Namozov Ixtiyor Chorievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy maʼlumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olma (Malus mill.) ning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarida o‘stirilgan intensiv bog‘lar agrotexnikasining ilmiy asoslari”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx252
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Kamolitdin Sadriddinovich - Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;
Boymetov Karim Isaevich – O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Abdullaeva Hilola Ravshanovna – Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti “Meva ekinlari seleksiyasi va nav o‘rganish” bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarida o‘stirilgan intensiv bog‘larni parvarishlash agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor intensiv tipdagi olma bog‘larida daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi va shox-shabbasining mo‘tadil shakllanishiga ekish sxemalari (3,5x2,0 m M-IX va 4,0x3,0 m MM106 payvandtagida), oziqlanish maydoni va tup qalinligining bog‘liqligi asoslangan;
tup qalinligiga bog‘liq ravishda past bo‘yli payvandtaglardagi olma daraxtlari assimilyasiya sathining (Golden Delishes navida 0,48 va 0,69 m2, Fudji navida 0,51 va 0,72 m2) o‘zgarishi va yorug‘lik bilan ta’minlanish darajasi 3,5x2,0 m (M-IX) va 4,0x3,0 m (MM106) sxemalarda Golden Delishes navida mos ravishda 76,4 va 71,3%; Fudji navida 77,8 va 81,7% bo‘lishi aniqlangan;
intensiv tipdagi olma bog‘lar hosildorligi ekish sxemalari (M-IX payvandtagida, 3,5x2,0 m, 31,1 t/ga va MM106 payvandtagida 4,0x3,0 m 25,5 t/ga, oziqlanish maydoni va tup qalinligiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
intensiv olma bog‘larini parvarishlashda daraxtlarga siyrak yarusli palmetta (23,1 t/ga) va italyan palmettasi usulida (25,2 t/ga) shakl berish yuqori hosildorlik va hosil sifatiga ta’siri aniqlangan;
intensiv olma bog‘lar hosildorligiga eng maqbul mineral o‘g‘itlar me’yorlari N160 P120 K40 kg/ga ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olma (Malus mill.) ning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarida o‘stirilgan intensiv bog‘lar agrotexnikasining ilmiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Intensiv tipdagi olma bog‘larini barpo qilish va parvarishlash texnologiyasi» mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 iyuldagi 05/23-06/650-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida intensiv tipdagi olma bog‘larini barpo qilish va parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
past bo‘yli olma daraxtlariga italyan palmettasi usulida shakl berishni hosildorlik va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha yaratilgan ishlanma Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Axborot maslahat markazi (Extension center) DUKning 0,25 gektar maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 iyuldagi 05/23-06/650-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiy samaradorlik gektaridan 65 mln. so‘mni tashkil etgan;
olmaning past bo‘yli M-IX va o‘rta bo‘yli MM106 payvandtaglarida o‘stirilgan “Golden Delishes”, “Fudji”, “Grenni Smit”, “Pink Ledi” navlari daraxtlarga italyan palmettasi hamda siyrak yarusli palmetta usulida shakl berish texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan ishlanma Qibray tumanidagi “LEO GARDEN” M.Ch.J. 2,0 gektar, “Abdukadir Abduvaxob Fayz” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Qibray Durxodjaev Agro Fayz” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Toshkent tumanidagi “BATKO AGRO LYuKS” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Boysun tumanidagi “Najmiddinova Sadaf” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Qudrat ota” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Turdi Jo‘raqul” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 iyuldagi 05/23-06/650-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektar hisobidan 25-30 tonna sifatli olma mevalarini olingan va gektaridan 65 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
olmaning past bo‘yli M-IX va o‘rta bo‘yli MM106 payvandtaglarida o‘stirilgan “Golden Delishes”, “Fudji”, “Grenni Smit”, “Pink Ledi” navlari 3,5x1m, 3,5x2 m va 4x3 m sxemalarda ekish bo‘yicha yaratilgan ishlanma Qibray tumanidagi “LEO GARDEN” M.Ch.J. 2,0 gektar, “Abdukadir Abduvaxob Fayz” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Qibray Durxodjaev Agro Fayz” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Toshkent tumanidagi “BATKO AGRO LYuKS” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, Boysun tumanidagi “Najmiddinova Sadaf” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Qudrat ota” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Turdi Jo‘raqul” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 iyuldagi 05/23-06/650-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektar hisobidan 22-25 tonna sifatli olma mevalaridan gektariga 60 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish