To‘laganov Baxtiyor Qudratovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiydaraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simlari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashina separatori parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar:t.f.d., professor. B. Mirzaev.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim , texnika fanlari doktori, professor; Quybakov Baxodir Baydullaevich t.f.n. dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘ aralashmasini yig‘ishtiradigan mashinaning yirik poyalardan ajratadigan separatori parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yirik aralashmalardan ajratib yig‘ishtiradigan barabanli separatorga ega mashinaning konstruktiv sxemasi ishlab chikilgan va texnologik ish jarayoni acoclangan;
mashina ish jarayonida cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yirik poyalardan ajratadigan separator konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator barabanlarining aylanishlar soni diskning aylanma tezligi unga kelib tushayotgan yirik poyalarning tezligidan katta bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
barabanlarning disklari orasidagi masofa yig‘ishtirilayotgan urug‘li aralashma tarkibidagi yirik poya bo‘laklarining uzunligidan kichik bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan;
separatorning maqbul parametrlari uning ish sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashinasiga separator qurilmasini yaratish va uning ishchi qismlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalap acocida:
cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yirik poya bo‘laklaridan ajratib yig‘ishtiradigan separatorli mashinaga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patentlari olingan («Cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘larini yig‘uvchi o‘rgich» IAP 06980-2022y., «Cho‘l ozuqabop o‘simliklar urug‘ini yig‘uvchi rotorli o‘rgich» IAP 06553-2021y. va «Cho‘l ozuqabop o‘simliklar urug‘ini yig‘uvchi o‘rgich» IAP 06292-2021y.). Natijada, cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘larini kam shikastlab sifatli yig‘ishtirib oladigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashina Jizzax viloyati Forish tumanidagi fermer xo‘jaliklari va “BMKB-Agromash” AJning tajriba dalalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021yil 04 fevraldagi 02/023-436-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l ozuqabop urug‘li aralashmasini yig‘ish to‘liqligini 40 foizga, urug‘li aralashma tarkibidagi urug‘ miqdori 38,4 foizga oshirish, yonilg‘i moylash materiallarini 27,5 foizga, mehnat sarfini 32,4 foizga va ekspluatatsion xarajatlarni 41,8 foizga kamaytirishga erishilgan;
cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashinani ishlab chiqarish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021yil 04 fevraldagi 02/023-436-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtirishda qo‘llaniladigan yuqori samarali mashinani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.
.