Yo‘ldoshova Umida Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik OTM talabalarini nutq faoliyati turlarini B2 darajasida takomillashtirishda kompetensiyaviy yondashuv (moliya-iqtisod yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4484.
Ilmiy rahbar: Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc); Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik OTM talabalarining nutq faoliyati turlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida B2 darajasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
didaktik tehnologiyaning uzlyuksiz bosqichlari, moliya iqtisod yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish jarayonida nutq faoliyati turlarini metodologik asoslari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, maqsad va mazmunni mantiqiy uzviyligini samarali ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
nofilologik yo‘nalishdagi talabalarni B2 darajada o‘qitishda nutq faoliyati turlarini o‘zlashtirishda nazariy va amaliy bilimlar orasidagi nomutanosiblik darajasini aniqlash orqali tilga ixtisoslashmagan OTM talabalarining til malakalarini tashxislashda mavjud muammoli qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlangan;
moliya iqtisod yo‘nalishi talabalariga nutq faoliyati turlarini uzviylikda o‘qitishda o‘quv materiallari didaktik ta’minotining PPP (presentation practice production) usullari orqali ko‘p omilli integrativ butunlik sifatida o‘qitish zarurati isbotlangan;
moliya-iqtisod yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutq faoliyati turlarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalari) takomillashtirishda sakkiz bosqichli loyihalashtirish tizimi asosida o‘qitishning tashkiliu shakllari, uangi o‘qitish metod va texnologiualarini (produktiv, reproduktiv va kommunikativ-situativ mashqlardan foydalanish) asoslashga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik OTM talabalarining nutq faoliyati turlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida B2 darajasida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar yuzasidan:
didaktik tehnologiyaning uzlyuksiz bosqichlari, moliya iqtisod yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish jarayonida nutq faoliyati turlarini metodologik asoslari va xususiyatlarini doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi FDSS-12-16 raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 10/940-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning amaliy qiymatini oshirishga hizmat qilgan;
tilga ixtisoslashmagan OTM talabalarining til malakalarini tashxislashda mavjud muammoli qiyinchiliklar tipologiyasi hamda moliya iqtisod yo‘nalishi talabalariga nutq faoliyati turlarini uzviylikda o‘qitishda o‘quv materiallari didaktik ta’minotining PPP (presentation practice production) usullari integrasiyasiyasining samaradorligi zaruratiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi FDSS-12-16 raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 10/940-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning ilmiy-nazariy qiymatini oshirishga hizmat qilgan;
moliya-iqtisod yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutq faoliyati turlarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalari) takomillashtirishda sakkiz bosqichli loyihalashtirish tizimi asosida o‘qitishning tashkiliu shakllari, uangi o‘qitish metod va texnologiualarini (produktiv, reproduktiv va kommunikativ-situativ mashqlardan foydalanish) asoslashga doir amaliy tavsiyalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023 yil 26 maydagi IRD/32-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar yozma nutq kompetensiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.