Kit`yan Sergey Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon shahri katta yoshli aholisi orasida surunkali yurak etishmovchiligi profilaktikasining o‘ziga xosligi, xavf omillari va tarqalishi», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3250.
Ilmiy rahbar: Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Trigulova Raisa Xusainovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijonning katta yoshdagi aholisi orasida surunkali yurak etishmovchiligining tarqalganligi, xavf omillari, rivojlanish xususiyatlari, oldini olishning mintaqaviy o‘ziga xosligini o‘rganish va davolashni maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon shahridagi katta yoshdagi aholi populyasiyasi misolida SYuE rivojlanishiga olib keluvchi yurak-qon tomir kasalliklarining ulushli tuzilmasi aniqlandi, katta yoshdagi aholi populyasiyasida kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liqliq ravishda SYuEning asosiy klinik simptomlarining uchrashi isbotlangan;
SYuE rivojlanish xavf omillari o‘rganildi va yurak-qon tomir kasalliklari kuzatilgan bemorlarda ularning har birining ahamiyati aniqlangan;
mintaqaviy epidemiologik xususiyatlarni hisobga olgan holda, Andijon shahri aholisi o‘rtasida SYuE farmako-epidemiologik monitoring dasturi ishlab chiqildi va uning samaradorligi asoslangan;
SYuE rivojlanishini prognozlash usuli takomillashtirildi va to‘g‘ri baholandi; rivojlanishning muayyan omillari aniqlandi va SYuEning xavf omillari va rivojlanishini prognozlashning shaxsiylashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 yanvardagi 8i-z/38-son xati yuborilgan):
SYuE rivojlanishiga olib keluvchi yurak qon tomir kasalliklarining ishchi tuzilmasini aniqlash va kasallik og‘irligiga bog‘liqlikda katta yoshli aholi populyasiyasida SYuE ning asosiy klinik simptomlarini baholash. Farg‘ona shahar 1-shahar kasalxonasi 23.01.2023 y; 11-sonli buyrug‘i, Farg‘ona shahar 2-oilaviy poliklinika 14.02. 2023 y. 101-11-169-DOP/2023-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE rivojlanishida yurak qon tomir kasalliklarining ahamiyatini va klinik simptomlarga bog‘liq SYuE og‘irlik darajasini baholash sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘in shifokorlari singari kasalxona (statsionar) shifokorlarining ham o‘z vaqtida qilingan tashxisot jarayonini tezlashtirish, soddalashtirish, optimallashtirishga imkon beradi, shu bilan birga, yuqori malakali mutaxassislar yuklamasini 72%gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE darajasi tashxisoti va o‘tkazilgan zarur tekshiruvlar uchun sarflanadigan shifokor vaqti qisqaradi, kardiolog-shifokorga qatnovlar kamayadi, ularning yuklamasi qisqaradi, har bir SYuE kuzatilgan bemor uchun profilaktika hamda davolash eng sifatli jarayon 88%gacha bo‘lib qoladi. Xulosa: SYuE rivojlanishiga olib keluvchi yurak qon tomir kasalliklari ish tuzilmasini aniqlash va SYuE asosiy klinik simptomlari chastotasini baholash byudjet tomondan 1 bemor uchun 220 000 so‘m va byudjetdan tashqari 260 000 so‘mni tejalishiga imkon beradi.
yurak qon tomir va komorbid kasalliklar kuzatilgan bemorlarda SYuE rivojlanishining avj olishi va xavf omillarini, ularning ahmiyatini aniqlashga imkon beradi. Farg‘ona shahar 1-shahar kasalxonasi 23.01.2023 y; 11-sonli buyrug‘i, Farg‘ona shahar 2-oilaviy poliklinika 14.02. 2023 y. 101-11-169-DOP/2023-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavf omillari va avj olish omillarini aniqlash katta yoshli aholi orasida SYuE ning ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasiga qiyosiy va sifatli yondashishga 77%gacha imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE xavf omillarini ularning birikishiga qarab aniqlash mumkin, SYuE rivojlanish mezonlari tavsifini uchga “yumshoq”, “oraliq” va “qattiq” turga bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi shifokorlari hamda kasalxona (statsionar) shifokorlari bularni bilgan holda, tashxisot va davolash masalalariga malakali, aniq yondashadi. SYuE avj olish omillarini o‘rganish erta bosqichda komorbid holat va ularning rivojlanishini sifatli tashxislashga 50% oshirishga imkon beradi. Xulosa: yurak qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlar uchun SYuE rivojlanish xavf omillari va ularning ahamiyatini aniqlash 1 kishi uchun byudjet tomondan 270 000 so‘mga, byudjetdan tashqari 390 000 so‘m tejashga imkon berdi.
SYuE farmako-epidemiologik monitoring dasturini ishlab chiqish va mintaqaviy epidemiologik xususiyatlar hisobi bilan uning samaradorligini baholash. Farg‘ona shahar 1-shahar kasalxonasi 23.01.2023 y; 11-sonli buyrug‘i, Farg‘ona shahar 2-oilaviy poliklinika 14.02. 2023 y. 101-11-169-DOP/2023-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mintaqamizda SYuE tarqalganligining epidemiologik xususiyatlari hisobi birlamchi bo‘g‘in shifokorlari yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash, SYuE kuzatilgan bemorlar tashxisotiga malakali yondashuvlarni ta’minlash imkonini berdi. Farmako-epidemiologik monitoring bemorlarning terapiyaga bo‘lgan intilishlarini oshirishga, o‘z navbatida statsionar va poliklinikalar yuklamalarini 80%gacha qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiologik kasalliklardan azoblanayotgan aholi orasida SYuE tarqalganligining bashorati, zarur tekshiruv hamda davolash hajmini aniqlashda profilaktik choralar ko‘rish uchun oldinroq material-texnik bazani tayyorlashga; SYuE bemorlari terapiyasiga farmako-epidemiologik nazorat kamchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, jumladan, bemorlarni davolashga tarafdorligini 80%gacha oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, kasalxonada (statsionarda) davolanish muddatining 16,5 kundan 10,5 kunga qisqarishi, kasalxonada (statsionarda) davolanish uchun to‘lov miqdorining 680 000 so‘mga kamayishi (preyskurantga ko‘ra, 1 kunlik joy 150 000 so‘mni tashkil qiladi) kasalxonada (statsionarda) davolanish muddatining qisqarishi hisobiga dori vositalaridan foydalanish (1 150 000 so‘mga) ham kamaygan. Xulosa: jins, yosh bo‘yicha SYuE tarqalganligiga differensiyalangan yondashuv ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga ta’sir ko‘rsatmay, birlamchi bo‘g‘inlarda davolash – profilaktik tadbirlarni oldindan rejalashtirish, bu bemorlar farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikni og‘ir shakliga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasalxonaga yotishdan bosh tortish, kasalxonada yotish joy miqdorini kamaytirishga imkon beradi, bu esa byudjet tomondan 1 kishi uchun 250 000 so‘m va byudjetdan tashqari 230 000 so‘mni tejashga erishildi.
SYuE rivojlanishining avj olish usullari va xavf omillarining individual algoritmi hamda kasallik avj olishini bashorat qilish. Farg‘ona shahar 1-shahar kasalxonasi 23.01.2023 y; 11-sonli buyrug‘i, Farg‘ona shahar 2-oilaviy poliklinika 14.02. 2023 y. 101-11-169-DOP/2023-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: individuallashtirilgan algoritm turidagi xavf omillari, yurak qon tomir kasalliklarining mavjudligi, bemor jinsi, yoshini hisobga olgan holda SYuE ni bashorat qilish usullari yuqori malakali mutaxassislar mehnatidan foydalanmay, optimal muddatlarda SYuE xavf darajasini, uning og‘irligini, profilaktika va davolash usullarini 75%gacha aniqlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritm sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini shifokorlariga undan foydalanishga 75%gacha imkon beradi, bunda murakkab diagnostik usullardan foydalanmay, yuqori malakali mutaxassislar vaqtlari erkin bo‘ladi, o‘z vaqtida diagnostik va profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Har yilgi iqtisodiy samaradorlik: S = S yil – Xr – Xv= 6 400 000 000 – 2 400 000 000 = 4 000 000 000 sum, bunda: S (yil) – o‘rtacha yillik iqtisod; Xr – bir martali tekshiruv narxi; Xv – SYuE tashxisoti va davolashning optimallashtirishdagi bir vaqtdagi narx. Xulosa: SYuE ni aniqlash imkoniyatini baholash bashorat qilindi, qon tomir asoratlarining noxush natijalaridan qochishga, SYuE kuzatilgan bemorlar hayoti va hayot davomiyligi sifatini 54%ga yaxshilashga imkon berdi.