Navruzova Lola Xalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giperparatireozda karies va nokarioz kasalliklarining klinik va tarkibiy o‘zgarishlari, profilaktika va davolash usullari», 14.00.21 – Stomatologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3RhD/Tib1439. 
Ilmiy raxbar: Irsaliev Xusnitdin Ibragimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Siddik Sharifovich tibbiyot fanlari doktori; Murtazaev Saidazim Saidazamovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: giperparatireozda, tishlarning karies va nokarioz kasalliklarida klinik  va tarkibiy  o‘zgarishlarini o‘rganish, oldini olish va davolashni takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba keng qamrovli klinik, stomatologik, morfologik, biokimyoviy tadqiqotlar asosida paratireoid bezlar disfunksiyasi tishlarning tarkibiy (karies va nokarioz) zararlanishiga olib kelishi asoslangan;
 paratireoid bezlar disfunksiyasida paratgormon miqdori bemorlarning yoshi, qondagi follikulstimullovchi gormon (FSG) va kal`siy miqdori bilan korrelyasion  bog‘liqlik mavjudligi o‘rganilgan;
 giperparatireozda tish qattiq to‘qimasi: emalning zararlanishi, emal rezistentligining pasayishi, parodontdagi patologik o‘zgarishlar, dentin naychalarining bo‘shashiga olib kelganligi kuzatilgan;
 paratireoid bez disfunksiyasi sababli rivojlangan karies va nokarioz tish kasalliklarining oldini olish va davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 26 aprel mart №23-z/025 son xulosasiga ko‘ra:
ilk marotaba keng qamrovli klinik, stomatologik, morfologik, biokimyoviy tadqiqotlar asosida paratireoid bezlar disfunksiyasi tishlarning tarkibiy (karies va nokarioz) zararlanishiga olib kelishi asoslandi; klinik, stomatologik, morfologik, biokimyoviy tahlillar asosida giperparatiroidizmda karies va nokarioz kasalliklari rivojlanishining etiopatogenetik xususiyatlari aniqlandi, kasalliklarni erta tashxislash va kechishini prognozlashning tavsiya etilgan diagnostik va prognostik mezonlari  ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, shu orqali birlamchi profilaktik yordami faoliyatini takomillashtirish imkonini berdi. Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (26.09.2022y.; №117) hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (14.10.2022y.; №58) bilan markaz va uning hududiy  filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:olingan natijalar ambulator bemorlarni kompleks davolash usulining ijtimoiy samaradorligi, davolanish muddatlarini qisqartirdi, mehnat qobiliyati yaxshilandi, zamonaviy dori darmonlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholash va og‘iz bo‘shlig‘ida yuzaga keladigan asoratlarni erta aniqlash va oldini olish orqali nogironlikni kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi davolash usulini joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 720 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 15,5 foiz bemorlarda qayta davolash muolajasi amalga oshiriladi). Qayta davolash amaliyoti darajasini 15,5 foizdan 10 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 720  000 so‘m iqtisod qilinugan, demak bir nafar bemordan 720  000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 25 920 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa:Ilmiy tadqiqotlar paratiroid bezlari disfunksiyasi bo‘lgan karies va nokarioz  kasalliklarni erta kompleks davolash va asoratlarni oldini olish uchun tashxisni yaxshilashga qaratilgan. Tadqiqotlar natijasida yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 440 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 480 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. “Giperparatireozda karies va nokarioz kasalliklarining klinik va tarkibiy o‘zgarishlari, profilaktika va davolash usullari” ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti 2022 yil 20 sentyabrdagi 04/3889-sonli xat yuborilgan.
Giperparatireozda paratgormon miqdori bemorlarning yoshi, qondagi follikulostimullovchi gormon va kal`siy miqdori bilan kasallikning klinik kechishi o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; uzoq dinamik kuzatuvga asoslanib paratiroid bezlari giperfunksiyasi bilan bog‘liq tishlar destruksiyasining o‘ziga xos xususiyati va aniq klinik mezonlari asosiy kasallikning og‘irlik darajasi bilan korrelyasiyalanib, qondagi tahlillarida ӯzida aks ettirdi. Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.09.2022y.; №117) hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (14.10.2022 y.; № 58) bilan amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: giperparatireozda karies va nokarioz kasalliklarining klinik va tarkibiy o‘zgarishlarida  tishlardagi klinik belgilarni hisobga olgan holda  vatanimizda ishlab chiqarilgan dori vositatalari bilan davolash ko‘rsatkichlarining yuqori ijtimoiy samaradorligi yaqin va uzoq muddatdan keyin kuzatuv natijalari bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mamlakatimizning qishloq tumanlarida giperparatireozda karies va nokarioz kasalliklarga chalinish bilan murojaat qiluvchi bemorlar orasida ushbu kasalliklar bilan uchrash darajasini kamaytirish vatanimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan davolash har bir bemorga sarflangan mablag‘ning davolashdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, quyidagicha: qayta ko‘rik – 50 000 so‘m; qayta stomatologik muolajalar – 100 000 so‘m; dori- darmonlar xarajati – 150 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 300 000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 5, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 480 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi usulni amaliyotga joriy qilinishi, tish qattiq to‘qimalarida karioz va nokarioz  kasalliklar oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 720 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 480 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (26.09.2022y.; №117) hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (14.10.2022y.; №58) bilan markaz va uning hududiy  filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.
Giperparatireozda ilk bor tish qattiq to‘qimalari: emalning zararlanishi, emal` rezistentligining pasayishi, paradontdagi patologik o‘zgarishlar, dentin naychalarining bo‘shashiga olib kelishi kuzatilgan; ilmiy yangiliklarning amaliyotga tadbiq etilishi tish qattiq to‘qimalari: emalning zararlanishi, emal rezistentligining pasayishi, paradontdagi patologik o‘zgarishlar tashxislarida mavjud dasturlarning tahlili stomatolog, endokrinolog va umumiy amaliyot shifokorlari uchun paratireoid bezlar giperfunksiyasi sababli rivojlangan tishning tarkibiy o‘zgarishlarini tashxislash algoritmini yaratishga imkon berdi. Olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini baholash uchun ishlab chiqilgan shkala va shu asosda yaratilgan dastur tanlangan davolashning xavfsiz usullarini tanlash, giperparatireozda bemorlarning ahvolini dinamikada tekshirib borish uchun mӯljallangan va shuningdek bu dastur boshqa soxalarda ham qӯllanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (26.09.2022y.; №117) hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (14.10.2022y.; №58) bilan markaz va uning hududiy  filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar paratiroid bezlarining giperfunksiyasi bilan o‘zaro bog‘langan tishlardagi tizimli o‘zgarishlarning o‘ziga xos belgilarini aniqlashga imkon beradigan omillar aniqlanib, profilaktika mezonlarini takomillashtirishni tahlil qilish imkonini berdi. Yuqoridagi natijalar stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish uchun yordamga muhtoj bemorlar kontingentini aniqlash uchun ham yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 720 000 so‘m iqtisod qilindi (har xil endokrinologik davolash muolajalari amaliyoti paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 15,0% (asosiy kasallik foni bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  2 800 000 so‘mga iqtisod qiladi).  Xulosa:  yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 800 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 440 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq 26.09.2022 y. №117 hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq 14.10.2022 y. № 58 bilan amaliyotiga joriy etildi.
Paratiroid bezlari disfunksiyasi bilan karies va nokarioz  tish kasalliklarining oldini olish va davolashning yangi usullari ishlab chiqilgan; giperparatireoz qayd qilingan bemorlarda yosh cheklovlarisiz uzoq muddatli profilaktika maqsadida hamda yallig‘lanish jarayonlarining shakllanishini ambulator-poliklinika sharoitida erta tashxis qo‘yish va erta bartaraf etish uchun mutaxassislararo keng qamrovli tezkor yondashuv asoslari yaratilgan.   Olingan ilmiy-amaliy tadqiqotlar Buxoro viloyati  Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (26.09.2022y.; №117) hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha  buyruq (14.10.2022y.; №58) bilan markaz va uning hududiy  filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar giperparatiroidizm bilan kasallangan bemorlar  tishlarida tarkibiy o‘zgarishlar aniqlangan bemorlarda karies va nokarioz kasalliklari rivojlanishini oldini olish,erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yukoridagi davolash usullari ushbu kontingent bemorlarga stomatologik yordamni tashkil kilish xamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat kiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kunga (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori  1 360 000 so‘mga kamaytirdi Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 535 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 250 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 10 400 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 7 800 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 400 000 so‘m. Jami: 14 200 000 so‘m).       Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 800 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Navruzova Lola Xalimovnaning «Giperparatireozda karies va nokarioz kasalliklarining klinik va tarkibiy o‘zgarishlari, profilaktika va davolash usullari» ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti 2022 yil 20 sentyabrdagi 04/3889-sonli xat yuborilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 800 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish