Mixmanova Sultanoy Xayatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda buyrak yallig‘lanish kasalliklarini xalq tabobati uslubi bilan davolash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimiyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K631.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ahmadaliev Mahammadjon Ahmadalievich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim dorivor o‘simliklar asosida homilador ayollarda buyrak yallig‘lanishi kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibi va xossalarini aniqlash hamda TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Askalsiy” va “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmalarining antioksidantlik faolligini aniqlash natijasida “Askalsiy” oziq - ovqat qo‘shilmasining antioksidantlik faolligi nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
“Askalsiy” va “Asshifo”  oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya metodi orqali aniqlangan;  
“Askalsiy” va “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlangan;          
“Askalsiy” va “Asshifo” tabiiy yangi oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan;
olib borilgan klinik tadqiqotlar mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalari homilador ayollarda uchraydigan buyrak yallig‘lanishi bilan kasallangan bemorlarni davolash va oldini olish xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim oziq-ovqat qo‘shilmalarini ulardan ajratib olingan biologik faol moddalar kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida sinflash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Askalsiy” va “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmalarining homilador ayollarda uchraydigan buyrak yallig‘lanish kasalligiga qarshi kurashish xususiyatga ega ekanligi aniqlanib, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun resept va tashkilot standarti (S 23424257-01:2020) ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 20 maydagi sanitariya-epidemiologik xulosasi va 2020 yil, 3 sentyabrdagi № 06.8/1244 sonli xati). Natijada, homilador ayollarda uchraydigan buyrak yallig‘lanish kasalligiga qarshi ishlatiladigan oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Askalsiy” va “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha “tuxum po‘stlog‘i, suyak talqoni va ayrim dorivor o‘simliklar urug‘i asosida tayyorlangan, tarkibida lazer nurlari yordamida faollashtirilgan kalsiy, magniy va ftor tabiiy minerallari, flavonoidlar, saponinlar, efir moylari saqlagan kapsula shaklidagi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi” uchun – 1212 99 950 5 yangi tovar kodi bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 23 dekabrdagi №16/05-22-0743 son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish