Kamolov Botir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator kuzatuv sharoitidagi bemorlarda yoshga nisbatan arterial gipertoniya ikkilamchi profilaktikasining ahamiyati», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2029.
Ilmiy rahbar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Avezov Davlat Qurbanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arterial gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan  bemorlarning yoshga nisbatan hayot sifatini yaxshilashda ikkilamchi profilaktika bo‘yicha tadbirlar ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arterial gipertoniyaning kelib chiqishida muhim o‘rin tutgan xavf omillari 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarda yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lganligi  isbotlangan;            
buning barobarida xar ikkala gurux bemorlarida arterial qon bosimining maqsadli ko‘rsatgichiga erishilishi past ekanligi isbotlangan;
bemorlarning shifokorlar tavsiyasiga moyillik darajasi tahlili 60 yoshdan ulug‘ bemorlarimizda 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarga nisbatan ishonarli ravishda  yuqori ekanligi isbotlangan;  
arterial gipertoniya maktabida ishtirok etgan bemorlar guruxida kasalxonaga takroriy yotqizilish ko‘rsatgichlari, poliklinikaga murojatlar soni kamayishi, arterial kon bosimining ishonarli ravishda maqsadli darajaga pasayishi va davolanishga bo‘lgan moyillik darajasi ortib borishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/11-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 26 sentyabrdagi 8 i-z/490 xati yuborilgan.): 
arterial gipertoniyaning kelib chiqishida muhim o‘rin tutgan xavf omillari 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarda yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lganligi Farg‘ona shahar 1-sonli shifoxonasi bo‘yicha 11.08.2022 yildagi 121-sonli buyruq hamda Namangan shahar 4-oilaviy poliklinika shifoxonasi bo‘yicha 15.08.2022 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ambulator kuzatuv sharoitidagi bemorlarda AG skrining texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida yaratilgan «Arterial gipertoniyasi  bo‘lgan bemorlarni boshqarish buyicha o‘kuv dasturlarini amalga oshirish » mavzusidagi uslubiy tavsiyalar aholi orasida turli tabiatli AGni barvaqt aniqlash, AG ni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini  bartaraf qilish, "o‘z-o‘zini davolash" va "o‘zini o‘zi boshqarish" imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. 60 yoshdan kichik aholi orasida AG rivojiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va kuchli ta’sirlarini o‘tkazib turuvchi yetakchi xavf omillarga (Tamaki chekish, alkogol`, psixoemotsional zo‘riqish, tuzni ko‘p iste’mol qilish) aniqlik kiritilgan. Tadqiqot natijasida AGning keltirib chiqarishda ma’lum bo‘lgan turli xavf omillarini  aholida alohida o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va isbotlangan. Xulosa: Arterial gipertoniyaning kelib chikishida muxim o‘rin tutgan xavf  omillarini tahlil kilish natijalari, 60 yoshdan kichik va katta bo‘lgan  bemorlar guruxida psixoemotsional zo‘riqish yetakchilik qilishi isbotlandi. 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarimiz osh tuzini, alkogolni  ko‘p iste’mol qilishlari va tamaki ko‘p chekishlari bilan 60 yoshdan katta bo‘lgan bemorlardan ishonarli ravishda farqlanishi kuzatildi.
xar ikkala gurux bemorlarida arterial qon bosimining maqsadli ko‘rsatgichiga erishilishi past ekanligi Farg‘ona shahar 1-sonli shifoxonasi bo‘yicha 11.08.2022 yildagi 121-sonli buyruq hamda Namangan shahar 4-oilaviy poliklinika shifoxonasi bo‘yicha 15.08.2022 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya maktabining samaradorligi qaysi ko‘rsatgichlar bilan baxolanadi, bu albatta  Arterial gipertoniyaning maqsadli ko‘rasatgichga erishishi bilan, ko‘rib turganingizdek asosiy guruxda 53% xolatlarda maqsadli darajaga erishilib, nazorat guruxidagi bemorlarda bu ko‘rsatgich   33%  ekanligi isbotlandi. Gipertonik inqirozlar xam asosiy guruxda, nazorat guruxiga nisbatan ishonarli 37% ga kam uchraganligini isbotladi. Shu bilan birqatorda bosh miya insul`ti xam asosiy guruxda, nazorat guruxidagi bemorlarga nisbatan 60% kam uchrashi tadqiqotimizda o‘z isbotini topdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:      Gipertonik krizlar,  asosiy guruxda 129 ta bemordan  15 ta (11,6 %) ni tashkil etgan bo‘lsa, nazorat gruhida bu ko‘rsatgich 43 ta (31%)  ga teng bo‘ldi. Bosh miya insul`tlari asosiy guruxda 6,2% (n=8; 1 ta bemorda gemoragik insul`t o‘lim bilan yakunlandi, 2 ta bemorda tranzitor ishemik xolati va 5 ta bemorda ishemik insul`t ) ni tashkil etsa, nazorat guruhidagi bemorlarda 10,1 %  (n=14; 2 ta bemorda gemoragik insul`t) o‘lim bilan yakun topdi, 5 ta bemorda tranzitor ishemiya va  7 ta bemor ishemik insul`t) teng bo‘lgani aniqlandi. Xulosa: Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki ikkala terapiya fonida ham arterial qon bosimining maqsadli ko‘rsatgichiga erishilmagan. Bunga sabab; bemorlarning shifokor tavsiyasiga loqaydligi, dori vositalarini kunlik miqdori pastligi, bemorlarning o‘zboshimchalik bilan kunlik miqdorini pasaytirishi va moddiy qiyinchilikdaligidadir. 
