Vasilevskiy Eduard Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlar surunkali vena etishmovchiligining avj olishi va shakllanishining klinik-irsiy prediktorlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2811.
Ilmiy rahbar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiya, DSs.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoqlar surunkali vena etishmovchiligi rivojlanishi va avj olish xavfini baholashning prognostik mezonlarini klinik va genetik omillarni baholashni takshimllashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali vena etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Gln279Arg matriksli metalloproteinaza MMP9 gen polimorfizmining allel va genotipik variantlari tarqalishi, ularning oyoqlarning surunkali vena etishmovchiligi patogenezida tutgan o‘rni isbotlangan;
surunkali vena etishmovchiligida VEGFA geni C936T polimorfizmi noqulay C/T va T/T genotiplarining surunkali vena etishmovchiligini rivojlanish xavfidagi prognostik ahamiyati isbotlangan;
surunkali vena etishmovchiligida TNF-a geni G308A polimorfizmining noqulay geterozigotali G/A genotipini olib o‘tish va surunkali vena etishmovchiligining rivojlanish xavfi, shuningdek klinik sinfning murakkab shakllarini rivojlanishi o‘rtasida klinik, etiologik, anatomik patogenez tasnifiga ko‘ra C5-C6 klinik sinfi, sezilarli assotsiativ bog‘liqlikligi isbotlangan;
oyoqlar surunkali vena etishmovchiligi shakllanish va avj olish xavfini bashorat qilishga individual yondashuv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 31 maydagi 06/13-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 31 maydagi 06/13-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali vena etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Gln279Arg matriksli metalloproteinaza MMP9 gen polimorfizmining allel va genotipik variantlari tarqalishi, ularning oyoqlar surunkali vena etishmovchiligi patogenezida o‘rni isbotlangani Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; № 91/2), Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (14.11.2022 y.; № 34/2), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 255/2), Namangan viloyati filiali bo‘yicha (16.11.2022 y.; № 256/14) hamda Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 257/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu genetik polimorfizmlarni genotipi va allellari, xastalikni o‘z vaqtida oldini olish va zarur davolash choralarini ko‘rish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamayishi va surunkali vena etishmovchiligi bilan xastlangan bemorlarni davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavf guruhida bo‘lgan bemorlarga ambulator sharoitda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui berilishi natijasida bemorlarni 12,5 kunlik statsionar davolashga ehtiyoj qolmasligi hisobiga 2 250 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun davolanish 180 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: SVE rivojlanish xavfi bo‘lgan populyasiyada MMP9 genining Gln279Arg polimorfizmini o‘rganish uning samaradorligini va oyoqlar surunkali vena etishmovchiligining oldini olish va davolashning bashoratli usullari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 1 575 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 675 000 so‘mga so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali vena etishmovchiligida VEGFA geni C936T polimorfizmi noqulay C/T va T/T genotiplarining surunkali vena etishmovchiligini rivojlanish xavfidagi prognostik ahamiyati isbotlangani Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi bo‘yicha bo‘yicha (09.11.2022 y.; № 91/2), Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (14.11.2022 y.; № 34/2), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 255/2), Namangan viloyati filiali bo‘yicha (16.11.2022 y.; № 256/14) hamda Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 257/2) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan genotiplarining surunkali vena etishmovchiligini rivojlanish xavfidagi prognostik ahamiyatini aniqlash natijasida kasallikning shakllanish va rivojlanish xavfini oshirish imkonini bergan va tashxislash sifati oshirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 12,5 kundan 10 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 450 ming so‘mga kamaytirgan (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqarilishi hisobiga dori-darmon kam talab etadi (1 kunga o‘rtacha 110 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlari kamayadi (1 kunga o‘rtacha 35 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: surunkali vena etishmovchiligi bulgan bemorlarda og‘ir yallig‘lanish jarayonlarini rivojlanish xavfining, kasallikning og‘ir shakllarga o‘tishi bemorlarning hayot sifatining pasayishiga olib kelishini oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 568 750 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 243 750 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali vena etishmovchiligida TNF-a geni G308A polimorfizmining noqulay geterozigotali G/A genotipini olib o‘tish va surunkali vena etishmovchiligining rivojlanish xavfi, shuningdek klinik sinfning murakkab shakllarini rivojlanishi o‘rtasida klinik, etiologik, anatomik patogenez tasnifiga ko‘ra C5-C6 klinik sinfi, sezilarli assotsiativ bog‘liqlikligi isbotlangani Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi bo‘yicha bo‘yicha (09.11.2022 y.; № 91/2), Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (14.11.2022 y.; № 34/2), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 255/2), Namangan viloyati filiali bo‘yicha (16.11.2022 y.; № 256/14) hamda Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 257/2) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TNF-a geni G308A polimorfizmining tashxislash usulining sezgirligi 50,3%, o‘ziga xosligi 28,6%ni, bashoratli qiymati 79,8%ni, salbiy natijaning bashoratli qiymati 9,3%ni, ijobiy natijaning ehtimollik nisbati 0,7%ni, salbiy natija ehtimoli nisbati 1,6 ga tengligini bashoratlash natijasida davolash va bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali vena etishmovchiligi og‘ir shakllarining kamayishi, bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 12,5 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 450 000 so‘mga kamaytirgan (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: surunkali vena etishmovchiligining rivojlanishi, diagnostikasi va rivojlanishini molekulyar genetik tadqiqotlar orqali bashorat qilishning usuli o‘z vaqtida va ishonchli qo‘llanilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 315 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 135 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oyoqlar surunkali vena etishmovchiligi shakllanish va avj olish xavfini bashorat qilishga individual yondashuv mezonlari ishlab chiqilgani Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; № 91/2), Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (14.11.2022 y.; № 34/2), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 255/2), Namangan viloyati filiali bo‘yicha (16.11.2022 y.; № 256/14) hamda Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha (19.11.2022 y.; № 257/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish surunkali vena etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning rivojlanishi va surunkali vena etishmovchiligi rivojlanishini klinik-genetik tadqiqotlar orqali bashorat qilish natijasida bemorlarni 12,5 kunlik statsionar davolashga ehtiyoj qolmasligi hisobiga 2 mln. 250 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: surunkali vena etishmovchiligini rivojlanish xavfi bo‘lgan aholida yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 575 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 675 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.