Tajibaeva Laylo Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vodiy sharoitida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi va profilaktikasining tibbiy – ekologik ilmiy asoslari”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2988.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Zoxidova Mashxura Ziyomatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi sharoitida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi va profilaktikasining tibbiy – ekologik ilmiy asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora ko‘p yillik prospektiv epidemiologik tadqiqotda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining epidemiologik tavsiflari o‘rganildi va vodiy sharoitida kasallik shakllanishining hududiy mexanizmlari isbotlangan;
ilk bora 10 yillik epidemiologik monitoringda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining tashqi va ichki xatar omillari o‘rganildi, o‘zgarib borishi tendensiyalarini Farg‘ona vodiysi sharoitidagi ajralib turadigan qirralari aniqlangan;
ilk bora Farg‘ona vodiysining ekologik tafsilotini xisobga olib o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini xatar omillariga bog‘likligi darajalari o‘rganildi va uning hududiy ustuvorlik qiluvchi “kuchli”, “o‘rtacha” va “past” darajada ta’sirini o‘tkazuvchi epidemiologik patogen sharoitlari aniqlangan;
ilk bora prospektiv ekoepidemiologik tadqiqotda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining kelib chiqishi va avjlanib borib asoratlanishini mahalliy sanoat ishlab chiqarishning noorganik, organik va biologik tabiatli zararli (xatar) omillariga bog‘liqligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/6 -son xulosasiga ko‘ra:
prospektiv epidemiologik tadqiqotda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini epidemiologik tavsifi o‘rganilgan, buning natijasida Farg‘ona vodiysi sharoitida ushbu kasallikni shakllanishining xududiy mexanizmlari isbotlab berilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Namangan filiali bo‘yicha 23.11. 2023 yildagi 419 sonli buyruq xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 23.11.2022 yildagi 421 sonli buyruq va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 420 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan profilaktika algoritmi va kompleks yondashuvli skriningdan foydalanish O‘SOKni barvaqt prognozlash, tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) O‘SOKni oddiy va samarali bo‘lgan epidemiologik – so‘rovnomali tekshiruv usuli orqali aniqlanishi va/yoki boshqa qo‘shimcha xamda qimmatbaho tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan; 2) O‘SOK nafaqat pul`monolog, balki boshqa mutaxasislar (umumiy amaliyot shifokori, tibbiy brigada a’zolari, terapevt, endokrinolog, kardiolog va b.q.) tomonidan xam oson tashxislanadi, ya’ni unga maxsus tayyorlangan pul`monolog – shifokorning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan O‘SOKni aniqlashning epidemiologik va klinikik – ekologik tizimi ushbu kasallikning kontinuumi bilan bog‘liq talofotlarni (bevaqt o‘lim, kasalxonaga takroran tushish, davomli davolanish, nogiron bo‘lib qolish, kasbiy malakani yo‘qotish) 3 barobarga kamaytirgan yoki xar bir bemorga sarflanadigan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishni uch martaga oshirish imkonini bergan. Xar bir bemordan o‘rtacha 750000 ming so‘mga etib shifoxonaning byudjet mablag‘larini tejab qolish imkonini bergan.
ko‘p yillik epidemiologik monitoringda O‘SOKni tashqi va ichki xatar omillari aniqlangan, o‘zgarib borishi tendensiyalarini Farg‘ona vodiysi sharoitidagi ajralib turadigan xos jihatlari isbotlangan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Namangan filiali bo‘yicha 23.11. 2023 yildagi 419 sonli buyruq xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 23.11.2022 yildagi 421 sonli buyruq va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 420 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi O‘SOKni o‘rganishda epidemiologik usulni qo‘llanilishi orqali kasallikni boshlang‘ich bosqichida tashxislash orqali kasbiy maxoratni yo‘qotishni kamayishiga (85 %) erishilgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan yashash darajasini bemorlarda 25,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan. O‘SOKni nazorat qilish sifati yaxshilangan (90 %). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi epidemiologik monitoringda O‘SOK xatar omillarini barvaqt aniqlanishi va nazorati ta’minlanishi sababli bemorlarni shifoxonaga tushishini keskin kamayishiga erishilgan va/yoki bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish imkoni berilgan. Natijada xar bir bemorga shifoxonani byudjet mablag‘idan 1 ta O‘SOK bilan bemorda 470 mingdan 550 ming so‘mgacha, byudjetdan tashqarigi mablag‘dan bo‘lsa 200 ming so‘mni tejab qolish/iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: O‘SOKning xatar omillarini boshqarish va nazorat qilish tizimini to‘g‘ri o‘tkazish ishlab chiqilib jami bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 814 mln 550 000 so‘mgacha va byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 22 000 000 so‘mga tejab qolish imkoni berilgan.
Farg‘ona vodiysining ekologik tafsilotini xisobga olib O‘SOKni xatar omillariga bog‘liqligi darajalari aniqlangan va kasallikning xududiy ustuvorlik qiluvchi “kuchli”, “o‘rtacha” va “past” darajali ta’sirini o‘tkazuvchi patogen sharoitlar isbotlanib xamda izohlanib berilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Namangan filiali bo‘yicha 23.11. 2023 yildagi 419 sonli buyruq xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 23.11.2022 yildagi 421 sonli buyruq va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 420 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: epidemiologik ekoskrining negizida ishlab chiqilgan «Ekoprofilaktika dasturi» O‘SOKni axoli orasida barvaqt aniqlash va davolash ishlari samarasini 4 barobarga oshirgan, tashxisiy samaradorlikni 73 foizga ortdirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) O‘SOK bilan bemorni shifoxonaga tushish soni 100 % kamaytirilgan va bu bilan byudjet mablag‘lari xar bir bemor xisobiga 470 mingdan 550 ming so‘mgacha iqtisod qilingan, umumiy tadqiqotga jalb qilinsa bemorlar sonidan kelib chiqilsa salkam 1 mlrdga etib iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoni berilgan. 2) bemorlarni shifoxonadan tashqarigi davri uchun ketadigan byudjetdan tashqarigi mablag‘lar (tashxisot va davolanish uchun), O‘SOK to‘liq nazorat qilinganligi uchun, bir kunga xisobidan kamaytirilgan (1 kunga o‘rtacha 200 000 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ekopatogen omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga byudjet va bdjetdan tashqarigi mablag‘larni 750 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
tadqiqotda ilk bora Farg‘ona vodiysi uchun O‘SOKning tibbiy – ekologik kartografiyasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Namangan filiali bo‘yicha 23.11. 2023 yildagi 419 sonli buyruq xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 23.11.2022 yildagi 421 sonli buyruq va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 23.11.2022 yildagi 420 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi vodiy sharoitida 95 % xollarda O‘SOKni kelib chiqishini «ekoifloslanish» omillariga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan. Asosiy ekoomillar bo‘lib xolororganik birikmalarni, kremniyni, kadmiyni va organik changlarni atrof muhitga 0,3 protsentdan to 1,0 protsentgacha etib ortiq chiqarilishi izohlangan va isbotlangan «O‘SOKning tibbiy – ekologik kartografiyasi» ishlab chiqilgan, natijada ekoprediktiv va ekopreventiv faoliyatni amalga oshirilishi davolash va profilaktika jarayonini 95 %ga yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ishlab chiqilgan xronobiologik, xronoterapevtik va xronoprofilaktik tavsiyalar, dasturlar O‘SOKni kelib chiqish xavfini 3 barobarga etib kamaytirib iqtisodiy samara olishni xar bir bemor xisobiga 1 mln 650 ming so‘mga ko‘tarish imkoni berilgan (bemorlarni shifoxonaga tushishlarini kamaytirish xisobiga); 2) shifoxonagacha bosqichda O‘SOKni asosan davolash yoki profilaktika qilish xisobiga dori – darmon kam talab etilgan yoki umuman ishlatilmagan. Xulosa: O‘SOKni ekoxronobiologik, ekoterapevtik va ekoxronoprofilaktik dastur/tavsiyalari kasallikka nisbatan nomaqbul epidemiologik sharoitlar “tug‘diradigan” oylar xavfini martda (13,2 %ga), aprelda (10,6 %ga) va dekabrda (10,4 %ga), jami 3 barobarga kamaytirishi isbotlangan. Buning natijasida 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 470 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 160 mingdan 200 000 so‘mgacha tejab qolish imkonini yaratgan.