Pardaeva Madixabonu Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining leksik-morfologik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil787.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mexriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining leksik-morfologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qodiriy hajviy asarlari matndagi salbiy/kinoyaviy ma’no ifodalovchi lisoniy vositalarning nutqiy voqelanish darajasi aniqlanib, ma’no nozikliklari, badiiy tasvir vositalarining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
hajviy matnlarda mustaqil so‘z turkumlarining ishtirok etish darajasi, yordamchi so‘z turkumlarining, ayniqsa, yuklamalarning, undov va modal so‘zlarning hajviy-kinoyaviy ma’no ifodalash imkoniyatlari aniqlangan;
o‘zbek tili leksikasida hajviy-kinoyaviy ma’no taraqqiyoti, uni ifodalovchi leksik-grammatik birliklar tasniflanib, maxsus leksik vositalarning nutq ta’sirchanligi, aniqligi va o‘ziga xosligini ta’minlashdagi roli, ularning badiiy nutq jarayonidagi funksional xususiyatlari dalillangan;
Abdulla Qodiriy hajviy asarlarida qaysi leksik-morfologik birliklar hajviy-kinoyaviy ma’no qirralarining yaratilishida faol ishtirok etishi dalillanib, hajviy asarlari nutqida ot so‘z turkumi yumorni ta’minlovchi vosita sifatida ot o‘rnida varvarizm elementlarining qo‘llanilishi, otlarning lug‘aviy shakllari uslubiy ma’no ifodalashi, grammatik kategoriyalarida uslubiy ma’noning mujassamligi kabi xususiyatlarni namoyon etishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining leksik-morfologik xususiyatlari mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
Abdulla Qodiriy hajviy asarlari matndagi salbiy/kinoyaviy ma’no ifodalovchi lisoniy vositalarning nutqiy voqelanish darajasi aniqlanib, ma’no nozikliklari, badiiy tasvir vositalarining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari ochib berilganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 8-avgustdagi 187-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining leksik-morfologik xususiyatlarini o‘rganishda ilmiy-nazariy faktlar bilan boyitish imkonini bergan;
hajviy matnlarda mustaqil so‘z turkumlarining ishtirok etish darajasi, yordamchi so‘z turkumlarining, ayniqsa, yuklamalarning, undov va modal so‘zlarning hajviy-kinoyaviy ma’no ifodalash imkoniyatlari aniqlanganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 8-avgustdagi 188-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining leksik-morfologik xususiyatlarini o‘rganishda ilmiy-nazariy faktlar bilan boyitish imkonini bergan;
Abdulla Qodiriy hajviy asarlarining matni leksik-morfologik tadqiqi, matndagi salbiy ma’noning ko‘chish va ifodalanish sabablari, hajviy matnlarda mustaqil so‘z turkumlarining ishtirok etish darajasi, yordamchi so‘z turkumlarining, ayniqsa, yuklamalarning, undov va modal so‘zlarning hajviy ma’no ifodalash imkoniyatlari, hajviy asarlar tahlili asosida o‘zbek tili leksikasida salbiy ma’no taraqqiyoti, uni ifodalovchi grammatik birliklar, Abdulla Qodiriy hajviy asarlarida leksik-morfologik birliklardan aynan qaysi biri hajv yaratilishida faol qo‘llanishiga doir fikrlardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Assalom yangi kun” hamda “Diyor 24” axborot informatsion dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-iyuldagi 01-02/119-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur uchun tayyorlangan materiallar mazmun jihatidan takomillashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.