Mirzamaxmudov Odiljon To‘xtasinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi adir landshaftlarining antropogen transformatsiyasi va ularni kartalashtirish», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Gr33.
Ilmiy maslahatchi: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Nigmatov Asqar Nigmatullaeich, geografiya fanlari doktori, professor; Xaitov Yozil Qosimovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi adirlari landshaftlarining antropogen transformatsiyasini tabiatdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida baholash va ularni kartalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adir, adir mintaqasi, adir landshaftlari, adirlarning landshaft-ekologik sharoiti tushunchalarining mazmun – mohiyati aniqlangan va takomillashtirilgan;
Adirlar landshaft-ekologik muhiti tuzilishining asosiy xususiyatlari ochib berilgan va Farg‘ona vodiysining ekologik muvozanatiga ta’siri aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi adirlarida landshaft-ekologik sharoitning shakllanishi va rivojlanishida agrokompleks va gidrotexnik komplekslar katta rol o‘ynashi asoslab berilgan va adirlar transformatsiyasiga ta’sir etadigan tabiiy-texnogen tizimlarning tuzilishi aniqlangan;
adir landshaftlari quyi va yuqori joy turlariga, joylar esa adiroldi, adirorti, adir yonbag‘ri, adir tepasi, adir oralig‘i botiqlari, soy vodiylari urochishelariga ajratilib, tipologik jihatdan tasniflashtirilgan;
adir landshaftlarining antropogen ta’sir natijasidagi ko‘p yillik o‘zgarishlari baholangan hamda zamonaviy GAT texnologiyalari asosida tuzilgan Farg‘ona vodiysi adirlarining turli mavzuli xaritalari turkumi yaratilgan;
Farg‘ona vodiysi adirlarining antropogen transformatsiyalashuvi darajalari aniqlanib kuchsiz o‘zgargan, o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan, kuchli o‘zgargan hamda o‘ta kuchli o‘zgargan landshaft-ekologik sharoitli hududlarga ajratilgan va baholangan;
adirlar landshaft-ekologik jihatdan rayonlashtirilgan: Chust-Pop va Cho‘ng‘ara-Sho‘rsuv (kuchsiz o‘zgargan), adir orti tekisliklari (o‘zgargan), Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on va Rishton, Chimyon, Avval, Arsif (o‘rtacha o‘zgargan), Uychi-Chortoq va Asaka, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod (kuchli o‘zgargan), adir oldi tekisliklarining (o‘ta kuchli o‘zgargan) har bir landshaft-ekologik rayon bo‘yicha tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi adir landshaftlarining antropogen transformatsiyasi va ularni kartalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi adir landshaft komplekslarining ekologik holatini aniqlash va optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Farg‘ona vodiysi adir landshaft-ekologik sharoitini baholashda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining faoliyatida foydalanish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-10935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi faoliyatida adirlar mintaqasida geoekologik muammolarning echimini topishda, qishloq xo‘jalik erlarini loyihalashda, qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproq tiplariga moslab joylashtirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi adirlarida landshaft-ekologik sharoitning shakllanishi va rivojlanishida agrokompleks va gidrotexnik komplekslar katta rol o‘ynashi asoslab berilgan va qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan erlarni monitoringi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-10935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adirlar mintaqasi va mahalliy adir massivlarida yangi erlarni o‘zlashtirish va sug‘orish inshootlarini ilmiy asoslangan holda barpo etish imkonini bergan;
aniqlangan adir mintaqasining landshaftlari transformatsiyasiga ta’sir etadigan tabiiy-texnogen jarayonlarning tuzilishi hamda Farg‘ona vodiysi adirlarida landshaft-ekologik sharoitning shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutgan ajratilgan agro va gidrotexnik komplekslardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 noyabrdagi 03-02/7-3327-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi adirlarining antropogen transformatsiyalashuvi 5 xil darajalarga ajratilgan va antropogen ta’sirga bardosh berish imkoniyati 100 ballik mezon asosida baholash imkonini bergan;
adir landshaftlarining antropogen ta’sir natijasidagi ko‘p yillik o‘zgarishlari bo‘yicha baholash ishlari hamda zamonaviy GAT texnologiyalari asosida tuzilgan xaritalari O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-10935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adirlarda sodir bo‘layotgan antropogen ta’sirning noxush holatini oldini olish, shuningdek, o‘rganilayotgan hududlarda landshaft-ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha zaruriy amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
adir landshaftlarining gidrotermik sharoiti, biotik omillarning o‘zgarish darajasi, antropogen landshaftlarning ulushi va turi, landshaft-ekologik vaziyatining hozirgi holatining ilmiy asoslaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2022 yil 5 dekabrdagi 08-10935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, landshaft-ekologik sharoiti o‘zgarishining xususiyatlaridan kelib chiqib, Farg‘ona vodiysi adirlarining landshaft-ekologik vaziyatini baholash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi adirlar mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida landshaft-ekologik muammolarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan hamda landshaftlaridan oqilona foydalanish, ekologik holatini aniqlash va optimallashtirishga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 noyabrdagi 03-02/7-3327-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi adirlari landshaftlarining ekologik holatini baholash va ekologik vaziyatlarini barqarorlashtirishga hamda ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.