Axmedova Yulduz Qosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4461.
Ilmiy rahbar: Musaev Jaxongir Payazovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Elmuratova Dilrabo Muxammatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy talim muassasalarida «Umumiy er bilimi» fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari ta’limni axborotlashtirish, motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv didaktik maqsadlarning o‘zaro maqbulligini ta’minlash hamda fanlararo loyihalashtirish metodikasini moslashtirish parametrlarini tahliliy-tanqidiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi kasbiy kompetentlikni tashxislash mazmuni kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasini rivojlantirish omillarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda o‘zlashtirilgan geografik bilimlarning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni adaptiv integpatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, global fikrlash, faol tashabbuskorlik, ratsional boshqaruvchanlik, ijodiy mehnatsevarlik, hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish sifatalirini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni barqaror shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish holati o‘zlashtirish darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlari integrativligini ta’minlash, integral diagnostik texnologiyalar indikatorli tuzilmasini “Rezyume”, “Qarorlar shajarasi”, “T” jadval, “Kubik”, “Venn diagrammasi”, “FSMU”, “Muammo”, “Assesment”, “Tushunchalar tahlili” interfaol ta’lim metodlari bilan uyg‘unlashtirish hamda metodik vositalarning o‘zaro bog‘liqligining korrelyativ mexanizmlari integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari ta’limni axborotlashtirish, motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv didaktik maqsadlarning o‘zaro maqbulligini ta’minlash hamda fanlararo loyihalashtirish metodikasini moslashtirish parametrlarini tahliliy-tanqidiy aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlikni oshirishning didaktik ta’minlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi kasbiy kompetentlikni tashxislash mazmuni kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasini rivojlantirish omillarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda o‘zlashtirilgan geografik bilimlarning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish jarayonlarini elektron ta’lim vositalari asosida tashkil etish imkoni oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, global fikrlash, faol tashabbuskorlik, ratsional boshqaruvchanlik, ijodiy mehnatsevarlik, hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni barqaror shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ta’lim olish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari mazmunini kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy er bilimi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, global fikrlash, faol tashabbuskorlik, ratsional boshqaruvchanlik, ijodiy mehnatsevarlik, hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va boshqarish sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni barqaror shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4 raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada geografiya yo‘nalishi talabalarining “Umumiy er bilimi” fanidan bilim, ko‘nikma va malakalining yanada rivojlanishiga erishilgan;