Karimov Kamoldin Nasriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): Xususiy fan terminlarini tasniflash va leksikografik tavsiflash asoslari (falsafiy terminlar misolida), 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3032.    
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi terminologiya tizimi va unda falsafiy terminlar masalasini, falsafiy terminlarining semantik xususiyatlari va shakliy-struktur tavsifini amalga oshirish hamda falsafiy terminlarning leksikografik talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafiy terminlarning o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida berilishi, semantik tavsifini takomillashtirish asosida ularni o‘zbek tili milliy korpusida taksonomiya, mereologiya, topologiya, kauzatsiya, baho guruhlari bo‘yicha leksik-semantik teglash asoslangan;
o‘zbek tili milliy korpusida falsafiy terminlar ma’lumotlar bazasining lingvistik ta’minoti ma’lumotlar omborida bazani yaratishda so‘zlik, semantik izoh va semantik teglar zarurligi asoslangan;
falsafiy sohaga oid terminlar izohida maxsus ko‘rsatma, havola va pometalar mavjud emasligi tufayli ularga ma’lumotlar bazasida qo‘lda falsafiy yo‘nalish, oqim, falsafa bo‘limi, diniy falsafa shaklida ishlov berilishi dalillangan;
o‘zbek tilidagi falsafiy atamalarning semantik razmetka tizimida ko‘p ma’nolilik, omonimlik va polifunksionallikni bartaraf etish uchun filtrlash jarayonida ularning har biri alohida razmetkalanib, u orqali yaratiladigan lingvistik model orqali farqlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiy fan terminlarini tasniflash va leksikografik tavsiflash asoslari (falsafiy terminlar misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
terminologiya tizimi va unda falsafiy terminlar masalasi o‘zbek, rus va ingliz tillari izohli lug‘atlari asosida terminlarning semantik xususiyatlari, yaʼni ulardagi omonimiya, polisemiya va polifunksionallik hodisalari kontekstual tahlil qilinib, falsafiy terminlarning sodda, juft, so‘z birikma holatidagi shakliy-struktur tavsifini ilmiy asoslashga doir natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbeksiton yoshlari”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2022 yil oktyabr va noyabr oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-dekabrdagi 04-38-2012-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar efir orqali terminologiya tizimi va unda falsafiy terminlar masalasini o‘rganish, falsafiy terminlarning semantik xususiyatlari va shakliy-struktur tavsifini hamda falsafiy terminlarning leksikografik talqini ochib berish tomonlari ochib berilgan;
terminologiya tizimi va unda falsafiy terminlar masalasi o‘zbek, rus va ingliz tillari izohli lug‘atlari asosida ilmiy asoslanishi, o‘zbek, rus va ingliz tillari falsafiy terminlarining semantik xususiyatlari, ya’ni ulardagi omonimiya, polisemiya va polifunksionallik hodisalari kontekstual tahlil qilinishi, o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi falsafiy terminlarning sodda, qo‘shma, juft, so‘z birikma holatidagi shakliy-struktur tavsifi amalga oshirilishi kabi masalalar bilan bog‘liq  ilmiy xulosalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda  amalga oshirilgan OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 16-maydagi 32-04-1191 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika, leksikologiyaga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar  bilan  boyitilgan;
xususiy fan terminlarini tasniflash va leksikografik tavsiflash masalalari talabalar tomonidan  o‘zlashtirilgan va amaliyotda qo‘llanilgan;o‘rganilgan materiallarning o‘zbek, rus va ingliz tili tabiatidan kelib chiqqan holda xulosalar qilishga yordam berganligi, ularning asosli ekanligi, metodologik mukammalligi bilan izohlanishi kabi masalalar borasidagi tadqiqot natijalaridan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda olib borilgan S-ECAGD-18-CA-0067(PO20002335) “fy 2018 English Access Microscholarship Programm” nomli AQSh ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 6-fevraldagi 36-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish