Tursunov Jasurbek Xatamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermerlik mehnati bilan shug‘ullanuvchi aholi orasida arterial gipotenziyani tarqalishi va profilaktikasi xususiyatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3258.
Ilmiy rahbar: Mamasaliev Nematjon Salievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar:Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fermerlar populyasiyasida arterial gipotenziyaning tarqalishi va profilaktikasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qishloq aholisi orasida arterial gipotenziyaning epidemiologik tafsilotlari aniqlangan; 
ilk bor O‘zbekiston sharoitida fermerlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi aholi populyasiyasida arterial gipotenziyaning xavf omillarining chin tarqalish darajalari aniqlangan;
ilk bor fermerlar populyasiyasida komorbidlikning, arterial gipotenziya fonida epidemiologik tavsiflari aniqlangan;
ilk bora fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qishloq aholisida arterial gipotenziyaning yetakchi xavf omillari ajratilgan va ularning xavfini bashoratlash jadvallari ishlab chiqarilgan;   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 4 -son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligini 31.01.2023y. №8 n-z/981 bilan xulosasi olingan:
fermerlik faoliyatini bilan shug‘ullanuvchi qishloq aholisida ilk marotaba arterial gipotenziyaning epidemiologik tafsilotlari aniqlangan va isbotlanganligini RShTYoIM Farg‘ona filialiga 23.02.2023yildagi 57.1-sonli buyruq va RShTYoIM Namangan filialiga 01.03.2023yildagi 01/79-sonli buyruq bilan xamda Andijon shaxar 5-sonli oilaviy poliklinikaga 20.02.2023 yidagi 5 – “I” sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan skriningga kompleks yondashuv va profilaktika modeli fermer aholi orasida arterial gipotenziyaning donozologik prediktorlarini barvaqt aniqlash va gipotonik asoratlar kuzatilgan populyasiyada nogironlikni, professional malakani yo‘qotilishini kamaytirishga imkon bergan, prediksiya  va prevensiya sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) arterial gipotenziyani fermer-aholida oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan “So‘rovnoma-anketa” orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan; 2) standartizatsiyalangan va unifisirlangan epidemiologik tekshirish usullari bilangina arterial gipotenziyani barvaqt aniqlanishi va bartaraf qilinishi darajasi fermerlarda hamda ularning oilalarida 100 foizgacha ta’minlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan mutaxassis-shifokorlarning xojati yo‘qligi hisoblanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan.Xulosa: arterial gipotenziyani fermer aholida erta aniqlashni arzon, sodda va qulay skriningli usuli ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 75 000 so‘mga, jami populyasiya(251 ta) darajasida 18 mln, 825 ming so‘mga iqtisod qilish imkoni berilgan.
standartizatsiyalangan va unifisirlangan epidemiologik tadqiqot qo‘llanilib ilk marotaba fermerlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi aholi populyasiyasida arterial gipotenziyaning xatar omillarini chin tarqalish darajalari O‘zbekiston sharoitda aniqlanib va isbotlanib berilganiligini RShTYoIM Farg‘ona filialiga 23.02.2023yildagi 57.1-sonli buyruq va RShTYoIM Namangan filialiga 01.03.2023yildagi 01/79-sonli buyruq bilan xamda Andijon shaxar 5-sonli oilaviy poliklinikaga 20.02.2023 yidagi 5 – “I” sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xatar omillarini skrining usuli bilan erta va to‘g‘ri tashxislash orqali kasallikning oldini olishga (90 foiz) erishilgan, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash (100 foizga etib) imkoniyatini (fermer aholining preventiv xususiyatlaridan kelib chiqib ularning barchasini 4-guruhga – “Sog‘lom turmush olib boruvchi fermerlar”, “Nosog‘lom turmush tarzini olib borayotgan fermerlar”, “Arterial gipotenziya va uning xavf omillari bo‘lgan fermerlar”, “Arterial gipotenziya va komorbid patologiya asoratlari bo‘lgan parvarishga muhtoj fermerlar” ajratish orqali) oshirishga erishilgan. Taklif etilgan algoritm-model orqali prediktiv (bashoratlash), prevensiya (erta tashxislash) va birlamchi profilaktika (arterial gpiotenziyani asosiy xavf omillarini davolash) faoliyatlar sifati keskin yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: faol preventiv faoliyatni fermer aholiga joriy qilinishi ularning shifoxonalarga tushish sur’atini 85 foizga kamaytiradi va yo‘qotadi. Natijada xar bir bemor fermer aholiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni ajratilishi xar bir fermer aholi –bemorga 75 000 so‘mga va jami arterial gipotenziyali fermer aholi uchun esa (251ta bemor xisobidan) 18 mln, 825 ming so‘m miqdorda tejalib qolinadi.Xulosa: arterial gipotenziyaning xavf omillarini barvaqt aniqlanishi va to‘planib ko‘payib borishini bartaraflab turish chora tadbirlari ishlab chiqilib fermerlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan “mirishkor” va professional aholi guruhlarini “kasbiy umrlarini saqlab qolish yoki uzaytirish imkoni (100 foiz) berilgan. Arterial gipotenziya bilan bog‘liq “talofatlar”ni 10 foizdan 20 foizgacha etib kamaytirish yoki shifoxonaga tushish ehtimolini yo‘qotib to‘lov xarajatlarini eng kamida 300 000 so‘mga (1 kunga o‘rtacha shifoxonada 100 000 so‘m sarflanadi) kamaytirilishi (xar bir bemor uchun) imkoniyati to‘ldirilgan;
fermerlar populyasiyasida komorbidlikning arterial gipotenziya fonida epidemiologik tavsiflash ilk martoba aniqlangan va isbotlab berilganligini RShTYoIM Farg‘ona filialiga 23.02.2023yildagi 57.1-sonli buyruq va RShTYoIM Namangan filialiga 01.03.2023yildagi 01/79-sonli buyruq bilan xamda Andijon shaxar 5-sonli oilaviy poliklinikaga 20.02.2023 yidagi 5 – “I” sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: faol skrining o‘tkazish arterial gipotenziya fonida shakllanadigan va shiddatlanib kechadigan komorbid kasalliklarni to‘g‘ri aniqlash va baholash samaradorligini oshirgan; epidemiologik, klinik, bioximik va instrumental usullarni kompleks qo‘llash komorbidlikni tashxislash imkoniyatlarini keskin oshirgan; komorbidlikni oldini olish chora tadbirlarini qo‘llash xavfli asoratlar kelib chiqishini oldini olgan va taklif etilgan arterial gipotenziyani epidemiologik tashxisi mezonlari “mo‘ljalli” profilaktika sifatini yaxshilagan va farmakoterapiyaga ehtiyojni  kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Fermer aholini bemor bo‘lib shifoxonaga tushish ehtimolini to‘liq yo‘qotgan va kasallikka sarflanadigan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larga zaruratni 100 foizga bartaraflagan; 2) dori-darmon kam talab etilgan, skrining tashxis va profilaktikaga ketgan xarajatlarni eng kamida 2 barobarga (50 ming so‘mdan 100 000 so‘mga etib) oshig‘i bilan qaytarib olish imkoniyati yaratilgan. Xulosa: arterial  gipotenziya fonida kelib chiquvchi komorbidlikni va unga olib keluvchi xatar omillarni erta bartaraf qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va skrining amaliyotida qo‘llanilishi har bir bemor xisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni to‘liq (100 foiz) iqtisod qilish imkonini bergan, xar 5-chi bemorda “tibbiy talofatlar”ni  oldi olingan;                                                                                                                                                
ilk bor fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qishloq aholisida arterial gipotenziyannig yetakchi xatar omillari ajratib berilgan va ularning xavfini prognozlab berish jadvallari ishlab chiqilganligini RShTYoIM Farg‘ona filialiga 23.02.2023yildagi 57.1-sonli buyruq va RShTYoIM Namangan filialiga 01.03.2023yildagi 01/79-sonli buyruq bilan xamda Andijon shaxar 5-sonli oilaviy poliklinikaga 20.02.2023 yidagi 5 – “I” sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: arterial gipotenziyaga sezilarli darajada kuchli patogen ta’sir etadigan 2 ta ijtimoiy  omillar, 12 ta –yurak-qon tomir kasalliklarining xatar omillari, 10 ta “komorbidlik omillar” va 5-ta “komorbid simptomlar” prediktiv faoliyatga tasdiqlanib tavsiya etilgan. Ulardan prognostik shkala tuzishda foydalanilgan va bundan tashqari, ushbu 29 omillardan arterial gipotenziyani donozologik bosqichida barvaqt aniqlashda foydalanish mumkinligi va kasallikni profilaktikasining natijaviyligini ta’minlab berishda ularning 51,7% foiz ahamiyat kasb etishlari isbotlanib berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)arterial gipotenziyani premorbidlik bosqichida samarali va bexavf epidemiologik tekshiruvlar o‘zi kifoya xisoblanab iqtisod qilishga xizmat qiladi: sog‘lom fermer aholida skrining tekshiruvlar o‘tkazilgan va past, o‘rta, yuqori hamda o‘ta yuqori xavf guruhlari ajratilgan; murakkab va ortiqcha tekshiruv usullardan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 80 foizga kamaytirish imkonini bergan; 2) ushbu skrining ma’lumotlar arterial gipotoniyaning mintaqaviy innovatsion profilaktika –prognozlash dasturlari va texnologiyalarini yaratishda asos qilinib olingan, ulardan foydalanish sarf xarajatlarni 80 foiz kamaytirish (shifoxonaga aholini tushmasligi ta’minlanib)  imkoniyatini tug‘dirgan. Xulosa: yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan fermer-aholida foydalanish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni to‘liq iqtisod qilish imkonini bergan (arterial gppotenziyani premorbid bosqichida aniqlanib to‘xtashi xisobiga), gipotonik xavf-asoratlarni va falokatlarni 20 foizga kamaytirgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish