Xoliqova Maxbuba Orifjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/ Ped4593.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Musaev Jahongir Payazovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari didaktik vositalarni ta’lim jarayoniga effektiv qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar bilan ishlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda o‘quv jihozlardan foydalanish natijadorligini mazmunga ko‘ra optimallashtirish va pragmatiklik maqbulligini izchil ta’minlash asosida takomillshashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni fanga oid fundamental ma’lumotlarni to‘plash, nazariy bilimlarini shaxsiy faoliyatda qo‘llashga qaratilgan mantiqiy fikrlash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish hamda o‘qitishning reproduktiv-evristik va muammoli-produktiv komponentlarini ta’limiy maqsadlarga, maqbul uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli iqtisodiy va ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning informatsion va analitik mezonlarini integral diagnostik texnologiyalar hamda “Muammo”, “Flipped Class”, “Rezyume”, “Tushunchalar tahlili” “Qarorlar shajarasi”, “T” jadval, “Charxpalak”, “Venn diagrammasi”, “FSMU”, “Assesment” indikatorli tuzilma komponentlari bilan produktiv uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari ijodiy-didaktik materiallar axborot texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan elektron axborot ta’lim vositalari va o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishga qaratilgan nostandart adaptiv testlarni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari didaktik vositalarni ta’lim jarayoniga effektiv qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar bilan ishlash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda o‘quv jihozlaridan foydalanish natijadorligini mazmuniga ko‘ra optimallashtirish va pragmatiklik maqbulligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4 raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni fanga oid fundamental ma’lumotlarni to‘plash, nazariy bilimlarini shaxsiy faoliyatda qo‘llashga qaratilgan mantiqiy fikrlash, o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish hamda o‘qitishning reproduktiv-evristik va muammoli-produktiv komponentlarini ta’limiy maqsadlarga, maqbul uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4 raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompetentli yondashuvni geografiya fanini o‘qitishdagi o‘ziga xos nazariy metodologik va amaliy faoliyat jihatlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli iqtisodiy va ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning informatsion va analitik mezonlarini integral diagnostik texnologiyalar hamda “Muammo”, “Flipped Class”, “Rezyume”, “Tushunchalar tahlili” “Qarorlar shajarasi”, “T” jadval, “Charxpalak”, “Venn diagrammasi”, “FSMU”, “Assesment” indikatorli tuzilma komponentlari bilan produktiv uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4 raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining ta’lim tizimi o‘quv-metodik ta’minoti boyitilishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarida iqtisodiy-ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari ijodiy-didaktik materiallar axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan elektron axborot ta’lim vositalari va o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishga qaratilgan nostandart adaptiv testlarni yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy er bilimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4 raqamli qaroriga asosan berilgan 2013/164U-20 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining ta’lim tizimi o‘quv-metodik tayyorgarlik darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan.