Kadirova Madinabonu Turg‘unovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2756.
Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamarajabov Botir Baxodir o‘g‘li, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyatlari tilni yangicha tezkor o‘rganish jarayonlarining xalqaro miqiyosda integratsiyalashuvi, lingvistik mohiyati va individ hislatlarini anglashga qaratilgan ob’ektiv va sub’ektiv omillar hamda muloqot shakllarini yaratish jarayonlarini tahliliy pragmatik aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi nutqiy xatolarni bartaraf etish, aloqa muhiti va maqsadlar birligini izchil uyg‘unlashtirish, operatsional blokga o‘qitish shakllari va vositalarini shaxs faoliyatini dinamik rivojlantirishga yo‘naltirilganligini maqsadli barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish jarayoni o‘z-o‘zini faollashtirish, jismoniy-intellektual va xissiy-irodaviy imkoniyatlarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, shaxsiy aloqa jarayonlarini aniq o‘quv vazifalarini hal qilishga yo‘naltirish hamda nutqiy-semantik mashqlardan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish, fe’llar zamonini o‘zlashtirish, so‘zlarga jumlalar tuzish va so‘z birikmalarni hosil qilish, arabcha so‘zlarni inglizcha ekvivalentlarini hamda natijalarni uyg‘unlashtirish, kognitiv bilimlarni tekshirish, shaxsiy argumentlash qobiliyatini bosqichma – bosqich o‘stirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatlari, din bilan bog‘liq ehtiyojlar, rus akademik sharqshunosligi, arab tilini yangicha tezkor o‘rganish jarayonlarining xalqaro miqyosga integratsiyalashuvi va tilning lingvistik mohiyatini anglashga zarur bo‘lgan individ hislatlari hamda ob’ektiv va sub’ektiv omillar vositasida arab madaniyati, intellektual va lingvistik globallashuv jarayonlarida tillarni o‘rganish, muloqot shakllarini yaratish jarayonlarini rivojlantirish bosqichlari asosida “Arab tili amaliy kursi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asoslangan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining amaliy faoliyatini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish modeli nutqiy xatolarni oldini olish, aloqa muhiti va maqsadlar birligini uyg‘unlashtirish hamda yagona ilmiy ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan blokiga moslashtirish, mazmunga oid bloklarni bosqichlashtirish, operatsional blokga o‘qitish shakllari va vositalarini ta’minlash, shuningdek tizimli, shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan yondashuvlar uyg‘un rivojlantirish asosida “Arab tili amaliy kursi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asoslangan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada arab tili o‘qitish jarayoni mazmunini boyitishga, bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish innovatsion texnologiyalari, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, xalqaro hamjamiyat integratsiyalashuv, talabalarni faollashtirish, jismoniy, intellektual va hissiy imkoniyatlarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish, tanqidiy fikrlash, kommunikativ va kognitiv faoliyatni tashkil etish, o‘yin, hamkorlik, shaxsiy aloqa jarayonlarini, aniq o‘quv vazifalarni hal qilishga yo‘naltirish hamda nutqiy va semantik mashqlardan foydalanish asosida “Asosiy chet tili (arab tili)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asoslangan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish va til o‘rgatish jarayoni samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak arab tili o‘qituvchisi pedagogik kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish, fe’llar zamonini o‘zlashtirish, so‘zlar tuzish va so‘z birikmalarni hosil qilish, arabcha so‘zlarni inglizcha ekvivalentlarini hamda natijalarni umumlashtirish, kognitiv bilimlarni tekshirish, shaxsiy argumentlash qobiliyatini bosqichma – bosqich o‘stirish asosida “Asosiy chet tili (arab tili)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asoslangan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada til o‘rgatishda kommunikativ, lingvistik, nutqiy, leksik kompetensiyalarni yaxlitlik va bosqichma-bosqich rivojlantirish tizimini takomillashtirishga erishilgan.