bemorlarning shifokorlar tavsiyasiga moyillik darajasi tahlili 60 yoshdan ulug‘ bemorlarimizda 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarga nisbatan ishonarli ravishda  yuqori ekanligi Farg‘ona shahar 1-sonli shifoxonasi bo‘yicha 11.08.2022 yildagi 121-sonli buyruq hamda Namangan shahar 4-oilaviy poliklinika shifoxonasi bo‘yicha 15.08.2022 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bizning ilmiy izlanishimizda Morisk-Grin so‘rovnomasi yordamida 85 (28,5%) ta bemorimizda shifokorlar tavsiyasiga komplaentlik kuzatilgan bo‘lsa, shulardan 55 (65%)tasi 60 yoshdan katta va 30 (35%) tasi 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarni tashkil etdi. Demak yoshi ulug‘ bemorlarda davo-lanishga bo‘lgan moyillik 54,5% bilan 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlardan ustun ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Konservativ davolash tizimida davolash natijalarini yaxshilash. 2) Bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. 3) Shifokorlarga kayta-qayta murojatini kamaytirish. 4) Shifoxonaga yotqizilish miqdorini kamaytirish. 5) Kasallik asoratlarini kamaytirish. Davolashning yangi usullarini joriy etishda nogironlikni kamaytirishning iqtisodiy samarasini beradi. Xulosa: Morisk-Grin so‘rovnomasi yordamida 28,5%  bemorimizda shifokorlar tavsiyasiga komplaentlik kuzatilgan bo‘lsa, shulardan 65% 60 yoshdan katta va 35% 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarga to‘g‘ri keldi, ya’ni 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarga nisbatan yoshi ulug‘ bemorlarda davolanishga bo‘lgan moyillik darajasi  54,5%  ishonarli ravishda yukori ekanligi isbotlandi.
arterial gipertoniya maktabida ishtirok etgan bemorlar guruxida kasalxonaga takroriy yotqizilish ko‘rsatgichlari, poliklinikaga murojatlar soni kamayishi, arterial kon bosimining ishonarli ravishda maqsadli darajaga pasayishi va davolanishga bo‘lgan moyillik darajasi ortib borishi Farg‘ona shahar 1-sonli shifoxonasi bo‘yicha 11.08.2022 yildagi 121-sonli buyruq hamda Namangan shahar 4-oilaviy poliklinika shifoxonasi bo‘yicha 15.08.2022 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 yil davomida kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruxda nazorat guruhiga nisbatan kasalxonaga yotqizilgan  bemorlarning soni ancha kam bo‘lgan (n=51, 39,5%). Arterial gipertoniya maktabida ishtirok etmagan bemorlar guruxida esa bu ko‘rsatgich 51% ga teng bo‘ldi (n =70). Shu bilan birgalikda poliklinika shifokorlarga murojat qilgan bemorlarning soni ham kamaydi: asosiy guruxda 41% (n =53), nazorat gruxida 63% (n =87). Maktabning samaradorligi AB ni  maqsadli darajaga pasayishi bilan xam ifodalandi. Dastlabki ko‘rsatgich 25,5% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1 yildan so‘ng AB maqsadli darajaga pasayishi asosiy guruxda 53%( n=69, r<0.05) , nazorat guruxida esa 33% (n=45) bemorlarda kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 yillik kuzatuv davomida tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 655 000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar arterial gipertoniya alomatlari bilan bog‘liq ravishda hususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki hususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liq edi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 1120 000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish bir qancha tejamkor bo‘lgan. Xulosa: Arterial gipertoniya o‘quv dasturining samaradorligi bemorlarning shifokorlarga bo‘lgan murojatlarining kamayishi bilan ifodalandi, yani o‘quv dasturida ishtirok etgan bemorlarning guruxida kasalxonaga yotqizilgan  bemorlar 39,5%, poliklinika shifokorlarga murojat qilganlar 41%, maktabda ishtirok etmagan bemorlar guruxida esa bu ko‘rsatgichlar  51%  va 63%  teng bo‘lganligi aniklandi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish