Choriev Fazliddin Ishkuvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1373
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ataniyazov Jasur Hamidovich; iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar moliyaviy faoliyatida ijtimoiy majburiyatlarni bajarish va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari davlat byudjetiga to‘lanadigan dividenddan chegirib tashlash taklif etilgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning faoliyati moliyaviy natijalarini baholashning rentabellik ROE va ROA ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan nisbiy ko‘rsatkichlari moliyaviy mustaqillik koeffisienti 0.4 ga va leverij koeffisienti 1.5 ga teng bo‘lgan mezonlar chiziqli modellar asosida ishlab chiqilgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapitalning tarkibiy tuzilishida qarz mablag‘larining jami aktivlariga nisbatan ulushi 56 foizdan, shundan uzoq muddatli qarz mablag‘lari 36 foizdan oshirmaslik asoslangan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning transformatsiya qilinishi jarayonlarida korxonalarni xususiylashtirish va boshqarishda Dual uslubiyatini amaliyotga joriy qilish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimi barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar moliyaviy faoliyatida ijtimoiy majburiyatlarni bajarish va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari davlat byudjetiga to‘lanadigan dividenddan chegirib tashlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi 166-sonli qarorida o‘z aksini topgan. (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 11 maydagi 03-18-8-374-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ijtimoiy majburiyatlarni bajarish va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq va o‘z vaqtida qoplanishi belgilab qo‘yilgan, jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJni faoliyatini 2023 yilgi biznes rejasida ijtimoiy xarajatlari 189,1 mlrd.so‘m, ya’ni 2022 yilga nisbatan 88 foizga oshirilgan, davlat byudjetga to‘lab beriladigan dividend so‘mmasidan chegirib tashlash nazarda tutilgan.
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning faoliyati moliyaviy natijalarini baholashning rentabellik ROE va ROA ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan nisbiy ko‘rsatkichlari moliyaviy mustaqillik koeffisienti 0,4 ga va leverij koeffisienti 1,5 ga teng bo‘lgan mezonlar “O‘zbekneftgaz” AJning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 11 maydagi 03-18-8-374-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida, aksiyadorlik jamiyati rentabellik ko‘rsatkichlari 2022 yil yakunlari bo‘yicha rentabelliklari ROE 8 foizni, ROA 4,3 foizni tashkil etib, balans qiymati bo‘yicha jami majburiyatlari so‘mmasi 31,6 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib jami balansning 48,7 foiziga etgan hamda 2022 yildagi sof foyda miqdori 2020 yilga nisbatan 1.12 trln.so‘mga oshgan hamda 84 foizga o‘sgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapitalning tarkibiy tuzilishida qarz mablag‘larining jami aktivlariga nisbatan ulushi 56 foizdan, shundan uzoq muddatli qarz mablag‘lari 36 foizdan oshirmaslik taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 11 maydagi 03-18-8-374-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bo‘yicha, “O‘zbekneftgaz” AJning 2022 uchun natijalari bo‘yicha jami qarz mablag‘lari umumiy balans qiymatining 48.7 foizigacha oshirilgan bo‘lib, qo‘shimcha jami 9.3 trln. so‘mlik qarz mablag‘lari jalb qilingan, shundan, uzoq muddatli qarz 7,2 trln. so‘mni yoki umumiy balans qiymatining 31.7 foizini tashkil etgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning transformatsiya qilinishi jarayonlarida korxonalarni xususiylashtirish va boshqarishda Dual uslubiyatini amalga joriy qilish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmi “O‘zbekneftgaz” AJning “2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasini” ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 11 maydagi 03-18-8-374-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekneftgaz” AJning tarkibidagi asosiy korxonalarni faoliyatini boshqarish va tartibga solishda tijorat banklarini jalb qilish orqali moliyaviy faoliyatini takomillashtirish hamda ushbu korxonalarning moliyaviy faoliyatida barqaror aylanma mablag‘larni shakllantirish, shuningdek, valyuta risklarini boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish