Suvanova Mavjuda Xamrakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalq shevalari urf-odat, marosim leksikasining lingvoareal talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil501.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq shevalari urf-odat, marosim leksikasini lingvoareal jihatdan ochib berish hamda hududiy tarqalishini xaritalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnografizmlar marosimlarning nomlarini, urf-odat va rasm-rusum, milliy xarakterga ega bo‘lgan predmetlarning hamda voqea-hodisalarning nomini anglatuvchi lakuna ekanligi, mutlaq va nisbiy etnografik lakunalar o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishidagi ahamiyati ochib berilgan;
o‘zbek xalq shevalari urf-odat, marosim leksikasi ilk lingvoareal talqin qilinib, dialekt va shevalar ma’lum bir xalq, millatning jonli tili sifatida ularning turmush-tarzi, tarixi, urf-odatlari, an’analari, qiziqishlari, o‘y-tafakkuri kabi milliy-mental xususiyatlarni aks ettiradigan ijtimoiy hodisa ekanligi asoslangan;
to‘y bilan bog‘liq etnografizmlar shu xalqqa xos bolajonlik, mehmondo‘stlik, elparvarlik, saxovatpeshalik va halollikka asoslangan milliy hamda diniy urf-odatlari, marosimlari haqidagi lisoniy, madaniy axborotlarni ifodalash barobarida ularning davrlardan davrlarga, avlodlardan avlodlarga o‘tishini, bardavomligini ta’minlashi asoslangan;
taqya, peshonaband, yaktak singari milliy kiyimni, ugra oshi, atala, oviz suti kabi milliy taom nomlarini ifodalovchi etnografizmlar leksikasining lingvoareal talqinida milliy ruh berishning lingvomadaniy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq shevalari urf-odat, marosim leksikasining lingvoareal talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
etnografizmlar marosimlarning nomlarini, urf-odat va rasm-rusum, milliy xarakterga ega bo‘lgan predmetlarning hamda voqea-hodisalarning nomini anglatuvchi lakuna ekanligi, mutlaq va nisbiy etnografik lakunalar o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishidagi ahamiyati ochib berilganigi doir xulosalaridan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOO2-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 15-fevraldagi 18.01/45-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi etnografizmlar areali sheva vakillarining etnogenezisi, urug‘ va qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tishlari (migratsiya), birlashish jarayoni haqidagi maʼlumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
taqya, peshonaband, yaktak singari milliy kiyimni, ugra oshi, atala, oviz suti kabi milliy taom nomlarini ifodalovchi etnografizmlar leksikasining lingvoareal talqinida milliy ruh berishning lingvomadaniy jihatlari ochib berilganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-martdagi 18.01/47-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq shevalari milliy kiyim va milliy taom leksikasini lingvoareal talqin qilish kabi masalalarni yoritish imkonini bergan;
to‘y bilan bog‘liq etnografizmlar shu xalqqa xos bolajonlik, mehmondo‘stlik, elparvarlik, saxovatpeshalik va halollikka asoslangan milliy hamda diniy urf-odatlari, marosimlari haqidagi lisoniy, madaniy axborotlarni ifodalash barobarida ularning davrlardan davrlarga, avlodlardan avlodlarga o‘tishini, bardavomligini ta’minlashi yoritilganiga oid xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-maydagi 01-10/77-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan.