til – millet ruuxi”, “Til bayligʻi – el bayligʻi”, “Assalauma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Tikkeley efir”, “Xabar” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-apreldagi 05-22/192-son ma’lumotnomasi). Natijada, filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha ko‘nikmalar rivojlantirish yuzasidan bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish