Narbaeva Malohat Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4368.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karliboeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari refleksiv-rivojlantiruvchi mashqlar ishlab chiqish, nutqning iqtisodiyot bilan bog‘liqligini reseptiv va reproduktiv topshiriqlar mazmuniga ko‘ra mantiqan darajalash hamda til o‘rgatuvchilarning muloqot qila olish qobiliyatini leksik birliklarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi bilim darajasi ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlash, nutqini idrok etish jarayoni intensivligi va kasbiy matnlarni o‘qish va yo‘llay olish amaliyligini oshirish hamda so‘z birikmalarini xotirada saqlashga qaratilgan nutqning ifodaviy-leksik yaxlitligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli sifatdosh bilan bevosita-bilvosita muloqotga kirishish, fikrni ifodalay olish, so‘zning vaziyat bilan birligini ta’minlash hamda ichki hissiy kechinmalar ta’siriga semantik va sintaktik his tuyg‘ular bilan bog‘liqligini maqsadli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o‘tish traektoriyasini hisobga olish, sintaktik va leksik mutanosiblik darajasini tahliliy aniqlash hamda so‘zlarning ma’nosini ma’lum nutqiy faoliyat bilan bog‘liq paradigmatik-sintagmatik assotsiatsiyalardan foydalanishning didaktik tuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari refleksiv-rivojlantiruvchi mashqlar ishlab chiqish, nutqning iqtisodiyot bilan bog‘liqligini reseptiv va reproduktiv topshiriqlar mazmuniga ko‘ra mantiqan darajalash hamda til o‘rgatuvchilarning muloqot qila olish qobiliyatini leksik birliklarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 10-noyabrdagi 02-07-3516/04-son dalolatnomasi). Natijada, so‘z boyligini orttirish istagida bo‘lgan talabalarning xorijiy tilni o‘rganish jarayonida leksik savodxonligini o‘sishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi bilim darajasi ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlash, nutqini idrok etish jarayoni intensivligi va kasbiy matnlarni o‘qish va yo‘llay olish amaliyligini oshirish hamda so‘z birikmalarini xotirada saqlashga qaratilgan nutqning ifodaviy-leksik yaxlitligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Focus on economics” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi bilim darajasi ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlash, nutqini idrok etish jarayoni intensivligi va kasbiy matnlarni o‘qish va yo‘llay olish amaliyligini oshirish hamda so‘z birikmalarini xotirada saqlashga qaratilgan nutqning ifodaviy-leksik yaxlitligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 10-noyabrdagi 02-07-3516/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalar yangi so‘z o‘rganish jarayonida ularning individual-psixologik xususiyatlarni rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o‘tish traektoriyasini hisobga olish, sintaktik va leksik mutanosiblik darajasini tahliliy aniqlash hamda so‘zlarning ma’nosini ma’lum nutqiy faoliyat bilan bog‘liq paradigmatik-sintagmatik assotsiatsiyalardan foydalanishning didaktik tuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Focus on economics” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, lingvistik va metodik parametrlar asosida talabalarning so‘z boyligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish