Abduraxmonov Voxidjon Abdusattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur va funksional tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2156.
Ilmiy rahbar: Muhammadtohir Abdupattoev, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida alternativ so‘roq gap maqomini belgilash bilan birga, uning sintaktik, semantik va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alternativ so‘roq gaplarning alohida sintaktik qurilma sifatidagi maqomini belgilash orqali ularning o‘zbek badiiy nutqida shakllanishining dialektik mantiqqa asoslangan sintaktik qonuniyatlari aniqlangan;
alternativ so‘roq gaplarning bisubstantiv xarakteri – ot turkumiga oid leksemalarning o‘zaro munosabati orqali ifoda etilgan so‘roqlarning ajratilishi, farqlanishi va tanlanishi asosidagi semantik tavsifi – ularda voqelanadigan mazmuniy munosabatlar isbotlangan;
alternativ so‘roq gaplarda dizyunksiya hodisasi yuzaga kelishining mantiqiy-mazmuniy imkoniyatlari, ularda ayiruv, zidlov, qiyoslash munosabatlarining alohida mazmuniy kategoriyalar sifatida reallashuvi dalillangan;
alternativ so‘roq gaplarning funksional imkoniyatlari – emosional-ekspressiv, matnni shakllantirish va poetik nutq uchun xoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur va funksional xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
alternativ so‘roq gaplarning alohida sintaktik qurilma sifatidagi maqomini belgilash orqali ularning o‘zbek badiiy nutqida shakllanishining dialektik mantiqqa asoslangan sintaktik qonuniyatlari aniqlash bo‘yicha keltirilgan xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3- maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
alternativ so‘roq gaplarning bisubstantiv xarakteri – ot turkumiga oid leksemalarning o‘zaro munosabati orqali ifoda etilgan so‘roqlarning ajratilishi, farqlanishi va tanlanishi asosidagi semantik tavsifi – ularda voqelanadigan mazmuniy munosabatlar haqidagi ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
alternativ so‘roq gaplarda dizyunksiya hodisasi yuzaga kelishining mantiqiy-mazmuniy imkoniyatlari, ularda ayiruv, zidlov, qiyoslash munosabatlarining alohida mazmuniy kategoriyalar sifatida reallashuvi bo‘yicha berilgan ilmiy qarashlari va xulosalaridan “Lingvopoetika asoslari” darsligida keng foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022-yil 23-dekabrdagi 586-son buyrug‘i bilan berilgan 342-006 raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
alternativ so‘roq gaplarning funksional imkoniyatlari – emosional-ekspressiv, matnni shakllantirish va poetik nutq uchun xoslanishiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining S-UZ800-20-GR-0040 raqamli “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 23-apreldagi 01-1316 son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning sifati va samaradorligi takomillashgan, materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan.