Eralov Azamat Jomurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida turizmning rivojlanish tarixi (1991-2020-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar777.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Akrom Mo‘minovich, tarix fanlari doktori; Egamberdieva Go‘zal Akramjanovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillarda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida turizmning rivojlanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonnning janubiy viloyatlarida turizmni rivojlanishi jarayonlarining uchta muhim bosqichi aniqlanib, birinchi bosqich – 1991-2005 yillarda turizmning meyoriy-huquqiy asoslari yaratilganligi va sohada bozor mexanizmining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ikkinchi bosqich – 2006-2015 yillarni o‘z ichiga olib, turizm sohasida xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirishni jadallashtirish, ivestisiya va marketing amalga oshirilishi natijasida turizm sohasida turli tarmoqlar vujudga kelishi, sohada tadbirkorlik va raqobat muhitini yaratilganligi va uchinchi bosqich – 2016 yildan boshlanib, turizm sohasini jadal rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotini strategik tarmog‘iga aylanishi, zamonaviy yondashuvlar asosida turizm sohasining rivoji hamda uni viloyatlar iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylantirishda sezilarli darajada kengaytirilganligi va ijtimoiy muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
Janubiy viloyatlarda turizmni taraqqiy ettirishning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblangan – tog‘ turizmi (Boysun, Hisor, Pomir-Oloy tog‘lari), ziyorat turizmi (Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Abu Mu’in an Nasafiy, Oqsaroy ziyoratgohlari), gastronomik turizm (tandir, yaxna, osh, somsa), ekoturizm (Sangardak sharsharasi, Sayrobdagi chinor, Oqsuv daryosi va Suvtushar sharsharasi), qishloq turizmi (Omonxona, Tuz kon, G‘ilon, Varganza qishloqlari), etnoturizmning rivojlanish imkoniyatlarining mamlakat ravnaqidagi ulkan ahamiyati asoslangan;
respublikaning janubiy hududlariga tashrif buyurgan horijiy va mahalliy sayyohlar oqimi turlicha bo‘lganligi asoslanib turizm infratuzilmasi yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoda turli kasalliklarni tarqalganligi sababli ichki va tashqi turizm dinamikasi dalillangan;
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida qadimgi va o‘rta asrlar shaharlari, me’moriy obidalarning mavjudligi, o‘lkashunoslik jihatdan e’tiborni tortishi, mintaqaning qulay geografik joylashuvi, maftunkor tabiati orqali ayniqsa ekologik va ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ’zbekistonning janubiy viloyatlarida turizmning rivojlanish tarixi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va olingan ilmiy natijalaridan:
O‘zbekistonnning janubiy viloyatlarida turizmni rivojlanishi jarayonlarining uchta muhim bosqichi aniqlanib, birinchi bosqich – 1991-2005 yillarda turizmning meyoriy-huquqiy asoslari yaratilganligi va sohada bozor mexanizmining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ikkinchi bosqich – 2006-2015 yillarni o‘z ichiga olib, turizm sohasida xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirishni jadallashtirish, ivestisiya va marketing amalga oshirilishi natijasida turizm sohasida turli tarmoqlar vujudga kelishi, sohada tadbirkorlik va raqobat muhitini yaratilganligi va uchinchi bosqich – 2016 yildan boshlanib, turizm sohasini jadal rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotini strategik tarmog‘iga aylanishi, zamonaviy yondashuvlar asosida turizm sohasining rivoji hamda uni viloyatlar iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylantirishda sezilarli darajada kengaytirilganligi va ijtimoiy muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etganligi yuzasidan xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 01-011-3061-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish, mamlakatimiz ma’naviyati va ma’rifati hamda madaniyatini dunyoga tanitish, xalqlar orasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini rivojlantirish imkonini bergan;
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida qadimgi va o‘rta asrlar shaharlari, me’moriy obidalarning mavjudligi, o‘lkashunoslik jihatdan e’tiborni tortishi, mintaqaning qulay geografik joylashuvi, maftunkor tabiati orqali ayniqsa ekologik va ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligi hamda ulardan etarli darajada foydalanilganligi bo‘yicha olib borilgan ishlardan Xalqaro “Oltin Meros” xayriya fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya fondining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01-35-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mamlakatimizdagi madaniy meros obektlarini saqlash va muhofaza qilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida hal qiluvchi sohalardan biri ekanligini asoslab berish imkonini bergan;
janubiy viloyatlarda turizmni taraqqiy ettirishning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblangan – tog‘ turizmi (Boysun, Hisor, Pomir-Oloy tog‘lari), ziyorat turizmi (Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Abu Mu’in an Nasafiy, Oqsaroy ziyoratgohlari), gastronomik turizm (tandir, yaxna, osh, somsa), ekoturizm (Sangardak sharsharasi, Sayrobdagi chinor, Oqsuv daryosi va Suvtushar sharsharasi), qishloq turizmi (Omonxona, Tuz kon, G‘ilon, Varganza qishloqlari), etnoturizmning rivojlanish imkoniyatlarining mamlakat ravnaqidagi ulkan ahamiyatidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazining 2022 yil 14 oktyabrdagi 313-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi turizm sohasini rivojlantirish O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida hal qiluvchi sohalardan biri ekanligini asoslab berish imkonini bergan;
respublikaning janubiy hududlariga tashrif buyurgan horijiy va mahalliy sayyohlar oqimi turlicha bo‘lganligi asoslanib turizm infratuzilmasi yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoda turli kasalliklarni tarqalganligi sababli ichki va tashqi turizm dinamikasi ilmiy-qiyosiy tahlillar asosida ilk marta taqqoslab chiqilganligini yoritib berish, turizm bo‘yicha arxivlarda, statistika qo‘mitalarida saqlab kelinayotgan ma’lumotlarni umumlashtirishga oid ma’lumotlardan "O'zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telerdaiokanali davlat muassasasining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-29-1577-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda O‘zbekistonning janubiy viloyatlari hisoblangan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida turizmning rivojlanish tarixi batafsil tahlil qilingan.