Sagdullaeva Mafura Abdukarimonaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va rivojlanishdagi nuqsonini davolash va oldini olishning gigienik xususiyatlarini takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1892.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdiqul Akromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Normatova Shaxnoza Anvarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Mirsalixova Nargis Xayrullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muddatdan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va rivojlanishidagi nuqonini davolash va oldini olishning gigienik xususiyatlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘rni, axamiyati va uning gigienik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalar onalarining salomatlik holati va ular organizmidagi o‘zgarishlar, xomiladorlik toksikozi, xomiladorlik nefrozi va kamqonlik kasalliklarining bolalarning ona qornidagi rivojlanishi va tug‘ilgandan keyingi hayot tarziga bog‘liqligi isbotlangan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va rivojlanishi, kasallanish darajasi, xayot sifatini baholovchi xavf omillari, ularning kun tartibi, shifokor nazorati va kunlik ratsioni tarkibidagi mikro va makronutrientlarning ta’siriga bog‘liqligi isbotlangan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni oldini olishga qaratilgan baholash algoritmi va gigienik tavsiyalar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 20 iyundagi 6-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akdemiyasining 2023 yil 16 iyundagi 05/5421-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘rni, axamiyati va uning gigienik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha (14.04.2023 y.; № 55) hamda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.04.2023 y.; № 95-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasalliklarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan o‘tib tug‘ilgan kasalliklari mavjud bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash va differensial diagnostikasi uchun qo‘shimcha laborator, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari talab etilmasligi hamda shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirib, iqtisod qilishga erishilgan (TTA ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga shifoxonada 1 kun davolanish xo‘jalik hisobidan 200 000 so‘m, byudjet hisobidan esa 150 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: bolalarning shifoxonada qolish vaqti qisqarib, 1 nafar bola hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larini 658 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalar onalarining salomatlik holati va ular organizmidagi o‘zgarishlar, xomiladorlik toksikozi, xomiladorlik nefrozi va kamqonlik kasalliklarining bolalarning ona qornidagi rivojlanishi va tug‘ilgandan keyingi hayot tarziga bog‘liqligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha (14.04.2023 y.; № 55) hamda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.04.2023 y.; № 95-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar muddatidan o‘tib tug‘ilgan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun sarf xarajatlarni cheklash, hamda bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 10 kundan 8 kunga qisqartirib, iqtisod qilishga erishilgan (TTA ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga shifoxonada 1 kun davolanish xo‘jalik hisobidan 200 000 so‘m, byudjet hisobidan esa 150 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning kasalligi mavjud bemorlarda tashxislash tadbirlari to‘g‘ri o‘tkazilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va rivojlanishi, kasallanish darajasi, xayot sifatini baholovchi xavf omillari, ularning kun tartibi, shifokor nazorati va kunlik ratsioni tarkibidagi mikro va makronutrientlarning ta’siriga bog‘liqligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha (14.04.2023 y.; № 55) hamda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.04.2023 y.; № 95-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning bemorlarini erta tashxislash, ushbu bemorlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olish va gormonik rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, bolalarni ambulator sharoitda pediatr nazoratini ta’minlash va nogironlikni oldini olishga sharoit yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlar qo‘shimcha instrumental va laborator tekshiruvlardan foydalanmaslik; 2) maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishining oldini olish; 3) tor mutaxassis shifokorlar maslahatining zarurati yo‘qligi hamda bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 10 kundan 8 kunga qisqartirib, iqtisod qilishga erishilgan (TTA ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga shifoxonada 1 kun davolanish xo‘jalik hisobidan 250 000 so‘m, byudjet hisobidan esa 200 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning kasalligi mavjud bemorlarda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning salomatlik holati va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni oldini olishga qaratilgan baholash algoritmi va gigienik tavsiyalar takomillashtirilgani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha (14.04.2023 y.; № 55) hamda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.04.2023 y.; № 95-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning kasalligi mavjud bemorlarda kasallik rivojlanishida shikoyati, anamnezi, kasalliklarning klinik ko‘rinishlari, qon klinik bioximik tahlili orqali bolalar holati haqida ma’lumot olish, kasalliklarni davolash-diagnostika protokollarida keltirilgan laborator diagnostik usullar orqali holatga baho berish va oldini olish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shimcha instrumental va laborator tekshiruvlardan foydalanmaslik, boshqa shifokorlarning zarurati yo‘qligi hamda bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 10 kundan 8 kunga qisqartirib, iqtisod qilishga erishilgan (TTA ko‘p tarmoqli klinikasining preyskurantiga shifoxonada 1 kun davolanish xo‘jalik hisobidan 250 000 so‘m, byudjet hisobidan esa 200 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarning kasalligi mavjud bemorlarda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.