Ruzmetov Yadgor Ozodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yuk vagonlari yurish qismlarining yuklanganligini baholash va yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish asosida ularning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” va 05.08.03 – “Temir yo‘l transportini ishlatish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T645.
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Boronenko Yuriy Pavlovich – texnika fanlari doktori, professor;
Dauseitov Ergen Balgaevich – texnika fanlari doktori, professor;
Xromova Galina Alekseevna – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk vagonlari yurish qismlarining yuklanganligini baholash va yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish asosida ularning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yukni mahkamlashning fizik-geometrik tavsiflarini hisobga olgan holda “yuk-vagon-mahkamlash” tizimining mahkamlagich elementlari parametrlarining ratsional qiymatlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
“yuk-vagon-mahkamlash” tizimining fizik-geometrik parametrlari ideal bo‘lmagan bog‘lanishlar uchun nisbiy harakatdagi dinamika qonuni bo‘yicha asoslangan;
bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlarning bir vaqtdagi ta’sirida qiya joylashgan yon yuzali vagonda yukni tayanch elementlar bilan mahkamlashning matematik modellari ishlab chiqilgan;
tashilayotgan yukning siljishi sababli yuklama ta’sirida yuk vagonlari aravachasi quyma detallarining zo‘riqqan-deformatsiya holatini aniqlash imkonini beradigan ularning chekli elementli modellari ishlab chiqilgan;
ilk bor poezdlar harakati paytida yuklarni joylashtirish va mahkamlash ustidan nazorat zarurligini baholash imkonini beruvchi tashilayotgan yukning siljishi sababli yuk vagonining yurish qismi elementlarining yuklanganligi aniqlangan;
yo‘l davomida doimiy ravishda vagondagi yukning siljishini aniqlash va yurish qismi elementlarining yuklanganligini baholash imkonini beruvchi temir yo‘l vagonlarida yuk siljishini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Yuk vagonlari yurish qismlarining yuklanganligini baholash va yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish asosida ularning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
mahkamlash elementlari parametrlarining qiymatlarini hisobga olgan holda vagonlarda yuklarni yangicha mahkamlash usullari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuklarni mahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan logistik xarajatlarni 10% dan ko‘proqqa kamaytirishga hamda yuklarning butligi (saqlanganligini) va xavfsizligini ta’minlashga erishilgan;
Tenzometriya texnikasidan foydalanish asosida yuk ortilgan vagon va vagondagi yukning turg‘unligini ta’minlash uchun algoritm va dasturiy ta’minot “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada poezd yo‘lning egri uchastkalari bo‘ylab harakatlanishida ko‘ndalang inersiya kuchlari va yukning old va yon tomonlariga shamol kuchi ta’sirida yukning turg‘unlik darajasini oshirishga erishilgan;
yuklarni vagonga joylashtirishda mahkamlagich materiallarning parametrlarini aniqlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuklarni mahkamlashni egiluvchan elementlarini joylashuvining ratsional usulini avtomatlashgan rejimda tanlash hamda mos ravishda yuklarni ortish va mahkamlashga doir amaldagi texnik shartlarga o‘zgartirish kiritish imkoni yaratilgan;
18-9597 rusumli aravacha quyma detallarining ishlab chiqilgan chekli-elementli modellari, tashilayotgan yukning siljishida yuk vagoni yurish qismining O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan elementlarining yuklanganligi tadqiqoti natijalari, poezd harakati davomida yukning siljishini aniqlash usullari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vagonda tashilayotgan yuk siljishi sababli yuzaga keladigan yuklamalar ta’sirida aravacha quyma detallarining zo‘riqqan-deformatsiyalanish holatini aniqlash, poezdning harakati davomida yukning joylashuvi va mahkamlanishini nazorat qilish holatini baholash va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yuk vagonlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish imkoni yaratilgan.