Amonova Gulafzal Uzbekboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limida bosh miya tuzilmalarining morfologik jihatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2274.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor; Reymnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limida bosh miya tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini, uning tanatogenetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilib vafot etgan chaqaloqlarda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i va uzunchoq miyada tanatogenezning namoyon bo‘lishi homiladorlikning turli muddatlarida farq qilmasligi asoslangan;
pnevmopatiyaning atelektatik shaklidagi neyronlarning rivojlanishi homiladorlikning erta muddatlaridan kechki muddatlarigacha o‘zgarmasligi, uzunchoq miya neyronlarining morfometrik ko‘rsatkichlari homiladorlik muddatining oshgan sari ortib borishi, shuningdek, perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar nisbati o‘zgarishi isbotlangan;
uzunchoq miya neyron va qon tomirlari hajmi oshishi, perisellyulyar va perivaskulyar bo‘shliqni kichrayishi erta tug‘ilgan chaqaloqlarning yashagan muddatiga mutanosibligi asoslangan;
pnevmopatiyaning atelektatik shaklida tanatogenezning namoyon bo‘lishi, uzunchoq miya neyronlarida ishemik tipdagi o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi, perineyronal bo‘shliqning kengayishi, qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasida diapedez, qon quyilishlar shakllanishi va perivaskulyar bo‘shliqlari kengayishi tufayliyashab qolish imkoniyatini oshirishi isbotlangan;
pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilish va yashash davrida tanatogenezni baholash mezoni sifatida bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i va uzunchoq miyada perineyronal hamda perivaskulyar bo‘shliqlar nisbatidan foydalanish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 martdagi 6366-son xulosasi ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 9 yanvardagi 5355-sonli xati taqdim etilgan):
pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilib vafot etgan chaqaloqlar bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i va uzunchoq miyasida tanatogenezning namoyon bo‘lishi homiladorlikning turli muddatlarida farq qilmasligi asoslangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limida bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni aniqlashda taklif etilgan bosh miya nerv hujayralarini tionin ko‘ki bilan Nissl bo‘yicha bo‘yash patologoanatomik tashxis qo‘yish sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limida bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni aniqlanishda taklif etilgan usul boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik, boshqa qo‘shimcha mutaxassislar zarurati yo‘qligi, yangi kadr tayyorlashning shart emasligi isbotlanib, iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limida bosh miya nerv hujayralaridagi o‘zgarishlarni sifatli tashxislash uchun boshqa tekshiruv usullari shartmasligi isbotlanib, tekshiruv usullarining qisqarishi natijasida 1 nafar vafot etgan chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 59 500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 21 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
pnevmopatiyaning atelektatik shaklidagi neyronlarning rivojlanishi homiladorlikning erta muddatlaridan kechki muddatlariga qadar o‘zgarmasligi, uzunchoq miya neyronlarining morfometrik ko‘rsatkichlari homiladorlik muddati oshgan sari ortib borishi, shuningdek perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar nisbati o‘zgarishi aniqlangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuvdan foydalanish pnevmopatiyaning atelektatik shaklida perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar ortib borishini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzunchoq miya perineyronal va perivaskulyar bo‘shliqlar morfometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashda taklif etilgan usul boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik, patologoanatomik xulosalarni berish vaqti 1 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etgan usul qo‘shimcha jihozlarni talab etmasligi va elektr energiyani tejash natijasida 1 nafar vafot etgan chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 52 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uzunchoq miya neyron va qon tomirlari hajmi oshishi, perisellyulyar va perivaskulyar bo‘shliqning kichrayishi erta tug‘ilgan chaqaloqlarning yashagan muddatiga mutanosibligi aniqlangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usuldan foydalanish erta tug‘ilgan chaqaloqlarning yashagan muddatiga mutanosibligini tashxislash sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan gematoksilin-eozin usulida bo‘yalgan pereparatlarda tekshiruvlarni amalga oshirilib, aniq tashxisni asoslashda boshqa bo‘yash usullarining qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan erta tug‘ilgan chaqaloqlarda perivaskulyar va perisellyulyar bo‘shliqlarning yashagan muddatiga mos ravishda kichrayishini aniqlashda gematoksilin-eozin usulida bo‘yalgan pereparatlarda amalga oshirish amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar vafot etgan chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 35 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 21 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
pnevmopatiyaning atelektatik shaklida tanatogenezning namoyon bo‘lishi, uzunchoq miya neyronlarida ishemik tipdagi o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi, perineyronal bo‘shliqning kengayishi, qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasida diapedez qon quyilishlar shakllanishi va perivaskulyar bo‘shliqlari kengayishi tufayli yashab qolish imkoniyatini oshirishi isbotlangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuvdan foydalanish diapedez qon quyilishlar shakllanishi va perivaskulyar bo‘shliqlari kengayishi tufayli yashab qolish imkoniyatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilib vafot etgan chaqaloqlar uzunchoq miyasidagi o‘zgarishlari mikrofotografiya tadqiqot usuli bilan aniqlanishi, ya’ni ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi isbotlanib, sarf-xarajatlarni 20% ga kamaytirish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: pnevmopatiyaning atelektatik shakli bilan tug‘ilib vafot chaqaloqlarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar vafot etgan chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 38 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.