Saipova Hilola Abdulxamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutq sintaktik kompozisiyasi va uning kommunikativ, semantik,  funksional tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2842.    
Ilmiy rahbar: Abdupattoev Muhammadtohir, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq sintaktik kompozisiyasi va uning kommunikativ, semantik, funksional jihatlarini o‘zbek tili materiallari asosida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintaktik kompozisiyaning nutqni mantiqan  shakllantiruvchi hamda fikrni tartibga soluvchi lingvistik kategoriya sifatidagi semantik-sintaktik belgi-xususiyatlari  ochib berilgan;  
nutqning yaxlitligini ta’minlovchi asosiy omil uning kompozision qismlarga ega ekanligi bilan bog‘liqligi, nutq kompozisiyasi asosan uch  – bosh (kirish), asosiy qism (fikrlar rivoji) va yakun (xulosa) qismlardan tashkil topishi isbotlangan;
boshlanma nutq kompozisiyasining kirish qismi hisoblanishi hamda nutqning semantik yadrosini tashkil etishi, fikr rivoji yangi axborotni ifoda etuvchi asosiy qism ekanligi, tugallanma fikrni xulosalovchi nutqiy kategoriya sifatida dalillangan;
aktual bo‘linish nutq sintaktik kompozisiyasini to‘liq shakllantiruvchi asosiy vositalaridan biri ekanligi, aktual bo‘linish birliklari – tema va remaning nutqning shakllanishidagi vazifalari hamda ularning o‘zaro semantik va sintaktik bog‘lanishlari izohlangan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan natijalar asosida:
sintaktik kompozisiyaning nutqni mantiqan  shakllantiruvchi hamda fikrni tartibga soluvchi lingvistik kategoriya sifatidagi semantik-sintaktik belgi-xususiyatlari bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalardan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada nutqning sintaktik xususiyatlari bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;    
nutqning yaxlitligini ta’minlovchi asosiy omil uning kompozision qismlarga ega ekanligi bilan bog‘liqligi, nutq kompozisiyasi asosan uch  – bosh (kirish), asosiy qism (fikrlar rivoji) va yakun (xulosa) qismlardan tashkil topishi bo‘yicha berilgan qarash va xulosalaridan “Lingvopoetika asoslari” darsligida keng foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022-yil 23-dekabrdagi 586-son buyrug‘i bilan berilgan 342-006 raqamli ruxsatnomasi). Natijada nutqning sintaktik kompozisiyasi bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
boshlanma nutq kompozisiyasining kirish qismi hisoblanishi hamda nutqning semantik yadrosini tashkil etishi, fikr rivoji yangi axborotni ifoda etuvchi asosiy qism ekanligi, tugallanma fikrni xulosalovchi nutqiy kategoriya ekanligiga oid xulosalari 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 03.04.2023-yil 154/1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan;
aktual bo‘linish nutq sintaktik kompozisiyasini to‘liq shakllantiruvchi asosiy vositalaridan biri ekanligi, aktual bo‘linish birliklari – tema va remaning nutqning shakllanishidagi vazifalari hamda ularning o‘zaro semantik va sintaktik bog‘lanishlari bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyaladan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Adabiy muhit”, “Maxsus reportaj”, “Jarayon” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan  (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-yanvardagi 187-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish