Bekchanova Mira Ruzimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalkogenidli yarimo‘tkazgichli plyonkalarning optik va golografik xossalari”, 01.04.10Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM476
Ilmiy rahbar: Azamatov Zakirjan Taxirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Yuldashev Nosirjon Haydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi AsxSe1-x, AsxS1-x xalkogenidli yarimo‘tkazgich plyonkalarining optik va golografik xususiyatlarini kompleks tadqiq qilish, shuningdek, turli dozalardagi gamma nurlanishining XShYa xususiyatlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
isitilmagan tagliklarda vakuumda (10-5 Torr) termal bug‘lanish usuli bilan yotqizilgan, yupqa plyonkalar ko‘rinishidagi AsxSe1-x, AsxS1-x turidagi XShYa materiallarining golografik xususiyatlarini o‘rganish uchun optik qurilma  ishlab chiqilgan;
barcha namunalarning strukturaga sezgir parametrlari boshlang‘ich materialning issiqlik bilan ishlov berish haroratiga bog‘liq bo‘lib, AsxSe1-x va AsxS1-x plyonkalarining difraksiya samaradorligi T≈490oC da maksimal qiymatga ega ekanligi aniqlangan;
He-Ne lazeri bilan nurlanishdan oldin va keyin maksimal qorayishgacha fundamental yutilish chegarasi hududida plyonkalarning optik o‘tkazuvchanligining spektral bog‘liqligini o‘rganish natijasida nurlanishdan keyin uzun to‘lqin sohasi tomon siljishi aniqlangan;
AsxSe1-x va AsxS1-x turdagi XShYa materiallari gologrammalarning difraksion samaradorligi mishyak miqdori 65 at.% bo‘lgan plyonkalar uchun maksimal (η=12%) qiymatga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor  AsxSe1-x va AsxS1-x  xalkogenid plyonkalarining optik va golografik xususiyatlariga γ-nurlanishning 103÷109 (Rentgen) qiymatida ta'sir etganda XShYa plyonkalarining nurlanishga chidamli ekanligi aniqlandi;
AsxSe1-x va AsxS1-x xalkogenid shishasimon yarimo‘tkazgich plyonkalarida eksperimental ravishda golografik ma’lumotlarning saqlash muddati 15 yil va undan ko‘proq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar asosida AsxSe1-x va AsxS1-x xalkogenid yupqa qatlamlarining strukturaviy, elektrofizik va optik xususiyatlari aniqlandi:
xalkogenidli shishasimon yarimo‘tkazgichlarga axborotlarni yozish, o‘chirish va saqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qirgʻiziston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining Jeenbaev nomidagi Fizika institutining “Kosmos va axborot texnologiyalari va raqamli er” laboratoriyasida bajarilgan “Qirg‘iziston Respublikasi xalq xo'jaligi uchun texnologik muammolarni masofadan zondlash, saqlash va hal qilishda optika va nanotexnologiyalarning yangi nazariy yondashuvlari, usullari va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi doirasida golografik saqlash qurilmalarida xotira elementlarini yaratishga qaratilgan ilmiy muammolarni hal qilishda va tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanilgan (Qirgʻiziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi Akademik Jeenbaev nomidagi Fizika institutining 2022 yil 12 dekabrdagi 10/06-01/83 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish gologramma saqlash qurilmalarida xotira elementlarini yaratish imkonini bergan.
Dissertatsiya natijalaridan 2021-2022 yillarda O‘zR FA Fizika-texnika institutida bajarilgan “Yangi turdagi xalkogenid materiallari asosidagi yupqa qatlam quyosh elementlarini kompleks tadqiqot qilish va ishlab chiqish” nomli loyihaning ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, jumladan, kimyoviy molekulalar dastalaridan olish usuli bilan turli tarkibdagi Sb2Se3 yupqa qatlamlari o‘stirish, ularning strukturaviy, optik va elektrofizik xossalari tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 7-fevraldagi 2/1255-275-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kimyoviy molekulalar dastalaridan olish usuli bilan ohak-natriyli shisha (SLG) sirtiga yuqori sifatli turli tarkibli Sb2Se3 yupqa qatlamlarini o‘stirishning optimal texnologik sharoitlarni aniqlash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish