Tog‘aeva Umida Shavqi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Loyihaviy ta’lim vositasida “Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini takomillashtirish metodikasi (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3181.
Ilmiy rahbar: To‘xsanov Qahramon Rahimboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida “Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida “Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini refleksiv va ijodiy faollik, kreativlik o‘z-o‘zini baholash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ mashqlar va loyiha ishi kabi didaktik komponentlarga ustuvorlik berish asosida o‘quv materiallarining didaktik va metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
“ART”, “Kouching”, “Fallstudy” kabi muammoli vaziyatlar va talabalar motivatsiyasini oshirishga qaratilgan “Sinektika”, “VARK” kabi o‘qitish texnologiyalari tashkiliy, mazmun, natija komponentlarini verbal-mantiqiy tarzda tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
“Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini loyihaviy ta’lim vositasida talabalarda tinglab tushunish, gapirish, o‘qib tushunish va yozish (savodli va mazmunli matn tuzish) ko‘nikmalarini interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigmani sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan rivojlantirish asosida faollik, reflektiv, empatik hamda kasbiy kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
“Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini o‘qitishda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy rivojlantirish jarayoni individual, differensial ta’lim texnologiyalarining ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ vositalarini kolloborativ va materiallarni modellashtirish, variantlash komponentlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarining rivojlantiruvchi tendensiyalarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyihaviy ta’lim vositasida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida “Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida “Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini refleksiv va ijodiy faollik, kreativlik o‘z-o‘zini baholash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ mashqlar va loyiha ishi kabi komponentlarga ustuvorlik berish asosida o‘quv materiallarining didaktik va metodik imkoniyatlari “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-151 raqamli nashr guvohnomasi.) Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kredit-modul tizimi asosida innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni kognitiv-pragmatik tamoyillarga asosan takomillashtirilgan;
“Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini loyihaviy ta’lim vositasida talabalarda tinglab tushunish, gapirish, o‘qib tushunish va yozish (savodli va mazmunli matn tuzish) ko‘nikmalarini interaktiv, integrativ tamoyillarga asoslangan paradigmani sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan rivojlantirish asosida faollik, reflektiv, empatik hamda kasbiy kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik ta’minotiga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-maydagi 02-09-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining ilmiy dalillar bilan boyitilishi, shuningdek, ilmiy-ommabopligi hamda yangi statistik ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
“Ona tili o‘qitish metodikasi” modulini o‘qitishda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy rivojlantirish jarayoni individual, differensial ta’lim texnologiyalarining ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ vositalarini kolloborativ va materiallarni modellashtirish, variantlash komponentlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarining rivojlantiruvchi tendensiyalarini integratsiyalashga oid nazariyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-151 raqamli nashr guvohnomasi.) Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va pragmatik mazmundagi o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan.