Xudoyberdiev Baxtiyar Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirish texnologiyasi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped4093.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Aslonova Orzigul Pirimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Mamurov Boxodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Ro‘ziqulov Bunyodbek Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirish mazmuni o‘quvchilarning aqliy-jismoniy rivojlanganlik darajasini diagnostik usullar bilan tashxislash, pedagogik jarayonining muvofiqlashtiruvchi vazifasini xarakatli komponent orqali takomillashtirish hamda jismoniy-aqliy rivojlanish sohasidagi mustaqillik, o‘z-o‘zini jismoniy rivojlantirishning samarali usullarini kompleks aniqlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayoni o‘quvchilarning jismoniy-aqliy harakat kompetensiyasini bosqichma-bosqich, izchil va tartibli ketma-ketlikda shakllantirish hamda o‘quvchilar tomonidan yuqori darajadagi bilish mustaqilligining namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
kichik maktab o‘quvchilarining jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning funksional modeli mazmunli komponenti rolli o‘yinli, qisman izlanishli, evristik samarador topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayonining didaktik ta’minoti ta’lim muhitini hisobga olish, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quv faoliyatining produktiv darajasini oshirish, o‘quvchining jismoniy mashg‘ulotga jalb etishning pedagogik shart-sharoitlari obektiv va subektiv omillar uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirish jarayoni bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirish mazmuni o‘quvchilarning aqliy-jismoniy rivojlanganlik darajasini diagnostik usullar bilan tashxislash, pedagogik jarayonining muvofiqlashtiruvchi vazifasini xarakatli komponent orqali takomillashtirish hamda jismoniy-aqliy rivojlanish sohasidagi mustaqillik, o‘z-o‘zini jismoniy rivojlantirishning samarali usullarini bo‘yicha xulosa va tavsiyalardan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 1-martdagi 372/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini takomillashtirishning pedagogik- psixologik imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayoni o‘quvchilarning jismoniy-aqliy harakat kompetensiyasini bosqichma-bosqich, izchil va tartibli ketma-ketlikda shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan yuqori darajadagi bilish mustaqilligining namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish hamda o‘quvchilarining jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning funksional modeli mazmunli komponenti rolli o‘yinli, qisman izlanishli, evristik topshiriqlar ishlab chiqish asosidagi takliflardan “jismoniy tarbiya” yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 28-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-722son guvohnoma). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning jismoniy-aqliy rivojlanish uyg‘unligida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayonining didaktik ta’minoti ta’lim muhitini hisobga olish, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quv faoliyatining produktiv darajasini oshirish, o‘quvchining jismoniy mashg‘ulotga jalb etishning pedagogik shart-sharoitlari obektiv va subektiv omillar uyg‘unligi asosidagi ma’lumotlardan pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 15 apreldagi 01/11-01/10-1482-son ma’lumotnomasi).Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini tizimli rivojlantirish mehanizmini qaror toptirishga xizmat qilgan.