Yormatova Yoqutxon Nurmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilning intonatsion sistemasi va interferensiya”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2023.
Ilmiy rahbar: Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyaev Avazxon Ixtiyarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘zbek tili egalari nutqini fonetik - eksperimental jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek-ingliz tillarida gipodeferensisatsiya, giperdeferensiatsiya, fonetik substitusiya, fonetik reinterpretatsiya hodisalari nutq jarayonida fonetik interferensiya hamda aksentga olib kelishi asoslangan;
turli tizimga oid til egalarining til bilimlari talaffuz jarayonida ohang tebranishiga katta ta’sir ko’rsatishi, matn mazmunini anglagan holatdagina fonetik birliklar – nutq tempi, balandlik, pastlik va boshqa turli emotsional birliklar haqiqiy ma’noda ahamiyat kasb etishi aniqlangan;
ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi til egalarining o‘zga tilni o‘rganish va talaffuz qilish ko‘nikmalari matn mazmuni tushunmagan holda o’qilganda intonatsion birliklarni noto’g‘i qo’llab, faqat, harflarni tanish orqali o’qilganligi fonetik tajribalar asosida dalillangan;
ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi o‘zbek tili egalari nutqida bilingvizm va interferensiya hodisalari fonetik-eksperimental audial yozuvlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intonatsiya, interferensiya, bilingvizm masalalarining tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek-ingliz tillarida gipodeferensisatsiya, giperdeferensiatsiya, fonetik substitusiya, fonetik reinterpretatsiya hodisalari nutq jarayonida fonetik interferensiya hamda aksentga olib kelishi xususidagi xulosalar hamda tajriba asoslari aks etgan diagrammalar “Belorus Respublikasi Oliy ta’limini modernizatsiya qilish” (Filoligiya yo‘nalishi: Informatsion texnologiyalar yordamida talabalarning xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish muammolari) mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Belorus davlat texnika universitetining 2022-yil 14-fevraldagi 92-son ma’lumotnomasi). Natijada bilingvizm va sun’iy bilingvizm fenomenlariga doir ilmiy qarashlar hamda mazkur tushunchalarga oydinlik kirituvchi misollar loyihaning amaliy va ilmiy ko‘rsatmalari uchun xizmat qilgan;
ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi til egalarining o‘zga tilni o‘rganish va talaffuz qilish ko‘nikmalari matn mazmuni tushunmagan holda o’qilganda intonatsion birliklarni noto’g‘i qo’llab, faqat, harflarni tanish orqali o’qilganligi fonetik tajribalarga asoslangan xulosa va tavsiyalardan Rossiya Federatsiyasi Perm davlat milliy tadqiqot universitetining “STEAM – metodlari orqali gumanitar (filologiya) fanlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (Irkusk davlat texnika universitetining 2022-yil 10-fevraldagi 618802-EPP-1-2020-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘plangan audio yozuv fayllari oliy ta’lim muassasalari talabalari nutqidagi intonatsion va fonetik interferensiya hodisalari haqidagi bilimlarni boyitishga, shuningdek, mazkur tadqiqotning nazariy va amaliy natijalari asosida oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza hamda seminar mashg‘ulotlarida foydalaniladigan materiallar to‘ldirilib, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi;
turli tizimga oid til egalarining til bilimlari talaffuz jarayonida ohang tebranishiga katta ta’sir ko’rsatishi, matn mazmunini anglagan holatdagina fonetik birliklar – nutq tempi, balandlik, pastlik va boshqa turli emotsional birliklar haqiqiy ma’noda ahamiyat kasb etishiga doir xulosalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Xayrli kun”, “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari hamda “Yoshlar kundaligi” nomli radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-martdagi 01-02/68-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.