O‘ktamova Muniraxon Komiljon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tunnelli diodning elektrofizik parametrlariga o‘ta yuqori chastotali va magnit maydonlarining ta’siri”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM585
Ilmiy rahbar: Dadamirzaev Muxammadjon Gulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Zaynobidinov Sirojiddin Zaynobidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik;
Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydon va magnit maydondagi tunnel diodlarining VAX larini, shuningdek ularning elektrofizik parametrlarini turli modellar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘YuCh maydonda joylashgan tunnel diodining VAXsini Nott va De Mass nazariyasi hamda Su-Esaki modeli asosida tunnel toki, ortiqcha tok va diffuziya toklarini O‘YuCh maydon ta’sirini xisobga olish yo‘li bilan aniqlangan;
O‘YuCh va magnit maydonlar ta’siridagi  tunnel diodida hosil bo‘luvchi ortiqcha tok ifodasining o‘zgarishi Chaynovet modeli hamda Nott va De Mass nazariyasi bo‘yicha aniqlangan;
O‘YuCh maydon ta’siridagi tunnel diodining differensial qarshiligi Su-Esaki modeli, Nott va De Mass nazariyalari bo‘yicha tunnel toki, ortiqcha tok va diffuziya toklari ifodalarini o‘zgarishini xisobga olgan xolda keltirib chiqarilgan;
Su-Esaki modeli, Nott va De Mass nazariyalari bo‘yicha O‘YuCh maydon ta’sirida tunnel diodining diffuzion sig‘imi ifodasi tunnel toki, ortiqcha tok va diffuziya toklari o‘zgarishi xisobga olinib keltirib chiqarilgan;
turli geterotuzilmali yoki legirlanish darajasidan qat’iy nazar O‘YuCh va magnit maydon ta’sirida bo‘lgan p-n-o‘tishli tunnel diodidagi to‘liq tokni tashkil etuvchi tunnel toki, ortiqcha tok va diffuziya toklari ifodalarini o‘zgarishi xisobga olinib, tunnel diodining VAX sini hisoblashning yangi ifodasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tunnelli diodning elektrofizik parametrlariga turli maydonlar ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tunnel diodida hosil bo‘luvchi toklarning turli maydonlar ta’sirida yoki hech qanday maydon ta’sirlarisiz VAX ni aniqlash uchun keltirib chiqarilgan ifodasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida PFIFA-F3-004 raqamli “Yuqori samaradorli, arzon, uzoq muddatli fotoaylantirgichlar va ular asosidagi fotoenergetik modullarning yangi fundamental fizik mexanizmlari va shakllanish usullarini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutining 2023 yil 17 yanvardagi №2/1255-83-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalardan foydalanish nanoo‘lchamli kontakt tuzilmadagi quyosh elementlarida hosil bo‘luvchi issiq tashuvchilarning tez sur’atli termolizatsiyasi effektiv yutulish spektrlarini ultrafiolet sohasigacha kengaytirish imkonini bergan;
O‘YuCh va magnit maydonlar ta’siridagi tunnel diodining VAXsi Nott va De Mass nazariyasi hamda Su-Esaki modeli asosida tunnel diodining differensial qarshiligini aniqlash ifodasidan Rossiya Fanlar Akademiyasi X.I.Amerxanov nomidagi Fizika institutining (RFFI) №09-02-00074a raqamli «Chiziqli bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli tizimlarning tashqi kogerent va katta amplituda shovqin buzilishlariga munosabati» ilmiy tadqiqotini loyihalashda foydalanilgan («Rossiya Fanlar Akademiyasi X.I.Amerxanov nomidagi Fizika instituti»ning 2023 yil 16 yanvardagi №17241/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish O‘YuCh maydon ta’sirida katta to‘lqin uzunligidagi signallarning kogerentlik xususiyatini buzilishiga sabab bo‘luvchi yarimo‘tkazgichli asboblarning elektrofizik parametrlarini amaliy tajribalarsiz ham aniqlash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish