Xodjaev Sidiq Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uchlik timsolining ijtimoiy-falsafiy va badiiy talqinlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3246.    
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshxo‘ja Solijonov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori; Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy adabiyotda uchlik timsolining o‘rni, badiiy-estetik vazifasi, poetik obraz sifatidagi ishtiroki, adabiy asarlar tarkibidagi raqamli timsollar, xususan, uchlik asosidagi tushunchaning ahamiyati, genezisi, zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi qahramonlar xarakteri bilan bog‘liq muammolarni ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlarning mifologik asoslari, genezisi, qadimiy tasavvur va tushuncalar asosida so‘z san’atiga ko‘chishi, jumladan,  uchlikning turli davrlardagi ijtimoiy-madaniy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi  asoslangan;
uchlik timsoli arxetipining turli kombinatsiyalari ma’lum bir xalq turmushi va xususiyatlarini aks ettirishi, muayyan raqamning badiiy matn kontekstidagi ilmiy istilohi, g‘oyaviy-falsafiy xususiyatlari, raqamlar ishtirokidagi syujetlarning badiiy jihatlari, xususan, uchlik timsolining  funksional xususiyatlari dalillangan;
uchlik bilan bog‘liq asarlarning qadimiy namunalarida syujet sxemasi, motiv va obrazlari aynan o‘xshash ekanligi aniqlanib, asarlarning struktur-kompozision tuzilishi, mohiyati va badiiyati ochib berilgan;
uchlik timsolining  hozirgi o‘zbek nasrida badiiy asar shakl va mazmun birligini ta’minlovchi muhim unsur ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Uchlik timsolining ijtimoiy va badiiy talqinlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamlarning mifologik asoslari, genezisi, qadimiy tasavvur va tushuncalar asosida so‘z san’atiga ko‘chishi, jumladan,  uchlikning turli davrlardagi ijtimoiy-madaniy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalardan “Jadid adabiyoti tarixi” darsligini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan taqdim etilgan 538-283-raqamli ruxsatnoma). Natijada uchlik timsoli tahlili bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan o‘rta ta’lim maktablaridagi adabiyot fanining o‘quv-metodik materiallari boyitilgan;
uchlik timsoli arxetipining turli kombinatsiyalari ma’lum bir xalq turmushi va xususiyatlarini aks ettirishi, muayyan raqamning badiiy matn kontekstidagi ilmiy istilohi, g‘oyaviy-falsafiy xususiyatlari, raqamlar ishtirokidagi syujetlarning badiiy jihatlari, xususan, uchlik timsolining  funksional xususiyatlariga oid illyustrativ materiallardan Andijon davlat universitetida 2017-2018-yillarda bajarilgan “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” nomli OT-A1-46 raqamli ilmiy texnik loyiha ishida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022 yil 1-dekabrdagi 39-04-4631-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atga kiritilgan istilohlarning  ilmiy-istilohiy mazmuni boyigan;
uchlik bilan bog‘liq asarlarning qadimiy namunalarida syujet sxemasi, motiv va obrazlari aynan o‘xshash ekanligi aniqlanib, asarlarning struktur-kompozision tuzilishi, mohiyati va badiiyati talqinlari  va ularning tahliliga oid natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2023-yil 22-fevraldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiylikning konseptual manzarasini ishlab chiqish jarayonlarida uchlik timsoliga tayanilgan.
uchlik timsolining  hozirgi o‘zbek nasrida badiiy asar shakl va mazmun birligini ta’minlovchi muhim unsur ekanligi xususidagi xulosalardan 2022-yilda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Intervyu”, “Jondan aziz”, “Ma’naviyat sarchashmalari” ko‘rsatuvlari hamda “Yoshlar kundaligi” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-apreldagi 01.02/80-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boybo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish