Ahmadjonova Oqilaxon Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy asar personajlari ruhiy va jismoniy  holatlari tasvirining o‘zaro uyg‘unlashuvi (Asqad Muxtorning “Tug‘ilish” va “Chinor” romanlari misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1736.    
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshxo‘ja Solijonov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi Asqad Muxtorning “Tug‘ilish” va “Chinor” romanlari misolida badiiy asar personajlarining ruhiy-psixologik holati hamda jismoniy xatti-harakatlari (psixofiziologik) tasvirining o‘zaro uyg‘unlashuvida namoyon bo‘luvchi ijodkor mahoratini ochib berish, muallifning o‘ziga xos uslubini shu kungi adabiyotshunoslikning yangicha qarashlari, ilmiy mezonlari asosida aniqlash hamda ilmiy-nazariy jihatdan ifodalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
personaj ruhiyatini yoritish uchun qo‘llanilgan psixologik va psixofiziologik holat tasvirlarining muayyan vazifalari Asqad Muxtorning “Tug‘ilish” va “Chinor” romanlari misolida o‘rganilib, muallifning nafaqat janriy va badiiy shakl, balki o‘zbek nasrida psixologik tasvir muammosi borasida ham ijodiy muvaffaqiyatga erishganligi asoslangan;
muallif nutqi, personaj nutqi, dialog, monolog kabi nutq turlari va shakllarining badiiy tasvir orqali adib romanlari g‘oyasi va mazmun mundarijasida namoyon bo‘lishi, personajlarning o‘zaro bir-birini kuzatib, dialog va ichki nutqi orqali munosabat bildirishi, muallifning kuchli ziddiyatli vaziyatlarda qahramonlarning ruhiy va jismoniy holatini uyg‘unlashtirib tasvirlashdagi mahorati aniqlangan;
ijodkorning ayollar psixologiyasi, ruhiy dunyosini tasvirlashdagi o‘ziga xos mahorati, shuningdek, kasb, lavozim, ma’lum mehnat jarayonlarini talqin etishda sohalar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlardan samarali foydalanganligi, “Tug‘ilish” va “Chinor” romanlarida ayollar psixologiyasini ochib berish uchun roman matnida ishlatilgan tinish belgilari ham psixofiziologik holat tasviri uchun xizmat qilganligi dalillangan;
davr taqozosiga ko‘ra adib romanlaridagi siyosiy mafkura g‘oyalariga tobe bo‘lib qolgan inson obrazining ichki ma’naviy qiyofasi shakllanishidagi davr muammolarining parellel ravishda talqin etilishi va mamlakat iqtisodiyoti, ma’naviyatida sezilarli iz qoldirib ketgan totalitar tuzumning olib borgan ish uslubi, siyosatining oqibatida yuzaga kelgan tabiiy va sun’iy jarayonlar asosida ilgari surgan g‘oyalari  Asqad Muxtor kechaning emas, bugunning ham hozirjavob yozuvchisi ekanligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asar personajlari ruhiy va jismoniy holatlari tasvirining o‘zaro uyg‘unlashuvi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
personaj ruhiyatini yoritish uchun qo‘llanilgan psixologik va psixofiziologik holat tasvirlarining muayyan vazifalari Asqad Muxtorning “Tug‘ilish” va “Chinor” romanlari misolida o‘rganilib, muallifning nafaqat janriy va badiiy shakl, balki o‘zbek nasrida psixologik tasvir muammosi borasida ham ijodiy muvaffaqiyatga erishganligi bo‘yicha xulosa va natijalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F-1 –100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” fundamental loyihasida imkoniyati cheklangan yoshlarning badiiy-ijodkorligini rivojlantirish, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, sog‘lom estetik didni, insoniy tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida samarali foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 13-yanvardagi 01-183-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotning yosh avlod vakillariga adabiy-estetik ta’siri, badiiy tahlil qilish qobiliyatlarini o‘stirishning yangi nazariy va amaliy asoslari yuzasidan tizimli tahlillarni amalga oshirish, xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
muallif nutqi, personaj nutqi, dialog, monolog kabi nutq turlari va shakllarining badiiy tasvir orqali adib romanlari g‘oyasi va mazmun mundarijasida namoyon bo‘lishi, personajlarning o‘zaro bir-birini kuzatib, dialog va ichki nutqi orqali munosabat bildirishi, muallifning kuchli ziddiyatli vaziyatlarda qahramonlarning ruhiy va jismoniy holatini uyg‘unlashtirib tasvirlashdagi mahoratiga oid xulosa va natijalaridan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 2017-2020-yillarda bajarilgan fundamental loyiha doirasida ijodkor badiiy mahoratining o‘rganilish muammolari echimlarini topishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023-yil 02-martdagi 105-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish fundamental loyiha doirasida tayyorlangan adabiy qahramonlar ruhiyati, turli ruhiy va jismoniy mutanosiblik tasvir vositalariga bag‘ishlangan nazariy-metodologik tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
ijodkorning ayollar psixologiyasi, ruhiy dunyosini tasvirlashdagi o‘ziga xos mahorati, shuningdek, kasb, lavozim, ma’lum mehnat jarayonlarini talqin etishda sohalar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlardan samarali foydalanganligi, “Tug‘ilish” va  “Chinor” romanlarida ayollar psixologiyasini ochib berish uchun roman matnida ishlatilgan tinish belgilari ham psixofiziologik holat tasviri uchun xizmat qilganligi xususidagi xulosalaridan “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-283-raqamli ruxsatnomasi). Natijada badiiy psixologizm tasviri, ijodkor inson konsepsiyasi, personajlar tasvirining ruhiy va jismoniy  holatlari uyg‘unlashuvining tahlil usullariga doir xulosalar ushbu ilmiy manba materiallarini ilmiy-nazariy jihatdan boyitgan;
davr taqozosiga ko‘ra adib romanlaridagi siyosiy mafkura g‘oyalariga tobe bo‘lib qolgan inson obrazining ichki ma’naviy qiyofasi shakllanishidagi davr muammolarining parellel ravishda talqin etilishi va mamlakat iqtisodiyoti, ma’naviyatida sezilarli iz qoldirib ketgan totalitar tuzumning olib borgan ish uslubi, siyosatining oqibatida yuzaga kelgan tabiiy va sun’iy jarayonlar asosida ilgari surgan g‘oyalari  Asqad Muxtor kechaning emas, bugunning ham hozirjavob yozuvchisi ekanligi xususidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlaridan 2022-yilda “Ruxsor teleradiokanali” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi “Ruxsor TV”, “Gold UZ TV” telekanallari hamda “Ruxsor FM” radiosi eshittirishlarining “Men 30 yoshdaman”, “Yonimizdagi odamlar”, “Jannatmakon”, “Kecha”, “Fikrlar marafoni”, “Mustaqillik shukronasi”, “Faktlar”, “Yashash baxti” kabi bir qator turkum dasturlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (“Ruxsor teleradiokanali”ning 2023-yil 11-yanvardagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasini oshirishga, ruhiyat tasvirining estetik ta’sirini to‘g‘ri anglaydigan, jamiyatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga ongli munosabat bildira oladigan yoshlarni tarbiyalashga, xalqimizning boy ma’naviy-ruhiy dunyosi, badiiy-estetik tafakkur tarzini teran idrok etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish