Abdulazizxojiev Boburbek Rasuljon o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virus etiologiyali jigar sirrozida rivojlangan hepatorenal sindromida buyrakdagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va kompleks muolajalar ta’sirini baholash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1589.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Moxigul Azimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Adiljon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Virus etiologiyali (gepatit V va S viruslari negizida rivojlangan) jigar sirrozlarida gepatorenal sindrom xususiyatlarini o‘rganish hamda buyrak disfunksiyasini erta tashxislash va kompleks muolajalar ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida 0.45 % li natriy xlor eritmasi yuklamasi yordamida buyraklar funksional zaxirasini aniqlab gepatorenal sindromni erta, yashirin bosqichida tashhislash mumkinligi isbotlangan;
virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlaridakoptokchalar fil`tratsiyasi tezligini kreatinin yordamida aniqlash gepatorenal sindromda buyrak funksional holatidagi o‘zgarishlarni erta baholash imkonini berishi asoslangan;
virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlari natijasida yuzaga kelgangepatorenal sindromda jigar va buyrakdagi fibroz jarayonlari mushtaraklikda kechishi ilk marta siydikda IV tip kollagenni tekshirish yordamida tasdiqlangan;
virusli jigar sirrozida gepatorenal sindromini erta davrda tashxislab standart davosi negizida eplerenon + L-ornitin L-aspartat va glutation qo‘llash antifibrotik ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/9-son xulosasiga ko‘ra:
surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozi oqibatida yuzaga kelgan gepatorenal sindromda davolashni buyrakdagi o‘zgarishga ta’sirini nazorat qilishda uning funksional zaxirasini aniqlash muhim amaliy ahamiyatga egaligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2022 y.; №5), Farg‘ona viloyati O‘zbekiston TTB markaziy shifoxonasi (14.12.2022 y.; №4) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki virusli jigar sirrozlari negizida rivojlangan gepatorenal sindromni tashhislashda buyrakdagi patologik jarayonni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy markerlardan foydalanish uning funksional zaxirasi holati va fibroz jarayonlarini erta aniqlash imkoniyatini yaratgan. Koptokchalar fil`trasiyasi infuziya yoki suyuqliklarni me’yoridan ortiq ichilganda, oqsil miqdori yuqori mahsulotlar iste’mol qilganda ortishini va jismoniy zo‘riqish hamda salbiy emosiyalar ta’sirida kamayishini hisob olgan holda, ushbu ko‘rsatkichni to‘g‘ri baholash uchun bemorlarni yuqorida sanab o‘tilgan omillardan xoli qildik. Surunkali buyrak kasalligi bosqichlari zamonaviy tavsiyalarga muvofiq aniqlandi. 1-bosqich – buyrak zararlanishi markerlari mavjud va KFT meyo’rida yoki u 90 ml/dakika/1,73 m2 bo‘lganda. 2-bosqich - buyrak zararlanishi markerlari mavjud va KFT 60-89 ml/dakika/1,73 m2 bo‘lganda. 3a va 3b bosqichlar – KFT mutanosib ravishda 45-59 va 30-44 ml/daqiqa/1,73 m2 pasayganda. 4 va 5-bosqichlar – KFT mutanosib ravishda 15-29 va <15 ml/dakika/1,73 m2 pasayganda. CKD-EPI (Clronic Kidney Desease Epidemiology Collaboration) formulalaridan foydalanib kreatinin yordamida hisoblab topilgan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi va unga asoslanib buyraklar funksional zaxirasi aniqlandi. Qonda kreatinin miqdori va uning yordamida KFT aniqlash maqsadida venoz qon olinib undan so‘ng tana vaznining 0.5 % miqdorida 0.45 – 0.50 % li natriy xlor eritmasi (o‘rtacha 400 ml) ichishga buyurildi. Bemor undan so‘ng 1 soat davomida tinch o‘tirgan holatda kuzatildi. Bir soat o‘tgach kreatinin miqdorini aniqlash maqsadida qayta venoz qon olindi va quyidagi formula yordamida BFZ aniqlandi. BFZ = (KFT2 – KFT1) / KFT1 × 100 %; KFT1 – uning boshlang‘ich ko‘rsatkichi; KFT2 – o‘tkazilgan yuklamadan keyingi ko‘rsatkichi; Olingan natijalarga qarab BFZ saqlangan (KFT o‘sishi 10% ko‘p bo‘lsa), pasaygan (KFT 5-10% oralig‘ida bo‘lsa) va zaxira yo‘q (o‘sish 5% va undan kam bo‘lsa) deb baholandi [Ivanov D.D., 2019]. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida 0.45 % li natriy xlor eritmasi yuklamasi yordamida buyraklar funksional zaxirasini aniqlab gepatorenal sindromni erta, yashirin bosqichida tashhislash mumkinligi isbotlangan ya’ni kimmat baxo immunoferment usullardan farqli ularo, arzon kreatininni bioximik usulda aniqlash 1 bemorga 35000 sarf va 120000 iqtisod qilinadi. Xulosa: Qondagi kreatinin yordamida 0.45% li natriy xlor eritmasi yuklamasi berilib aniqlangan buyraklar funksional zahirasi ko‘rsatkichlari virusli gepatit V negizida rivojlangan jigar sirrozida 4,3±0,17%, uning S shaklida 4,1±0,12 %ga teng bo‘lib ular bir - biridan ishonchli farq qilmadi (R>0.05) va ko‘rsatkichlar zahira yo‘qligidan dalolat berdi. Abdulazizxojiev Boburbek Rasuljon o‘g‘lining“Surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida kompleks muolajalarning gepatorenal sindromga ta’siri” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr oyidagi dagi 8n-r 14/81-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadan foydalanish gepatorenal sindromni erta aniqlash va muolajalarni nazorat qilish imkoniyatini berilgan
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, olingan natijalar asosida shakllangan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etilishi jigar sirrozida kuzatiladigan nefropatiyalarni o‘z vaqtida aniqlab monand davo choralarini qo‘llash buyrakdagi patologik jarayonni mo‘’tadillashtirishi, bemorlarni shifoxonaga qayta yotishlari sonini kamayishiga va hayot davomiyligi uzayishiga olib kelishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2022 y.; №5), Farg‘ona viloyati O‘zbekiston TTB markaziy shifoxonasi (14.12.2022 y.; №4) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini kreatinin yordamida aniqlash gepatorenal sindromda buyrak funksional holatidagi o‘zgarishlarni erta baholash imkonini berildi va davolash natijasida 4.1 ±0.2 % dan 5.09 ± 0.14 gacha buyrak funksional zaxirasi 18% yaxshilandi; virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlari natijasida yuzaga kelgan gepatorenal sindromda jigar va buyrakdagi fibroz jarayonlari mushtaraklikda kechishi ilk marta siydikda IV tip kollagenni tekshirish yordamida tasdiqlanganligi, gepatorenal sindromni to‘g‘ri tashxislash va davolashda bir necha mutaxassisda emas, balki faqat gastroenterolog tomonidan jigar sirrozini patogenetik terapiya etarli va davolashga ortiqcha sarf xarajatlar iqtisodi erishildi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) virusli jigar sirrozida rivojlangan gepatorenal sindromni erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilib, virusli V va S jigar sirrozida rivojlangan gepatorenal sindromda buyrak funksional xolatidagi koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini kreatinin yordamida aniqlash gepatorenal sindromda buyrak funksional holatidagi o‘zgarishlarni erta baholash imkonini berildi va boshqa qimmatbaxo tekshiruvlardan foydalanmaslik natijasida 1 nafar bemorga gepatorenal sindromini diagnostika qilish uchun mablag‘ sarfi 35000 so‘mni tashkil etdi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 120000 sumga iqtisod qilish imkonini berdi; 2) virusli gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini kreatinin yordamida aniqlash gepatorenal sindromda buyrak funksional holatidagi o‘zgarishlarni erta baholash imkonini berildi va davolash natijasida 4.1 ±0.2 % dan 5.09 ± 0.14 gacha buyrak funksional zaxirasi 18% yaxshilandi bu esa bemorni statsionarda yotish kunlari qisqarishiga olib kelgan va 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini ushbu usulda davolash va tashxislashni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi 2 640 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 870 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Peshobdagi kollagen IV ko‘rsatkichlari virusli gepatit V negizida rivojlangan jigar sirrozida 242.33 ±3,85 mkg, uning S shaklida 259,48 ± 3,55mkg ga teng bo‘lib ular bir - biridan ishonchli farq qildi (R<0.001) va ko‘rsatkichlar so‘ngi guruh jigar sirrozida yuqoriligi tasdiqlandi. Bu virusli gepatit S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida fibroz jarayonlari jadalroq kechishini ko‘rsatib o‘z vaqtida patogenetik terapiya o‘tkazishga ma’lumot beradi. Abdulazizxojiev Boburbek Rasuljon o‘g‘lining“Surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida kompleks muolajalarning gepatorenal sindromga ta’siri” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr oyidagi dagi 8n-r 14/81-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadan foydalanish gepatorenal sindromni erta aniqlash va muolajalarni nazorat qilish imkoniyatini berilgan
Surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozi oqibatida yuzaga kelgan gepatorenal sindromda fibroz markeri IV tip kollagenni siydikdagi miqdorini aniqlash o‘tkazilayotgan kompleks muolajalar samaradorligini baholashda qo‘llash mumkinligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2022 y.; №5), Farg‘ona viloyati O‘zbekiston TTB markaziy shifoxonasi (14.12.2022 y.; №4) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusli jigar sirrozlari negizida rivojlangan gepatorenal sindromni tashhislashda buyrakdagi patologik jarayonni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy marker siydikdagi IV tip kollagenni tekshirish yordamida foydalanish uning funksional zaxirasi holati va fibroz jarayonlarini erta aniqlash imkoniyatini yaratgan; virusli jigar sirrozida gepatorenal sindromini erta tashxislab o‘z vaqtida patogenetik terapiya o‘tkazilishda buyraklar transplantatsiyasiz bemorlarni 4-10% yaxshilanishi kuzatildi va asoratlarni kamayishiga erishildi; taklif etilgan diagnostik algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish virusli jigar sirrozida gepatorenal sindromni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Virusli jigar sirrozi bilan gepatorenal sindromi bilan diagnostika qoidalariga amal qilgan xolda yotkizishda: virusli jigar sirrozida rivojlangan gepatorenal sindrom xastalangan bemorlarda erta o‘lim ko‘rsatkichini 85% ga kamaytiradi. Xulosa: Peshobdagi kollagen IV ko‘rsatkichlari virusli gepatit V negizida rivojlangan jigar sirrozida 242.33 ±3,85 mkg, uning S shaklida 259,48 ± 3,55mkg ga teng bo‘lib ular bir - biridan ishonchli farq qildi (R<0.001) va ko‘rsatkichlar so‘ngi guruh jigar sirrozida yuqoriligi tasdiqlandi. Bu virusli gepatit S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida fibroz jarayonlari jadalroq kechishini ko‘rsatdi va peshobdagi kollagen IV aniqlash turli etiologiyali jigar sirrozida buyrakdagi fibroz jarayoni qanday ketishi, uni davolash natijalarini erta baxolash jigar sirrozida rivojlangnan gepatorenal sindromi bilan davolangan bemorni statsionarda yotish iqtisod etiladi va xayot davomiyligi ortishi kuzatiladi. 4-10% ga. Abdulazizxojiev Boburbek Rasuljon o‘g‘lining“Surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida kompleks muolajalarning gepatorenal sindromga ta’siri” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr oyidagi dagi 8n-r 14/81-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadan foydalanish gepatorenal sindromni erta aniqlash va muolajalarni nazorat qilish imkoniyatini berilgan.
olingan natijalar asosida shakllangan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etilishi jigar sirrozida kuzatiladigan nefropatiyalarni o‘z vaqtida aniqlab monand standart davosi negizida eplerenon + L-ornitin L-aspartat va glutation qo‘llash buyrakdagi patologik jarayonni mo‘’tadillashtirishi, bemorlarni shifoxonaga qayta yotishlari sonini kamayishiga va shifo jarayonini tezlashtiradi, yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2022 y.; №5), Farg‘ona viloyati O‘zbekiston TTB markaziy shifoxonasi (14.12.2022 y.; №4) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozi oqibatida yuzaga kelgan gepatorenal sindromni kompleks davolash rejasida glutation va eplerenonni qo‘shish yordamida ularning nefroprotektiv va antifibroz ta’sirida buyrakdagi patologik jarayonlar barqarorlashishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 8 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 12 kunlik statsionardagi davo yotogi 1200 000 so‘mdan 8 kunlik 850000 so‘mga iqtisod qilindi 350 ming so‘mga kamaytirdi (TTB ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 100.000 so‘mni tashkil qiladi); reabilitatsiya xarajatlarini 590000 so‘mga kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Kollagen IV ko‘rsatkichlari gepatit V virusi oqibatida rivojlangan jigar sirrozida kompleks davo negizida eplerenon + L-ornitin L-aspartat va glutation qo‘shib o‘tkazilgan kompleks muolajalardan keyin 245.37 ± 5,2 mkg dan 224.6 ± 6,4 mkg ga kamayib farqlar ishonchli bo‘ldi (p<0,05). Gepatit S negizida rivojlangan jigar sirrozida esa bu raqamlar mos ravishda 256 ± 4.2 mkg va 224 ± 4.25 mkg ga teng bo‘lib ishonchli o‘zgarishlar qayd etildi (p<0,001). Buni eplerenon va glutation preparatlarining antifibroz ta’siri bilan bog‘lash mumkin. Abdulazizxojiev Boburbek Rasuljon o‘g‘lining“Surunkali gepatit V va S negizida rivojlangan jigar sirrozlarida kompleks muolajalarning gepatorenal sindromga ta’siri” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr oyidagi dagi 8n-r 14/81-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadan foydalanish gepatorenal sindromni erta aniqlash va muolajalarni nazorat qilish imkoniyati berilgan.