Kurbanova Muxlisa Ravshanxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni tashxislash va davolashning zamonaviy jihatlari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Tib1086.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arzikulov Abduraim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-laborator tadqiqotlar asosida bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan optimal yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamda etiologik tarkibda 41,1% holatda – Streptococcus pneumoniae, 27,4% – Staphylococcus aureus shtammlari diagnostik ahamiyatliligi, bemorlarning 39,2% ida – aralash virus-bakterial qo‘zg‘atuvchilar, 60,8% ida – bakterial qo‘zg‘atuvchilar isbotlangan;
shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan virus-bakterial etiologiyali bolalarda yallig‘lanish jarayonining aktivligini baholash maqsadida (r<0,01) yallig‘lanish biomarkerlari S-reaktiv oqsil va prokal`sitoninning oshishi (SRO 3,6 va PKT 7,4 marta) bilan namoyon bo‘luvchi diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan;
bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamda IL – 1β, IL – 8, TNFα yallig‘lanish oldi sitokinlarining 1,5–3,7 martaga oshishi va IFNγ miqdorining kamayishi bilan ifodalanuvchi informativ diagnostik markerlar, shuningdek, S-reaktiv oqsil va sitokinlar ko‘rsatkichlari (r=+0,414–0,754 r 0,01 dan <0,001 gacha), PKT va sitokinlar (r=+0,484-0,863 r 0,01 dan <0,001 gacha) ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli ijobiy korrelyasion aloqa isbotlangan;
ilk bor kasallikning etiologik verifikatsiyasiga bog‘liq holda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bolalarni davolash va olib borishning differensiallashgan sxemasi ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 12 maydagi 12-05/298-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 24 iyundagi 01/13-427-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamda etiologik tarkibda 41,1% holatda – Streptococcus pneumoniae, 27,4% – Staphylococcus aureus shtammlari, bemorlarning 39,2% ida – aralash virus-bakterial qo‘zg‘atuvchilar, 60,8% ida – bakterial qo‘zg‘atuvchilar aniqlangan. Streptococcus pneumoniae, asosan, III avlod sefalosporinlarga – 78,7%, makrolidlarga – 60,7%, himoyalangan β-laktamlarga – 60,7% sezgirligi aniqlangan. Staphylococcus aureus III avlod sefalosporinlar va karbapenemlarga 100,0% sezuvchanligi aniqlangan, davolashda bemorlarga bazis davo fonida III avlod himoyalangan sefalosporinlarni yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.09.2022 yildagi 1026-sonli buyruq xamda Andijon viloyati bo‘yicha 20.09.2022 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan etiologik verifikatsiyaga bog‘liq holda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni kompleks davolash usuli klinik jihatdan ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam kasalligida mikrobiologik tekshiruvlar orqali antibiotiklarga bo‘lgan sezuvchanlik aniqlangan, bemorlarga samarali antibakterial dori vositalari qo‘llanilgan. Bemorlarni davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llashga sarf qilinadigan xarajati 600 000 so‘mni tashkil qilgan, 66 nafar bemorga 39 600 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda to‘g‘ri tanlangan anibiotikni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 600 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan virus-bakterial etiologiyali bolalarda yallig‘lanish biomarkerlari S-reaktiv oqsilning 3,6 barobarga va prokal`sitonin miqdorining 7,4 barobarga oshishi (r<0,01) aniqlanishi orqali organizmda yallig‘lanish jarayonining aktivligi isbotlanganligi Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.09.2022 yildagi 1026-sonli buyruq xamda Andijon viloyati bo‘yicha 20.09.2022 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam kasallik diagnostikasida informativ hisoblangan yallig‘lanish biomarkerlari ko‘rsatkichlari SRO, PKTlarni baholash kasallikni asoratli virus-bakterial infeksiyasi bilan kechuvchi shakllarini oldini olgan, tashxislash va samarali davolash usulini qo‘llash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni o‘tkir kechishida oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan SRO va PKT usullarini amaliyotda qo‘llanilishi orqali bemorlarda qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 230 000 so‘m, 25 nafar bemorga 5 750 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bo‘lgan bemorlarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 230 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamda IL – 1β, IL – 8, TNFα yallig‘lanish oldi sitokinlarining 1,5–3,7 barobarga oshishi va IFNγ miqdorining kamayishi orqali organizmning immun tizimi faoliyatini nomutanosiblik holati isbotlangan, davolashda bemorlarga immunkorrigirlovchi – bakterial lizat (ismijen) dori vositasini yoshiga nisbatan tizimli ravishda qo‘llash usulini Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.09.2022 yildagi 1026-sonli buyruq xamda Andijon viloyati bo‘yicha 20.09.2022 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamli bolalarni davolashda ismijenni qo‘llanilishi kasallikning asoratli virus-bakterial infeksiyasi bilan kechuvchi shakllarini oldini olgan, bemor immun tizimi sitokinlari darajasini kamayishi, IFNγ darajasini oshishi)ga olib kelgan; bu asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 119 000 so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 41 ta bemorni davolanishidan 4 879 000 so‘m so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 119 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor kasallikning etiologik verifikatsiyasiga bog‘liq holda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bolalarni davolash va olib borishning differensiallashgan sxemasi ishlab chiqilishi Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.09.2022 yildagi 1026-sonli buyruq xamda Andijon viloyati bo‘yicha 20.09.2022 58-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bolalarda taklif etilgan differensiallashgan davolash usullarini qo‘llash klinik jihatdan ijobiy natijalar berib, bemor immun tizimi holatini korreksiyalagan va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada 1 kun qolish 119 000 so‘m, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi 238 000 so‘mni tashkil qilgan, 66 nafar bemorga 15 708 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Olib borilgan differensiallashgan davolash usuli kasallikning takroriy O‘RI va uning asoratlari virus-bakterial etiologiyali ShBBZda – 6,4 marotabaga, bakterial etiologiyali ShBBZda – 4,4 marotaba kamayganligi kuzatilgan. Xulosa: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljam bilan kasallangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.