Xamzaev Komiljon Amirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali buĭrak kasalliklarining rivojlanishini prognozlashda klinik-morfologik qonuniyatlarini baholash», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib72. 
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedjanova Nargiza Ismailovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sigin Aleksey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi va kechishini baholashda klinik va morfologik prediktorlarni o‘tkazilgan davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali buyrak kasalligini nefrotik va nefritik sindromining klinik va morfologik variantlarida immunodepressant davolashda xastalikning ijobiy bashoratiga to‘sqinlik qiluvchi steroidga rezistent nefrotik sindromli bolalar sonining yuqoriligini (49%) buyrak biopsiyasida fokal-segmentar glomeruloskleroz va membranoz nefritning morfologik belgilarini mavjudligi isbotlangan;
bolalarda birlamchi glomerulopatiyalar ko‘lamida biopsiyada IgA nefropatiya va minimal o‘zgarishli kasallikning ustunligi aniqlangan hamda IgA nefropatiyaning 44% va minimal o‘zgarishli kasallikning 34% holatlarida surunkali buyrak kasalligining qaytmas bosqichlari rivojlanishi isbotlangan;
bolalarda tez qaytalanuvchi va steroidga rezistent nefrotik sindromni prednizolon, mikofenolat mofetil, takrolimusdan iborat kombinatsiyalangan immunosupressiya bilan davolashning yuqori samara berishi, davolashning ishlab chiqilgan xavfsiz usullaridan foydalanish bolalarda surunkali buyrak kasalligini prognozlash imkoniyatini yaratishi isbotlangan
IgA nefropatiyaning “yarimoyli”, mezangial proliferatsiyali va endokapillyar proliferatsiyali shakllarida steroid davolash fonida metilprednizolon va siklofosfan puls-terapiyalari, mikofenolat mofetil bilan davolashning eng yuqori samaradorligi ishonchli ravishda asoslangan, fokal-segmentar glomeruloskleroz va C3-glomerulopatiya morfologik belgilari bo‘lgan bolalarda esa qo‘llaniladigan immunosupressiv davolash tartiblaridan qat’i nazar eng kam samarador bo‘lishi isbotlangan; 
MEST shkalasi bo‘yicha baholash jarayoniga bashoratlash mezonlari sifatida hisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, arterial qon bosimi va proteinuriyani dastlabki ko‘rsatkichlarini qo‘shilishi bolalarda surunkali buyrak kasalligining qaytmas bosqichlarining rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamayishiga olib kelganligi, bolalarda steroidga rezistent nefrotik sindrom, tez qaytalanuvchi nefrotik sindrom va IgA nefropatiyasi kombinatsiyalangan immunosupressiv terapiyaga sezgir bo‘lganda 3, 6, 9 va 12 yillik remissiyaga erishish surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi uchun ijobiy natijani oldindan belgilab berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 28 maydagi 03/35 – sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 12 yanvardagi 03/54 -sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligini nefrotik va nefritik sindromining klinik va morfologik variantlarida immuno-depressant davolashda  xastalikning ijobiy bashoratiga to‘sqinlik qiluvchi steroidga rezistent nefrotik sindromli bolalar sonining yuqoriligini (49%) buyrak biopsiyasida fokal-segmentar glomeruloskleroz va membranoz nefritning morfologik belgilarini mavjudligi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.02.2022 yildagi 21-sonli buyruq va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.05.2022 yildagi I-09/32-ich sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - steroid rezistent nefrotik sindrom va tez qaytalanuvchi nefrotik sindrom yoki nefritik sindrom mavjud bolalarda buyrak biopsiyasida fokal segmentar glomeruloskleroz, membranoz nefrit yoki minimal o‘zgarishlarni aniqlanishi, nefritik sindromda esa IgA nefropatiya, fokal segmentar glomeruloskleroz, minimal o‘zgarishlarni, mezangioproliferativ glomerulonefrit, S3-nefropatiyani aniqlanishi ushbu kasalliklarda taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish va surunkali buyrak kasalliklarini tashxislash va davolash sifatini yaxshilash orqali ularda buyraklarni omon qolish muddatlarini uzaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nefrotik va nefritik sindromlarda bemor bolalarni shifoxonada qolish muddati 21 kundan 17 kungacha qisqartirtirilgan, har bir bemorga 4 kun uchun sarflanadigan 1 360 800 so‘m, 60 nafar bemor hisobidan umumiy 81 648 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefritik va nefrotik sindromli bolalarda tashxislash va davolashni yaxshilash, 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 340 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda birlamchi glomerulopatiyalar ko‘lamida biopsiyada IgA nefropatiya va minimal o‘zgarishli kasallikning ustunligi aniqlangan hamda IgA nefropatiyaning 44% va minimal o‘zgarishli kasallikning 34% holatlarida surunkali buyrak kasalligining qaytmas bosqichlari rivojlanishi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.02.2022 yildagi 21-sonli buyruq va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.05.2022 yildagi I-09/32-ich sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - tez qaytalanuvchi nefrotik sindromda biopsiyada minimal o‘zgarishlarni aniqlanishi patogenetik davo uchun kal`sinevrin ingibitorini qo‘shish orqali davolash samaradorligini oshiradi. Steroid rezistent nefrotik sindromda biopsiyada fokal segmentar glomerulosklerozni aniqlashishi residiv yuz bermagan bemorlar uchun kombinirlangan immunosupressiv davo usulini qo‘llanilishi davolash samaradorligini oshiradi, nefritik sindromda biopsiyada aniqlangan IgA nefropatiyaning turlariga mos patogenetik davolash olib borilishi surunkali buyrak kasalligi rivolanishini oldini oladi, nefrotik va nefritik sindromlarda taklif etilgan kombinirlangan immunosupressiv davolashdan foydalanish ijobiy natijalar beradi, davolash sifatini yaxshilaydi va surunkali buyrak kasalligini qaytmas bosqichlarini rivojlanishi sekinlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nefrotik va nefritik sindromlarda bemor bolalarni shifoxonada qolish muddati 21 kundan 17 kungacha qisqartirtirilgan, har bir bemorga 4 kun uchun sarflanadigan 1 360 800 so‘m, 60 nafar bemor hisobidan umumiy 81 648 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefritik va nefrotik sindromli bolalarda tashxislash va davolashni yaxshilash, 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 340 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda tez qaytalanuvchi va steroidga rezistent nefrotik sindromni prednizolon, mikofenolat mofetil, takrolimusdan iborat kombinatsiyalangan immunosupressiya bilan davolashning yuqori samara berishi, davolashning ishlab chiqilgan xavfsiz usullaridan foydalanish bolalarda surunkali buyrak kasalligini prognozlash imkoniyatini yaratishi natijalari bolalarda surunkali buyrak kasalligining bashoratlash tartibi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.02.2022 yildagi 21-sonli buyruq va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.05.2022 yildagi I-09/32-ich sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - takrolimus tez qaytalanuvchi nefrotik sindromli bolalarni davolashda va steroid rezistent nefrotik sindrom holatlarida ham samaradorlikka ega bo‘ladi, takrolimusga sezgirlik mos ravishda 66,7% va 65,0% ni tashkil etib, steroid rezistent va tez qaytalanuvchi nefrotik sindromli bolalarda mikofenolat mofetil va takrolimus kombinatsiyasini qo‘llanilishi davolash usuli samaradorligini 94,4% ga oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - nefrotik va nefritik sindromlarda bemor bolalarni shifoxonada qolish muddati 21 kundan 17 kungacha qisqartirtirilgan, har bir bemorga 4 kun uchun sarflanadigan 1 360 800 so‘m, 60 nafar bemor hisobidan umumiy 81 648 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefritik va nefrotik sindromli bolalarda tashxislash va davolashni yaxshilash, 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 340 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: IgA nefropatiyaning “yarimoyli”, mezangial proliferatsiyali va endokapillyar proliferatsiyali shakllarida steroid davolash fonida metilprednizolon va siklofosfan puls-terapiyalari, mikofenolat mofetil bilan davolashning eng yuqori samaradorligi ishonchli ravishda asoslangan, fokal-segmentar glomeruloskleroz va C3-glomerulopatiya morfologik belgilari bo‘lgan bolalarda esa qo‘llaniladigan immunosupressiv davolash tartiblaridan qat’i nazar eng kam samarador bo‘lishi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.02.2022 yildagi 21-sonli buyruq va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.05.2022 yildagi I-09/32-ich sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - IgA nefropatiyaning “yarimoyli” shakli, mezangial proliferatsiyali va endokapillyar proliferatsiyali shakllarida prednizolon qabul qilishi bilan birga metilprednizolon va siklofosfan puls-terapiyalari, mikofenolat mofetilni birga qo‘llash 56% bolada surunkali buyrak kasalligini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - nefrotik va nefritik sindromlarda bemor bolalarni shifoxonada qolish muddati 21 kundan 17 kungacha qisqartirtirilgan, har bir bemorga 4 kun uchun sarflanadigan 1 360 800 so‘m, 60 nafar bemor hisobidan umumiy 81 648 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefritik va nefrotik sindromli bolalarda tashxislash va davolashni yaxshilash, 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 340 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: MEST shkalasi bo‘yicha baholash jarayoniga bashoratlash mezonlari sifatida hisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi, arterial qon bosimi va proteinuriyani dastlabki ko‘rsatkichlarini qo‘shilishi bolalarda surunkali buyrak kasalligining qaytmas bosqichlarining rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamayishiga olib kelganligi, bolalarda steroidga rezistent nefrotik sindrom, tez qaytalanuvchi nefrotik sindrom va IgA nefropatiyasi kombinatsiyalangan immunosupressiv terapiyaga sezgir bo‘lganda 3, 6, 9 va 12 yillik remissiyaga erishish surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi uchun ijobiy natijani oldindan belgilab berishi tartibi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.02.2022 yildagi 21-sonli buyruq va Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.05.2022 yildagi I-09/32-ich sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - IgA nefropatiyada MEST shkalasi bo‘yicha baholash jarayonida o‘zgarishlar aniqlanganda, bemorda arterial gipertenziya, proteinuriya va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi pasayishi kuzatilsa, ushbu belgilar kasallikning salbiy prognozini prediktori bo‘lib hisoblanadi. Bolalarda nefritik va nefrotik sindromlarda o‘tkazilgan davoga ta’sirchanlikni bo‘lishi va bemorda remissiyaga erishish surunkali buyrak kasalligining ijobiy prognozini belgilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - nefrotik va nefritik sindromlarda bemor bolalarni shifoxonada qolish muddati 21 kundan 17 kungacha qisqartirtirilgan, har bir bemorga 4 kun uchun sarflanadigan 1 360 800 so‘m, 60 nafar bemor hisobidan umumiy 81 648 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefritik va nefrotik sindromli bolalarda tashxislash va davolashni yaxshilash, 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 340 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish