Ikromova Gulhida Axmadillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharof Boshbekov dramalarining lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Fil2377.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharof Boshbekov dramalari tilining leksik-semantik hamda uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dramalarda qo‘llanilgan Qo‘chqor, Qumri, Alomat, Bozorvoy,  Shoir, Olim Baratovich singari antroponimlarning  allyuziv nom sifatida matnni shakllantirish hamda intertekstuallikni ta’minlash, komik effekt hosil qilish hamda ijobiy yoki salbiy baho ifodalash kabi funksional-ekspressiv xususiyatlari aniqlangan;
Sharof Boshbekov dramalari personajlari nutqida qo‘llanilgan argo (novsha, shisha), jargon (mulla), vulgarizm (jinni, kalta, tirmizak, xumpar, to‘nka, hayvon)  hamda varvarizm  (da-da, lyuboy moment) kabi leksik  birliklarning  nutq ta’sirshanligi, aniqligi va o‘ziga xosligini ta’minlashdagi roli, ularning badiiy nutq jarayonida personaj ma’naviy-axloqiy darajasi va fe’l-atvoridagi kamshiliklarni ko‘rsatish hamda kulgu hosil qilishdagi vazifalari oshib berilgan;
dramalarda shoirvachcha, kallashunos, chalafidoiy, azakayfiyat, imon topgur kabi individual neologizmlarning nutq vaziyatida yumoristik pafos hosil qilish hamda dramatik matn ekspressivligini oshirish, qahramon nutqini individuallashtirishdagi roli hamda  dramaturg ijodida tutgan badiiy qimmati koʻrsatib berilgan.
dramaturg tomonidan yaratilgan iboralarning xalq tiliga asoslanishi, muallifning individual mahorat darajalariga bog‘liq xilma-xil uslubiy ma’no anglatish jihatlari, dramatik asarlar tilining ekspressivligi hamda tasvir tugalligini, personaj xatti-harakati, ruhiy holati, qalb keshinmasi va hissiyotlarini to‘laligisha ifodalash, nutqning ta’sirshanligini oshirish, kinoya, tahdid, hazil-mutoyiba, qoshirim, ma’noni kushli tarzda ifodalash, ijobiy va salbiy munosabat kabilarni bo‘rttirib tasvirlash va adabiy tilni boyitishdagi lisoniy omillar asoslangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharof Boshbekov dramalarining lisoniy tadqiqi bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
dramalarda qo‘llanilgan Qo‘chqor, Qumri, Alomat, Bozorvoy,  Shoir, Olim Baratovich singari antroponimlarning  allyuziv nom sifatida matnni shakllantirish hamda intertekstuallikni ta’minlash, komik effekt hosil qilish hamda ijobiy yoki salbiy baho ifodalash kabi funksional-ekspressiv xususiyatlarini  asoslashga oid ilmiy-nazariy xulosalardan FA–A1 G006-raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining tekstologik tahlili va nashrga tayyorlash”  mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-martdagi  105/1-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq tili hikmatlari, jumladan, maqol va hikmatli so‘zlarning funksional so‘z yasalishida hamda ularning qo‘llanishidagi leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
Sharof Boshbekov dramalari personajlari nutqida qo‘llanilgan argo (novsha, shisha), jargon (mulla), vulgarizm (jinni, kalta, tirmizak, xumpar, to‘nka, hayvon)  hamda varvarizm  (da-da, lyuboy moment) kabi leksik  birliklarning  nutq ta’sirshanligi, aniqligi va o‘ziga xosligini ta’minlashdagi roli, ularning badiiy nutq jarayonida personaj ma’naviy-axloqiy darajasi va fe’l-atvoridagi kamshiliklarni ko‘rsatish hamda kulgu hosil qilishdagi vazifalarini lingvostilistik tadqiqot obekti sifatida o‘rganishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 14-martdagi 106/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folkloridagi epik turga mansub asarlar badiiyatini belgilashga asos yaratilgan;
dramaturg asarlari tilida shoirvachcha, kallashunos, chalafidoiy, azakayfiyat, imon topgur kabi individual neologizmlarning nutq vaziyatida yumoristik pafos hosil qilish hamda dramatik matn ekspressivligini oshirish, qahramon nutqini individuallashtirishdagi rolini aniqlash yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Yozuvshilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Adabiyot kunlari”, “Mustaqillik nazm va nasr keshalari” singari adabiy anjuman va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar loyihasini ishlab shiqish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvshilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2023-yil 31-yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan loyiha va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar badiiy-ilmiy jihatdan mukammallashgan;
dramaturg tomonidan yaratilgan iboralarning xalq tiliga asoslanishi, muallifning individual mahorat darajalariga bog‘liq xilma-xil uslubiy ma’no anglatish jihatlari, dramatik asarlar tilining ekspressivligi hamda tasvir tugalligini, personaj xatti-harakati, ruhiy holati, qalb keshinmasi va hissiyotlarini to‘laligisha ifodalash, nutqning ta’sirshanligini oshirish, kinoya, tahdid, hazil-mutoyiba, qoshirim, ma’noni kushli tarzda ifodalash, ijobiy va salbiy munosabat kabilarni bo‘rttirib tasvirlash va adabiy tilni boyitishdagi lisoniy omillarni aniqlashga oid xulosalardan Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limining “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy loyihasi va amaliy tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, markaz tomonidan tashkil etilgan kitobxonlik loyihalari, jumladan, “Men sevgan asar”, “100 ta eng yaxshi kitob” loyihalari matnini tayyorlashda foydalanilgan (Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 27-yanvardagi 37-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan loyiha va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar badiiy-ilmiy jihatdan mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish