Kurbonbekova Mohichexra Turobjonovna
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt382.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ishtirokidagi korxonalarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitga joylashtirish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida foiz oshib borish tarzida bank kapitali etarliligi, bank kapitalini uning majburiyatlariga nisbati, likvidlilik koeffisienti kabi shartlarni nazarda tutgan holda auksion savdolarini o‘tkazish orqali depozit jarayonlarining samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash asoslangan;
pul taklifini tartibga solishda ochiq bozor operatsiyalaridan samarali foydalanish maqsadida qimmatli qog‘ozlar amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash hamda mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari to‘g‘risida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilib borish taklif etilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi birlamchi dilerning birlamchi bozordan sotib olgan davlat qimmatli qog‘ozlari miqdoridan kelib chiqib moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish taklifi asoslangan;
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida monetar siyosatning asosiy foiz stavkasi hamda pul bozoridagi real foiz stavkalarning bank kredit portfeliga ta’sirini oshirish ilmiy asoslangan;
tijorat banklarida likvidlilik va kredit portfeli hajmi o‘rtasidagi teskari mutanosiblikning [+1; -6] miqdoriy chegaralarini o‘rnatish asosida tijorat banklarida boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
davlat ishtirokidagi korxonalarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitga joylashtirish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida foiz oshib borish tarzida bank kapitali etarliligi, bank kapitalini uning majburiyatlariga nisbati, likvidlilik koeffisienti kabi shartlarni nazarda tutgan holda auksion savdolarini o‘tkazish orqali depozit jarayonlarining samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning XI-bo‘limi, 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 13 iyundagi 03/09-5-17/2740-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda davlat ishtirokidagi korxonalarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitga joylashtirish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida auksion savdolarini o‘tkazish orqali depozit jarayonlarining samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
pul taklifini tartibga solishda ochiq bozor operatsiyalaridan samarali foydalanish maqsadida qimmatli qog‘ozlar amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash hamda mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari to‘g‘risida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilib borish taklifi O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5073-son Farmonining 2-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi masalalari kotibiyatining  2022 yil 20 dekabrdagi 02/1-574-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda pul taklifini tartibga solishda mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari to‘g‘risida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilib borish orqali ochiq bozor operatsiyalaridan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi birlamchi dilerning birlamchi bozordan sotib olgan davlat qimmatli qog‘ozlari miqdoridan kelib chiqib moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 82-son qarorining 1-ilovasi 3-bandi g)-kichik bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi masalalari kotibiyatining  2022 yil 20 dekabrdagi 02/1-574-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish imkoni yaratilgan; 
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida monetar siyosatning asosiy foiz stavkasi hamda pul bozoridagi real foiz stavkalarning bank kredit portfeliga ta’sirini oshirishga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 26 dekabrdagi 23/03-1577-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida Turonbank ATB kredit portfeliga pul bozoridagi foiz stavkalarning ta’siri oshirilgan. Xususan, monetar siyosat asosiy foiz stavkasining bir foizga oshishi bank kreditlarining o‘rtacha foizini (imtiyozli kreditlar foizdan tashqari) 0,28 foizga oshirishi hamda Markaziy bank tomonidan majburiy zaxira foizini bir foizga oshirishi esa bank likvidliligini -0,31 foizga pasaytirishi, shuningdek, monetar siyosat qarorlari yirik banklardan ko‘ra o‘rta va kichik banklarga ta’siri yuqori ekanligi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan;
tijorat banklarida likvidlilik va kredit portfeli hajmi o‘rtasidagi teskari mutanosiblikning [+1; -6] miqdoriy chegaralarini o‘rnatish asosida tijorat banklarida boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini ta’minlash taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 26 dekabrdagi 23/03-1577-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida monetar siyosatdagi o‘zgarishlar natijasida Turonbank ATB tomonidan bank likvidliligini bir foizga oshirishga qilingan harakat bank kredit portfelining real hajmini -0,17 foizga pasaytirish  ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish