Sabirov Djaxongir Ruzievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onkologik terapiya jarayonida immunologik korreksiya usullarini optimallashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.14 – Onkologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib727.
Ilmiy maslahatchilar: Ignatov Petr Evgen`evich, biologiya fanlari doktori, professor; Gafur-Oxunov Mirza Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Garib Feruz Yusupovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavfli o‘sma kasaliklarida onkologik terapiya jarayonida immunologik korreksiya usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xavfli o‘sma payvandlangan tajriba xayvonlarda EMRTT parenximal a’zolar (jigar, taloq), gematologik, immunologik ko‘rsatkichlar va somatik hujayralarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan faqat transformatsiyalangan o‘sma hujayralar apoptozini kuchaytirishi sababli ularning o‘sishi va og‘irligini kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor tajribada EMRTT ning tizimli ta’sirida periferik qonda gemoglobin miqdori, limfotsitlar umumiy soni CD8+, CD20+ va CD56 hujayralar soni ortishi fonida  bazofillar, monotsitlar CD3+, CD4+, IRI, CD95+ va CD38+ hujayralar sonining kamayishi sababli T-hujayraviy nomutanosiblikni  ijobiy tomonga burilishi isbotlangan; 
ilk bor ko‘krak bezi saratonidagi T-hujayraviy immuntanqislik (CD8+, CD38+ va CD95+  hujayralari sonining ortishi fonida CD4+, IRI etishmovchiligi) va zardobdagi ortgan IgG va SIK miqdorlarining kimyo terapiyaga (KT) nisbatan KT+EMRTT bilan kompleks davolanganda ishonarli o‘zgarishi xamda bir qator ijobiy natijalarga (o‘smaning regressiyasi kuchaydi, metastazlar kuzatilmadi) olib  kelishi isbotlangan;
ilk bor Ner-2/neu musbat ko‘krak bezi saratonidagi hujayraviy immuntanqislik va gumoral bo‘g‘indagi (IL-1β, IL-6, IL-10, FNO-a va VEGF-A) sitokinlar miqdorining keskin ortganligi KT+EMRTT bilan kompleks davolanganda kimyo terapiyaga (KT)  nisbatan ishonarli tarzda kamayishi, o‘sma rivojlanishining to‘xtashi xamda onkologik jarayonning ob’ektiv yaxshilanishiga olib kelishi asoslangan;
ilk bor turli xil xavfli o‘sma xolatlarida onkolitik terapiyada immunokorregirlovchi sifatida KT+ABLAST ni kompleks qo‘llanilishi kimyo terapiyaning salbiy ta’siri va zardobdagi sitokinlar (FNO-a, IL-6 va VEGF-A) miqdorini keskin kamayishi xamda hujayraviy immuntanqislik xolatini me’yorlashuviga  olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Immunologiya va inson genomikasi instituti ekspert kengashining 2023 yil 2 fevraldagi DSc5a-2/001-son xulosagiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: xavfli o‘smada onkolitik davolash parenximal a’zolar (jigar, taloq), gematologik, immunologik ko‘rsatkichlar va somatik hujayralarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan faqat transformatsiyalangan o‘sma hujayralar apoptozini kuchaytirish jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Eksperimentdaolingan ilmiy-amaliy ma’lumotRespublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziva uning hududiy  filiallarida (Toshkent shaxar hamda Toshkent va Buxoro filalari) klinik sinovlarni o‘tqazishga asos bo‘lgan (Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnika va standartizatsiya davlat markazi Prizidiumining qarori22.08.2019 y.,№ 25). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TOR qurilmasi orqali o‘zgaruvchan elektromagnit to‘lqinlar bilan ta`sir etish xavfli o‘smalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gematologik va immunologik asoratlarsonini keskin minimallashtiradi; 
• fiziologik apoptozorqali xavfli o‘sma jarayoni regressga uchraydi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Onkologik kasal bilan bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyat filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki ko‘krak bezi saratoni bilan odatiy davolinayotgan bemorga 2597762 so‘m dori kimyoterapiyasi uchun sarflanadi. Agar davolanish kursi 25% foizga (2 kursga) qisqargan xolatlarni xisobga olsak, ishlab chiqilgan yondashuvning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 5195524 so‘mni tashkil etadi. Ko‘zatuvlarimizdagi 82 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga jamg‘arma miqdori 426  032 968 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan yondashuvning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafarko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni5 195 524so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘rta chastotali radio to‘lqinidan foydalangan holda xavfli o‘smalarning mul`timodal terapiyasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 8n-z/355-son ma’lumotnomasi). mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma chop etilgan va joriy etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor xavfli o‘sma kasalliklarida organizmga TOR qurilmasi yordamida EMRTT ning tizimli ta’sirining klinik va immunologik samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Eksperimentdaolingan ilmiy-amaliy ma’lumot Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy  filiallarida (Toshkent shaxar hamda Toshkent va Buxoro filalari) klinik sinovlarni o‘tqazishga asos bo‘lgan (Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnika va standartizatsiya davlat markazi Prizidiumining qarori 22.08.2019 y., № 25). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: •xavfli o‘sma jarayonlarini davolashda  o‘rta chastotali radio to‘lqinidan foydalanish jarayonning qaytalanishi va rivojlanishini kamaytirishga xizmat qilgan. •TOR qurilmasi orqali o‘zgaruvchan elektromagnit to‘lqinlar bilan ta`sir etish xavfli o‘smalardaapoptozni kuchaytirish orqali  jarayonni regressga uchratadi va immunologik barqarorlikni ta’minlaydi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Onkologik kasal bilan bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyat filiali preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada ko‘krak bezi saratoni bilan 1 davolanish kursi uchunodatiy davolinayotgan bemorga 2597762 so‘m dori kimyoterapiyasi uchun sarflanadi. Agar davolanish kursi ikkita kursga ya’ni,  25% foizga qisqargan xolatlarni xisobga olsak,ishlab chiqilgan yondashuvning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 5195524 so‘mni tashkil etadi. Ko‘zatuvlarimizdagi 82 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga jamg‘arma miqdori 426  032 968 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan yondashuvning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafarko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni5 195 524so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘rta chastotali radio to‘lqinidan foydalangan holda xavfli o‘smalarning mul`timodal terapiyasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 8n-z/355-son ma’lumotnomasi). mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma chop etilgan va joriy etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: xavfli o‘sma kasalliklarida TOR qurilmasi yordamida EMRTT tizimli ta’sirining klinik va immunologik samaradorligi aniqlanganligi, noqulay prognozli ko‘krak bezi saratonini davolashda an’anaviy davolash bilan birga, EMRTT ning integratsiyalashgan usuli ishlab chiqilganligi, kasallik avjlanishining oldini olish imkonini berishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishiOlingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  Buxoro viloyati va Toshkent shaxar va viloyati filiallari bo‘yicha  klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘krak bezi saratonida EMRTT kompleks qo‘llash orqali bemorlarda davolash natijalari sezilarli darajadaortadi,kimyoterapiya natijasida kuzatiladiganasoratlar engil kechadi, metastazlar rivojlanishi kuzatilmaydi va bemorning xayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  viloyat filiallarining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki ko‘krak bezi saratoni bilan standart davolinayotgan bemorga 2597762 so‘m dori kimyoterapiyasi uchun sarflanadi. Agar davolanish kursi 25% foizga (2 kursga) qisqargan xolatlarni xisobga olsak, ishlab chiqilgan yondashuvning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 5 195 524 so‘mni tashkil etadi. Ko‘zatuvlarimizdagi 82 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga jamg‘arma miqdori 426 032 968 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan yondashuvning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni5 195 524so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘rta chastotali radio to‘lqinidan foydalangan holda xavfli o‘smalarning mul`timodal terapiyasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 8n-z/355-son ma’lumotnomasi). mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma chop etilgan va joriy etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ner-2/neu musbat ko‘krak bezi saratonida hujayraviy immuntanqislik va gumoral bo‘g‘indagi (IL-1β, IL-6, IL-10, FNO-a va VEGF-A) sitokinlar miqdorining keskin kamayishi, sitokinlar (FNO-a, IL-6 va VEGF-A) miqdorini keskin kamayishi hamda hujayraviy immuntanqislik holatining me’yorlashuviga  olib kelishi aniqlanganligi kasallik patogenezining yangi jihatlarini ochish imkonini berishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  Buxoro viloyati va Toshkent shaxar va viloyati filiallari bo‘yicha  klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli xil xavfli o‘smalarda odatiy onkolitik terapiya jarayonidamahalliy immunomodulyatorlarni qo‘llash orqali bemorlarda davolash natijalari sezilarli darajada yaxshilanadi, bemorning xayot sifatini yaxshilaydi xamda onkolitik terapiya jarayoni kam asoratlar bilan engil kechadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich:  Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  viloyat filiallarining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki ko‘krak bezi saratoni bilan standart davolinayotgan bemorga 2597762 so‘m dori kimyoterapiyasi uchun sarflanadi. Agar davolanish kursi 25% foizga (2 kursga) qisqargan xolatlarni xisobga olsak, ishlab chiqilgan yondashuvningumumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga5195 524 so‘mni tashkil etadi. Ko‘zatuvlarimizdagi 82 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlarini kamaytirish hisobigajamg‘arma miqdori 426 032968 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan yondashuvningamaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni5 195 524so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Xavfli o‘smalarini davolashda optimallashtirilgan immunokorregirlovchi yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni   sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirli ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan berilgan 2022 yil 6 iyundagi 8n-z/355-son ma’lumotnomasi.
beshinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning axamiyati bemorlarda xavfli o‘smalar rivojlanishini sekinlashtirish, davolash chora-tadbirlarida optimallashtirilgan immunokorregirlovchi yondashuvni qo‘llash orqali onkolitik asoratlarning kamayishiga xamda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  Buxoro viloyati va Toshkent shaxar va viloyat filiallari bo‘yicha  klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli xil xavfli o‘smalarda belgilangan onkolitik terapiya jarayonidamahalliy immunomodulyatorlarni qo‘llash orqali bemorlarda davolash natijalari sezilarli darajada yaxshilanadi, xamda onkolitik terapiya jarayoni kam asoratlar bilan engil kechadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  Toshkent viloyat filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki Yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan davolaniyotgan bemorga dori darmonli kimyoterapiyaga 11 958 400 so‘m sarflanadi. Davolanish kursi 25% foizga qisqargan xolatlarni xisobga oladigan bo‘lsak ishlab chiqilgan yondashuvning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 3 907 400 so‘mni tashkil etadi. 55 nafar ko‘zatuvimizdagi bemorlarni jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga jamg‘arma miqdori 214907000 so‘mni tashkil etdi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi  viloyat filiallarining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada O‘pka saratoni bilan davolaniyotgan 1 nafar bemorga 1 kurs dori darmon kimyoterapiyasiga 8 million 293 ming so‘m sarflanadi. Standart bo‘yicha davolanish kursi 25% foizga qisqargan xolatlarni xisobga oladigan bo‘lsak, ishlab chiqilgan yondoshuvning umumiy iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 16 mln 586 ming so‘mni tashkil etadi.  59 nafar bemor bo‘yicha o‘tqazgan kuzatuvimizda jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga jamg‘arma miqdori 978 mln 574 ming so‘mni tashkil qildi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan yondashuvning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar Yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan kasallanganbemorni davolashda iqtisodiy samara 11 958 400  so‘mni tashkil etadi;  O‘pka saratoni bilan davolaniyotganbemor hisobiga jami mablag‘larni 16 586 000  so‘mga tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdankengaytirilgan holda foydalanishi: «Xavfli o‘smalarini davolashda optimallashtirilgan immunokorregirlovchi  yondashuv» mavzusida ilmiy yangiliklarni  sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirli ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan berilgan 2022 yil 6 iyundagi 8n-z/355-son ma’lumotnomasi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish