Sultanova Nafisa Sabirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bolalar sog‘ligi va rivojlanishiga parvarish tamoyillari va oziqlantirish turlari samarasini kompleks baholash (longityud tekshiruv misolida)", 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib.558.
Ilmiy maslahatchi: Turdiqul Akramovich Bobomuratov, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: professor Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Adolat Abduraximovna Ismailova, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parvarishlash tamoyillari va oziqlantirish turlarini kompleks baholovchi longityudinal tadqiqot asosida bolalar salomatligini shakllanishini bashoratlash tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
longityud tekshiruv asosida ko‘krak yoshidagi bolalarning ovqatlanish turi va parvarish usullarini 14 yoshgacha bo‘lgan davrdagi jismoniy, asab-ruhiy rivojlanishi, kasallanish ko‘rsatkichi, immun tizim hamda metabolik o‘zgarishlarni yuzaga kelishi isbotlangan;
taklif etilgan parvarish usullari va ovqatlanish turlari nafaqat ko‘krak yoshi, kichik yosh davrlarida, balki, uzoq muddat davomida bolalarning o‘sish va rivojlanishi, kasallanish ko‘rsatkichlari hamda hujayra (CD4+, CD8+, CD23+, CD38+) va gumoral (IgA, M, J) immun tizim holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ona suti bilan oziqlantirish to‘g‘ri parvarishlash bilan birgalikda yuqori samaradorlikka ega ekanligini 54%, parvarishda nuqson bo‘lganda bolalar jismoniy rivojlanishidan ortda qolganligi va kasallanish ko‘rsatkichlari yuqoriligi 62%, erta yoshdagi bolalarda kamqonlik, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, o‘smirlik davrida allergik va endokrin kasalliklarning rivojlanishiga sharoit yaratilganligi isbotlangan;
bolalarda yoshiga mos ravishda vazn-bo‘y indeksi ko‘rsatkichlari 85-97 persentilga oshishi abdominal semirish va klinik-metabolik o‘zgarishlar, gemoglobin kamayishi, arterial gipertenziya, glyukozaning oshishi, yog‘ va xolesterin almashinuvidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda erta yoshdan shakllanishi, ovqatlanish turlari va parvarish usullari bilan korrelyasiyalash tartibi isbotlangan;
ilk bor CEBQ va DEBQ sinamalari orqali ovqatlanish xulq atvori va odatlaridagi buzilishlar bolalar va o‘smirlarda semizlik va metabolik sindrom rivojlanishi xavfiga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yildagi 20 iyundagi №06/015-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 22 iyundagi 09-04993-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: longityud tekshiruv asosida ko‘krak yoshidagi bolalarning ovqatlanish turi va parvarish usullarini 14 yoshgacha bo‘lgan davrdagi jismoniy, asab-ruhiy rivojlanishi, kasallanish ko‘rsatkichi, immun tizim hamda metabolik o‘zgarishlarni yuzaga kelishi Toshkent shahar 42-son oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 124-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati Kogon tumani markaziy shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 5 yanvardagi 17/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: longityud tekshiruv asosida ko‘krak yoshidagi bolalarning ovqatlanish turi va parvarish usullarini 14 yoshgacha bo‘lgan muddatda jismoniy, asab-ruhiy rivojlanishi, kasallanish darajasini kamaytirish natijasida erta tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolaning ona suti bilan oziqlanmasdan o‘sishi va rivojlanishi uchun kuniga 10 600 so‘m, 6 oyligidan keyin unga bo‘tqalar qo‘shilishi munosabati bilan bolaning ovqatlanishiga 1 kunda 17 200 so‘m sarflansa, 40 nafar bemor hisobidan umumiy 424 000 so‘m, 6 oyligidan keyin 688000 so‘m budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mutloq ona suti bilan oziqlantirish va sog‘lom parvarishni ta’minlash natijasida, 1 nafar bolaning 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 27 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan parvarish usullari va mutloq ona suti bilan oziqlantirish nafaqat ko‘krak yoshi, kichik yosh davrlarida, balki, uzoq muddat davomida bolalarning o‘sish va rivojlanishi, kasallanish ko‘rsatkichlari, hamda hujayra (CD4+, CD8+, CD23+, CD38+) va gumoral (IgA, M, J) immun tizim holatiga ijobiy ta’siri Toshkent shahar 42-son oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 124-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati Kogon tumani markaziy shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 5 yanvardagi 17/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: go‘daklar orasida o‘tkir va surunkali kasalliklarni oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini yaxshilash, bosqichma-bosqich sog‘lom ovqatlantirish va parvarish qilishda taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bolalarda somatik patologiyalarni tashxislash va bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak yoshi va ilk bolalik davrida bolalarning uzoq muddat davomida hujayra va gumoral immun tizim holatiga salbiy ta’siri natjasida somatik kasallanish ko‘rsatkichlari tufayli davolanish uchun kuniga shifoxonada bo‘lish vaqti minimal 110 000 so‘m iqtisod qilinadi. Shifoxonada umumiy 40 nafar bemor bola uchun 10 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 44 000 000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: go‘daklar orasida o‘tkir va surunkali kasalliklarni oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini yaxshilash, bosqichma-bosqich sog‘lom ovqatlantirish va parvarish qilishda taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bolalarda somatik patologiyalarni tashxislash, hamda bashoratlash statsionar sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 110 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ona suti bilan oziqlantirish to‘g‘ri parvarishlash bilan birgalikda, ovqatlanish tabiiy bo‘lsada parvarishda nuqson bo‘lganda bolalar jismoniy rivojlanishidan ortda qolganligi va kasallanish ko‘rsatkichlari, erta yoshda kamqonlik, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak kasalliklari, o‘smirlik davrida allergik va endokrin kasalliklarning rivojlanishiga sharoit yaratilganligi Toshkent shahar 42-son oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 124-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati Kogon tumani markaziy shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 5 yanvardagi 17/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parvarishda nuqson bo‘lganda bolalar jismoniy rivojlanishidan ortda qolganligi, erta yoshda kamqonlik, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak kasalliklari, o‘smirlik davrida allergik va endokrin kasalliklarning rivojlanishini erta tashxislash va bashoratlash sifati yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta yoshda kamqonlik, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak kasalliklari, o‘smirlik davrida allergik va endokrin kasalliklarning rivojlanishi natijasida oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 60 000 so‘m sarflansa, 40 nafar bemor bolalarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 2 400 000 so‘mni budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: somatik kasalliklarni erta tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilash uchun oilaviy poliklinika sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 60 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda yoshiga mos ravishda vazn-bo‘y indeksi ko‘rsatkichlari 85-97 persentilga oshishi abdominal semirish va klinik-metabolik o‘zgarishlar, gemoglobin kamayishi, arterial gipertenziya, glyukozaning oshishi, yog‘ va xolesterin almashinuvidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda erta yoshdan shakllanishi, ovqatlanish turlari va parvarish usullari bilan korrelyasiyalash tartibi Toshkent shahar 42-son oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 124-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati Kogon tumani markaziy shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 5 yanvardagi 17/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarning rivojlanishini gormonikligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan texnologiyalar keng miqyosda qo‘llanilishi sof ona suti bilan oziqlantirish darajasi sezilarli darajada oshirish va sog‘lom parvarishni ta’minlash, erta tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda yoshiga mos ravishda abdominal semirish va klinik-metabolik o‘zgarishlar, yog‘ va xolesterin almashinuvidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda bolaning ona suti bilan oziqlanmasdan o‘sishi va rivojlanishi uchun kuniga 10 600 so‘m, 6 oyligidan keyin unga bo‘tqalar qo‘shilishi munosabati bilan bolaning ovqatlanishiga 1 kunda 17 200 so‘m sarflansa, 40 nafar bemor hisobidan umumiy 424 000 so‘m, 6 oyligidan keyin 688 000 so‘m budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mutloq ona suti bilan oziqlantirish va sog‘lom parvarishni ta’minlash natijasida bolalarda ortiqcha vazn, semirish, klinik-metabolik o‘zgarishlarni oldini olish 1 nafar bolaning 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 27 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor CEBQ va DEBQ sinamalari orqali ovqatlanish xulq atvori va odatlaridagi buzilishlar bolalar va o‘smirlarda semizlik va metabolik sindrom rivojlanishi xavfiga ta’siri Toshkent shahar 42-son oilaviy poliklinika bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 124-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati Kogon tumani markaziy shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 5 yanvardagi 17/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar rivojlanishi va sog‘lom bo‘lishida ishlab chiqilgan yangi ilmiy asoslangan texnologiyalar keng miqyosda qo‘llanilishi o‘z navbatida yosh avlodni ijtimoiy sog‘lom va barkamol etib shakllantirish, ovqatlanish odatlari CEBQ va DEBQ usullari asosida metobolik sindrom rivojlanish xavfini tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar va o‘smirlarda ortiqcha vazn, semizlik va metabolik sindrom rivojlanishi ovqatlanish xulq atvori va odatlaridagi buzilishlar natijasida oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 60 000 so‘m sarflansa, 40 nafar bemor bolalarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 2 400 000 so‘mni budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: metobolik kasalliklarni erta tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilash uchun oilaviy poliklinika sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 60 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.