Maxmudov Samariddin Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Logistika tizimidagi korxonalarni moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1798.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Baxodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi logistika tizimidagi korxonalarni moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq siyosatida milliy logistika korxonalarining xizmat ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtirish va texnologik modernizatsiyalashga maqsadli investisiyalash orqali qo‘llab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan soliq imtiyozlari tizimi va soliq yukini optimallashtirish taklifi asoslangan;
milliy transport-logistika tizimini moliyalashtirishni logistik korxonalarning aylanma aktivlarini moliyalashtirish manbalari va raqobatbardosh xizmatlar narxini shakllantirishning kompleks vazifalari asosida takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
logistika tizimidagi korxonalarda aylanma mablagʻlarni optimal boshqarish va uni samarali moliyalashtirishda reversiv faktoring amaliyotidan foydalanish taklifi asoslangan;
logistika tizimidagi korxonalar faoliyatini modernizatsiyalashga investisiya kreditlarini keng jalb qilish hisobiga milliy logistik xizmatlar tizimini modernizatsiyalash va iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Logistika tizimidagi korxonalarni moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq siyosatida milliy logistika korxonalarining xizmat ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtirish va texnologik modernizatsiyalashga maqsadli investisiyalash orqali qo‘llab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan soliq imtiyozlari tizimi va soliq yukini optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son “2018-2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi Qarori va “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʻrisida”gi Qonunda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalar qo‘mitasining 2023-yil 8-iyundagi 05-10/1295-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport logistika korxonalarining yuklarni tashish xizmatlardagi soliq imtiyozlarini taqdim etilishi ushbu korxonalarda tovar aylanma hajmining ko‘payishiga va sof daromadlarining o‘sishiga imkon yaratgan;
milliy transport-logistika tizimini moliyalashtirishni logistik korxonalarning aylanma aktivlarini moliyalashtirish manbalari va raqobatbardosh xizmatlar narxini shakllantirishning kompleks vazifalari asosida takomillashtirish taklifi 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-811-son Qonuni bilan 2022-yil uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlari tarkibida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalar qo‘mitasining 2023-yil 8-iyundagi 05-10/1295-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy iqtisodiyotda eksport amaliyotlarini amalga oshiruvchi logistika korxonalari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Respublika byudjetidan 336 000,0 mln. so‘m mablagʻlar ajratilgan;
logistika tizimidagi korxonalarda aylanma mablagʻlarni optimal boshqarish va uni samarali moliyalashtirishda reversiv faktoring amaliyotidan foydalanish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022-2025-yillarda rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022-yil 02-noyabrdagi 03-40/17048-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-yil davomida ushbu bank tomonidan jami 12,0 mlrd. so‘m miqdorida faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan;
logistika tizimidagi korxonalar faoliyatini modernizatsiyalashga investisiya kreditlarini keng jalb qilish hisobiga milliy logistik xizmatlar tizimini modernizatsiyalash va iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022-2025-yillarda rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022-yil 2-noyabrdagi 03-40/17048-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2026-yillarda milliy iqtisodiyotda eksport amaliyotlari va logistika xizmatlarining o‘zaro bogʻliqligi bo‘yicha kelgusi besh yil uchun ishlab chiqilgan prognozlar asosida logistika korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, savdoni moliyalashtirish vositalarini ommalashtirish, xususan bank mijozlariga tranzaksion bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini oshirishga erishilgan.