Avliyoqulova Dilobar Dilmurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati va uning oqibatlari (Janubiy viloyatlar misolida. XX asrning 20-80-yillari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar667.
Ilmiy rahbar: Choriev Ahmad Xuvaevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Rahmatova Dilnavoz, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy O‘zbekistonda mustabid sovet hokimiyatining qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining O‘zbekiston janubidagi qatag‘onlik siyosati Buxoro amirligini ag‘darishi bilan boshlanganligi dalillangan;
mustabid tuzumning amaldagi turmush tarzini o‘zgartirib yangi sotsialistik jamiyatni qurishga qaratilgan siyosati – kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun qilish, xususiy mulkni tag-tomiri bilan yo‘q qilish, davlat mulkini tashkil etish kabi masalalar ochib berilgan;
og‘ir ikkinchi jahon urushi yillarida ham janubiy viloyatlarda sovet hokimiyatining qatag‘onlik siyosati to‘xtatilmaganligi asoslangan;
sovet hokimiyatining tugatilish yillarida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” kabilarning janubiy viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga etkazgan moddiy va ma’naviy zararlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
sovet hokimiyatining O‘zbekiston janubidagi qatag‘onlik siyosati Buxoro amirligini ag‘darishi bilan boshlanganligi yangi arxiv materiallari asosida olingan ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 28 oktyabrdagi 01-40-1688–son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarda Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan zo‘ravonlik siyosati hamda inson huquq va erkinliklarining poymol qilinganligi to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam berilgan;
mustabid tuzumning amaldagi turmush tarzini o‘zgartirib yangi sotsialistik jamiyatni qurishga qaratilgan siyosati – kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun qilish, xususiy mulkni tag-tomiri bilan yo‘q qilish, davlat mulkini tashkil etish kabi masalalar, sovet hokimiyatining tugatilish yillarida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” kabilarning janubiy viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga etkazgan moddiy va ma’naviy zararlari yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 avgustdagi tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi  fondini boyitishda hamda QarDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi Muzeyi “Sovet hokimiyatining Kollektivlashtirish va quloqlashtirish siyosati, uning fojeaviy oqibatlari”, “80-yillardagi siyosiy qatag‘onlar: paxta ishi kampaniyasi” bo‘limlaridagi ekspozisiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 12 noyabrdagi 213-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeylarga tashrif buyuruvchilarning janubiy viloyatlardan qatag‘on qilinganlar haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish