Bexzod Barkamalovich Isxakovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining an’anaviy ekologik madaniyati (tarixiy-etnologik tadqiqot)”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar.62.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Abdulahatov Nodirbek Urayimovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Isoqov Ziyodullo Safaralievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi o‘zbeklari an’anaviy ekologik madaniyatining etnolokal xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari va zamonaviylik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishini elshunoslik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining etnoekologik qarashlari tizimi (er, suv, havo va olov kabi tabiat unsurlarining sofligini saqlash hamda ulardan unumli foydalanish), etnoekologik tasavvurlarning metodologik asoslari va rivojlanish dinamikasi xronologik jihatdan asoslangan;
mintaqaga xos ekologik bilimlar va qarashlar “o‘lib, qayta tiriluvchi” tabiat kul’ti, agrar timsollar kabi qadimgi politeistik e’tiqodiy qarashlardan monoteistik ta’limotlar (zardushtiylik, islom)ga evolyusion tarzda transformatsiyalashganligi dalillangan;
vodiy o‘zbeklarining kundalik turmush tarzidagi etnoekologik qarashlar va u bilan bog‘liq an’analar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar hamda zamonaviy globallashuv jarayonlar ta’sirida evrilishlarga uchraganligi aniqlangan;
umumiylik” va “o‘ziga xoslik” kabi qiyosiy kategoriyalar kontekstida vodiy o‘zbeklarining moddiy madaniyati (turar joylar, kiyimlar va taomlar)dagi ekologik o‘zgarishlarda tabiiy-geografik muhit (tog‘, tog‘ oldi, cho‘l, tekislik va dasht)ning ta’siri katta bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi o‘zbeklari an’anaviy ekologik madaniyatining etnolokal xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari va zamonaviylik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishlar bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalaridan O‘zbekiston Ekologik harakati faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakati boshlang‘ich tashkilotining 2022- yil 22- dekabrdagi 12-117/-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining an’anaviy ekologik madaniyatiga oid ma’lumotlar va ilmiy natijalar ekologik harakatning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tabiat bilan bog‘liq xalqimizning qadimiy urf-odat, an’ana va marosimlari hamda uning tarixiy asoslari bo‘yicha mazmunli va yuqori saviyada ma’ruzalar tashkil etish va undan amaliyotida keng foydalanish imkonini bergan;
vodiy o‘zbeklarining kundalik turmush tarzidagi etnoekologik qarashlar va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq an’analar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar hamda zamonaviy globallashuv jarayonlar ta’sirida evrilishlarga uchraganligi, hamda «umumiylik” va “o‘ziga xoslik” kabi qiyosiy kategoriyalar kontekstida vodiy o‘zbeklarining moddiy madaniyati (turar joylar, kiyimlar va taomlar)dagi ekologik o‘zgarishlarda tabiiy-geografik muhit (tog‘, tog‘ oldi, cho‘l, tekislik va dasht)ning ta’siri katta bo‘lganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining konferensiya materiallarini tayyorlashda, millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy sohalardagi tadbirlarni sifatli va samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining 2023-yil 2-martdagi 14-07-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining an’anaviy etnoekologik madaniyati tizimini to‘g‘ri tushunish, talqin etishda muhim ahamiyat kasb etgan va ayni ko‘nikmalarni ommaga to‘g‘ri targ‘ib etishda muhim manba vazifasini bajargan.