Kamolov Iftixor Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarga  amaliy san’atni  o‘rgatishda  kreativ loyihalashtirishni faollashtirish nazariyasi va metodikasi, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 (Bir martalik Ilmiy kengash).
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:  Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori; Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga  amaliy san’atni  o‘rgatishda  kreativ loyihalashtirishni faollashtirish nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativ qobiliyati va badiiy-estetik didini rivojlantirishning idrok etish, tushunish, talqin qilish va aks ettirish  kabi ijodiy faollik  xususiyatlari tabiiy shakllar hamda obrazli tasavvurni kompozision integratsiyalash asosida ochib berilgan;
kompozisiya mashg‘ulotlarida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarining integrativ xususiyatlari talabalar badiiy faoliyatini hissiy motivatsion, yo‘naltiruvchi rejalashtiruvchi, mazmuniy jarayon, nazorat baholash kabi faoliyat komponentlarini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ-yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishning mazmuni fazoviy va badiiy naqsh kompozisiyalarining tabiatda mavjud shakllarini
kreativ faoliyatni soddalashtirish prinsiplarini (ongli ravishda ehtiyojlarga suyanish,  ta’lim va ijodiy vazifalarni mustaqil izlash,  aniqlashtirish va ko‘p qirrali shakllantirish) kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativlik faoliyatida deduktiv-sintetik tasavvurini xarakterlovchi ixtirochilik, originallik va individuallikning intensiv rivojlanishi tabiiy shakllarni amaliy san’at asarlariga aylantirish, kompozision badiiylashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ loyihalash faoliyatining pedagogik modeli tabiat va taʼlim integratsiyasini taʼminlashga yoʼnaltirilgan kompozisiyani real va tasavvurli ifodalash kabi ish turlarini dala amaliyotiga individual uslub namoyishi muhitida kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarning kreativ loyihalash faoliyatini faollashtirish  yuzasidan ishlab chiqilgan ko‘rgazmali metodik va amaliy takliflar asosida:
talabalarning kreativ qobiliyati va badiiy-estetik didini rivojlantirishning idrok etish, tushunish, talqin qilish va aks ettirish  kabi ijodiy faollik  xususiyatlari tabiiy shakllar hamda obrazli tasavvurni kompozision integratsiyalash, tabiiy shakllar hamda obrazli tasavvurni kompozision integratsiyalash asosida talabalarning kreativ qobiliyati va badiiy-estetik didini rivojlantirishga oid takliflaridan “Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-132-raqamli guvohnomasi). Mazkur takliflar talabalarning kreativ loyihalash faoliyatini faollashtirish orqali kasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kompozisiya mashg‘ulotlarida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarining integrativ xususiyatlari talabalar badiiy faoliyatini, faoliyat komponentlarini tashkil etish, talabalarning kreativ-yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishning mazmuni fazoviy va badiiy naqsh kompozisiyalarining tabiatda mavjud shakllarini, kreativ faoliyatni soddalashtirish prinsiplarini (ongli ravishda ehtiyojlarga suyanish,  ta’lim va ijodiy vazifalarni mustaqil izlash,  aniqlashtirish va ko‘p qirrali shakllantirish) kiritish asosida takomillashtirilga oid takliflaridan Qarshi davlat universitetining ilmiy–texnika rejalari asosida ITD–1. A–1–173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti rektorining 2017 yil 12 apreldagi 148X-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy san’at sohasidagi talabalarning kreativ loyihalash faoliyatini faollashtirish jarayonida mazkur yondashuvlar asosida  bo‘lajak mutaxassisining malaka va ko‘nikmalarni tezkor o‘zlashtirishi, ilm olishga, kasbiy mahoratni takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning kreativ loyihalash faoliyatining pedagogik modeli tabiat va taʼlim integratsiyasini taʼminlashga yoʼnaltirilgan kompozisiyani real va tasavvurli ifodalash kabi ish turlarini dala amaliyotiga individual uslub namoyishi muhitida kiritishga oid  takliflaridan  “Rangshunoslik va kompozisiya asoslari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan  (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 31 maydagi 1101-3 raqamli guvohnomasi). Mazkur darslik amaliy san’at sohasida talabalarning kreativ loyihalash faoliyatini faollashtirish o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish