Bobojonova Shaxnoza Yo‘ldosh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi ta’limiy diskursning kognitiv-pragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2535.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yokubov Jamaliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Botirova Adiba Erkinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi ta’limiy diskursning kognitiv-pragmatik xususiyatlarining nutqiy xoslanishini aniqlash va ta’limiy diskursning voqelantiruvchi muhit sifatidagi rolini belgilash, mazkur birliklarning o‘zbek-ingliz tillaridagi kognitiv-pramatik tavsifini tanlangan asar personajlari nutqidagi talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antroposentrik tilshunoslikda diskurs muloqot unsuri sifatida so‘zlovchi intensiyasi, muloqot qobiliyati hamda ta’limiy diskurs birliklarining voqelanishdagi lingvistik, kognitiv va sotsial mavqeining verbal va noverbal vositalar orqali nutqiy etiketda namoyon bolishi, pragmatik omillarning chog‘ishtirilayotgan tillardagi ta’sir birliklarining muhim ahamiyatga egaligi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi muloqot tizimi imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida, til va nutq yaxlitligi, lingvistik birliklar tabiati, ularni birlashtiruvchi sistemaviy munosabatlar – lisoniy ziddiyatlar, ta’limiy diskursning lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligida yuzaga chiqishi dalillangan;
nutqiy etiketning ta’limiy diskursda namoyon bo‘luvchi kognitiv, pragmatik omillar hamkorligi va muvofiqligining lingvomadaniy, gender tamoyillarining pragmatik jihatlari ochib berilgan;
ta’limiy diskurs tanlangan asarlar personajlari qiyofasida ikki tilda so‘zlovchi xalqlarning shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, nutq strategiyasi va taktikasi kabi sotsial, mental va pragmatik omillar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi ta’limiy diskursning kognitiv-pragmatik tadqiqi” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
ta’limiy diskurslardan foydalanish hamda ularning sotsial xoslanishga ta’siri, uni yuzaga chiqaruvchi vositalarning pragmatik imkoniyatlari, muloqot paytida so‘zlovchi tomonidan nutqning qanday ifoda qilinishi, bunda noverbal vositalarning ahamiyatini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” (2021-2023) nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-fevraldagi 01/4-310–son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida nutqiy etiketning pragmatik xususiyati asosida ta’limiy diskursda voqelanish tamoyillarini tavsiflashga aloqador vazifalar takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’limiy diskursdagi “nutqiy etiket” tushunchasi, tilshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalari tahlili, muloqot xulqining belgilangan stereotiplari bilan ko‘rsatish va farqli belgilarini dalillashga oid ilmiy xulosalardan AM- FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2022) mavzusidagi innovasion ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 2023-yil 15-fevraldagi O1/4-309–son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyaning rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
ta’limiy diskurslarda nutqiy etiket, nutqdagi farqlar, oddiy so‘zlashuv jarayonida suhbatdoshlarning his-tuyg‘ulari, odatlari va tana harakatlari muhim rol o‘ynashi masalasiga oid xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali ijodkorlari tomonidan 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Renessans yoshlari”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturidagi ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023-yil martdagi ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar muloqot inson tafakkuri faoliyatining mahsuli ekanligi bo‘lib, bu jarayonda nutq egalari tomonidan turli maqsadlarga yo‘naltirilgan rang-barang nutqiy tuzilmalar hosil qilinishi, nutqiy akt jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinib, nutq xulqi qoidalariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan nutqiy harakat hisoblanishi hamda tilning ijtimoiy ahamiyati, sotsiopragmatik imkoniyatlarining o‘rganilishi, tilning taraqqiyoti xalqning shoir yoki yozuvchi-ijodkorlari, olimlari sa’y-harakatlariga bevosita bog‘liqligi haqida ma’lumotlardan bahramand bo‘lgan.