Xujanova Munira Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda bolalar uylarining shakllanishi va faoliyati (1925-1991 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar780.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor, Pasilov Baxodir, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-1991 yillarda O‘zbekistonda Bolalar uylarining shakllanishi va ularning faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda dastlabki bolalar uylarining tashkil etilishi o‘lkada bol`sheviklar hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng amalga oshirilganligi, muassasalar uchun boylarning hovlilari ajratilib, binolar etim bolalar uchun umumiy tartibda bo‘lib, unda qiz va o‘g‘il bolalar birgalikda tarbiyalanganliklari asoslab berilgan;
bolalar uylarining miqdori va ularda tarbiyalangan bolalar soni yillar kesimida o‘zgarib turganligi aniqlanib, bu holat o‘sha davrda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
bolalar muassasalarida ta’lim va tarbiya ishlari ikki bosqichda namoyon bo‘lgan bo‘lib, birinchi bosqichda (1920-1940 yillarda) - ta’lim va tarbiya ishlari birgalikda bolalar muassasalarida olib borilganligi hamda ikkinchi bosqichda (1950-1980 yillarda) bolalar ta’lim olish uchun maktablarga borganligi ochib berilgan;
bolalar uylariga davlat byudjeti hisobidan turli davrlarda turlicha mablag‘lar ajratilganligi hamda dastlabki davrlarda aholining o‘zi muassasalarga moddiy yordam berganligi va keyinchalik korxonalar ularni otaliqqa olishi  natijasida bolalar muassasasi moddiy ta’minoti yillar kesimida o‘zgarib turganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bolalar uylarining shakllanishi va faoliyati dissertatsiya ishini tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy yangiliklar, xulosalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekistonda bolalar uylarining shakllanishi va taraqqiyoti, boshqaruv tizimi, moddiy-texnik sharoiti, o‘quv-tarbiya ishlari, kadrlar tayyorlash tizimidagi muammolarga oid tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi - O‘zbekiston tarixi telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzudagi “Mavzu”, “Moziydan sado”, “Ko‘hna dunyo” kabi ko‘rsatuvlarining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi - O‘zbekiston tarixi teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 17 iyundagi 48-764-4244-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlarni tayyorlash davomida dissertatsiyada keltirilgan asosiy nazariy, mulohaza, taklif va tavsiyalardan foydalanish tomoshabinlarning O‘zbekistonda Bolalar uylarining shakllanish jaryonlari haqida yanada batafsilroq ma’lumot olishlariga xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida Sharqiy Evropadan evakuatsiya qilingan Bolalar uylari milliy jihatlarni hisobga olgan holda alohida binolarda joylashtirilganligi, urushdan keyin O‘zbekistonga evakuatsiya qilib keltirilgan polyak bolalarining o‘z yurtlariga qaytarilishi, 1950-yillarning oxirida O‘zbekistonda Bolalar uylari sonining kamayib borishi, bunga ta’sir etgan asosiy omillar kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozisiyasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining 2022 yil 30 noyabrdagi 42/728-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishining ilmiy yangiliklari, amaliy natijalaridan muzey ekspozisiyalarida foydalanish, tashrif buyuruvchlarining O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mashaqqatli mehnati va etim bolalarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklar borasida yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishlarga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish