Agzamxodjaeva Barno Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipoksik-ishemik ensefalopatiya bilan erta tug‘ilgan chaqaloqlarning rivojlanishida buzilishidagi neyroimmunologik biomarkerlarning roli”, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1517.
Ilmiy rahbar: Salixova Kamola Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiet markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimov Axbor Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor,  Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliq.
II. Tadqiqotning maqsadi neyroimmunologik biomarkerlar va neyrovizualizatsiyaning zamonaviy usullari asosida muddatidan oldin  tug‘ilgan gipoksik-ishemik ensefalopatiyali chaqaloqlarda tashxis qo‘yish va natijalarini bashorat qilishning kompleks dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chaqaloqlarda gipoksik miya shikastlanishi rivojlanishning og‘irligi, onaning ekstragenital kasalliklari (o‘rtacha va og‘ir darajadagi anemiya, yurak-qon tomir kasalliklari), preeklampsiya, platsentaning muddatdan oldin ajralishi orasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
muddatiga etmay tug‘ilgan gipoksik ensefalopatiya va  asab tizimining buzilishlari xavfi bo‘lgan chaqaloqlarda 3 oylikdagi aniqlangan EEG ko‘rsatkichlaridan rivojlanishning 3-turdagi buzilishi, NSG da PVL mavjudligi nevrologik buzilishlarning patogenetik modeli bilan bog‘liqligi isbotlangan;
GIE bilan erta tug‘ilgan chaqaloqlarda nevrologik asoratlarni rivojlanishida VEGF immunologik omilining pasayishi va NSE neyrobiokimyoviy markerining ko‘payishining prognostik ahamiyati va ularning Jurba-Mastyukova shkalasi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi (r=0,64 va r=- 0,67, p<0,01) isbotlangan; 
“Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning reabilitatsiya salohiyatini aniqlash” elektron dasturi ishlab chiqildi va uning asosida muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning nogironligini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 22 iyundagi №5-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 9 sentyabrdagi 01/10-684-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: onalarda ekstragenital patologiyalar (anemiya, yurak-qon tomir kasalliklari), preeklampsiya va platsentaning muddatdan oldin ajralishining yuqori chastotasini aniqlash GIE bilan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning tug‘ilishining kamayishiga olib kelgan Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 28 yanvardagi 75-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 8 iyundagi 107/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: onalarda ekstragenital patologiyani erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ilishini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayolda ekstragenital patologiyaning erta antenatal profilaktikasi va o‘z vaqtida davolash tejamkor bo‘lib, muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqni statsionar davolash xarajatlari 76 315 000 so‘mni tashkil qilgan, 53 nafar bemor uchun 1 297 355 036 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homilador ayollarda ekstragenital patologiyaning barvaqt oldini olish va tegishli davolash tadbirlari o‘tkazilib, 1 nafar bemorga 1 kun hisobidan 366 355 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda EEG ko‘rsatkichlaridan rivojlanishning 3-turdagi buzilishi, NSG da PVL mavjudligi nevrologik buzilishlarning aniqlanishi asab tizimining buzilishlari xavfini kamaytiradi va gipoksik ensefalopatiya, hayotining birinchi yilidagi rivojlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir motor buzilishlarini oldini olishga yordam bergan Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 28 yanvardagi 75-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 8 iyundagi 107/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyrovizualizatsiya va neyrofiziologik ko‘rsatkichlar yordamida GIE rivojlanishini erta tashxislash natijasida erta aralashuv va reabilitatsiya tadbirlarini samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  erta tug‘ilgan chaqaloqlarda miyadagi patologik o‘zgarishlarni aniqlaydigan neyrovizualizatsiya va neyrofiziologiya (invaziv bo‘lmagan, xavfsiz, uyqu paytida amalga oshiriladigan) usullaridan foydalanish antigipoksik terapiyani va maqsadli davoni erta boshlash va samaradorligini oshirishga yordam beradi, klinikada o‘rtacha har bir bemor uchun kunlik xarajatlar 366 355 so‘m, yuqoridagi diagnostika usullaridan foydalanish erta tashxislash va davolash taktikasini qo‘llash hisobiga yotoq kunlari sonini 7 kunga qisqartirilgan va 2 487 562 so‘m iqtisod qilishga erishilgan; Xulosa: Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda miyaning funksional holatini aniqlovchi neyrovizualizatsiya va neyrofiziologiya usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 366 355 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: VEGF immunologik omilining pasayishi va NSE neyrobiokimyoviy markerining ko‘payishini aniqlanishi va Jurba-Mastyukova shkalasi ko‘rsatkichlarini bilan bog‘liqligini taxlil qilish muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda GIEning nevrologik asoratlarni rivojlanishini bashorat qilishga yordam beradi; IL-1 (3,9 marta), IL-6 (2,2 marta), TNF-α (3,7 marta) sitokinlarning ko‘payishi va IL-4 ning kamayishi (1,2 marta) gestatsion yoshiga ko‘ra GIE ning og‘irligi darajasini baholashga yordam beradi, Jurba Mastyukova balli shkalasidan orqali baholanganda, ballarning pastligi salbiy nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi yuqoriligidan dalolat bergan Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 28 yanvardagi 75-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 8 iyundagi 107/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda informativ immunologik ko‘rsatkichlar va neyrobiokimyoviy diagnostika markeri, shuningdek, Jurba Mastyukova shkalasidan foydalanish GIE nevrologik asoratlarini bashoratlaydi va miya shikastlanish darajasini erta bosqichda aniqlash imkonini beradi, bu esa o‘z vaqtida aralashuvlar, davolash va reabilitatsiya choralarini joriy etish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash ishlari olib borilishi natijasida shifoxonadagi yotoq kunlarining 7 kunga qisqartirilgan natijasida to‘lov miqdori 2 487 562 so‘mgacha iqtisod qilingan. Xulosa: muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda immunologik, neyrobiokimyoviy markerlarni aniqlash,  Jurba Mastyukova shkalasidan foydalanish GIEning nevrologik asoratlarini bashorat qilish, noxush oqibatlarni oldini olish, bemorlarning kasalxonada yotish muddatini qisqartirish imkonini bergan va 1 nafar bemor hisobiga 366 355 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 366 355 iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 12 oyligida BMF tashxisi qo‘yilgan bolalar soni 2-2,5 baravar kamaydi; Tug‘ilgandagi tana vazni, immunologik, neyrobiokimyoviy markerlar, EEG va NSG ko‘rsatkichlari asosida "Erta tug‘ilgan chaqaloqlarning reabilitatsiya salohiyatini aniqlash" elektron dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, ballarga qarab quyidagilar hisobga olinadi: yuqori reabilitatsiya salohiyatida 0-7 ball; o‘rtacha reabilitatsiya salohiyati 8-14 ball; kam reabilitatsiya salohiyati 15-28 ballga teng bo‘ldi, GIE bilan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda taklif qilingan sxema hamda tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlarning majmuini qo‘llanilishi, nogironlikni kamaytirish va ularning hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 28 yanvardagi 75-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 8 iyundagi 107/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aniqlangan reabilitatsiya potentsialidan foydalangan holda GIE bilan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni boshqarish bo‘yicha taklif etilayotgan sxemasini qo‘llanilishi, nogironlikni kamaytiradi va ularning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta aralashuvlar, tibbiy va reabilitatsiya tadbirlari nogironlikni 2,5 baravargacha qisqartirish imkonini berdi, 1 nafar nogiron bolaga nafaqa miqdori oyiga 622 000 so‘mni tashkil etadi, shuningdek, qarovchi shaxslarga imtiyozli asosda oyiga 500 000 so‘m to‘lanadi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida nogironlikni kamayishi 1 bola hisobidan yiliga 13 464 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: “Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning reabilitatsiya salohiyatini aniqlash” usulini qo‘llash 1 bemor hisobidan 1 kuniga byudjet mablag‘larini 37 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 37 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish