Xaqnazarov Shavkatning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sudning jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash masalalari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu992.
Ilmiy rahbar: Dovudova Dilzoda Sulaymanovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz odil sudlov sohasidagi jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarlari xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq huquqiy normalarni, sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatmalar berish uchun jinoyat protsessi ishtirokchilarni pora evaziga og‘dirib olish yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir yohud yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlash yoki undash protsess ishtirokchilari xavfsizligiga tahdid qiluvchi omil ekanligi asoslantirilgan;
tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab ishtirokchilar bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uni himoyachi bilan xoli uchrashishini tashqil qilish, protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlanishda muhimligi asoslantirilgan;
ko‘rsatmalarni oldindan mustahkamlash jarayonida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qilish ehtimolini oldini olish maqsadida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini sud majlisiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi mexanizm takomillashtirilishi zarurati asoslantirilgan;
tanib olinuvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishini joriy qilish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sudning jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashdagi faoliyatini kuchaytirish yo‘llarini tadqiq etish natijalari asosida:
ko‘rsatmalarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiladigan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmasligi kerakligi haqidagi takliflardan 2021 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–675-son) 1214-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/5-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessida dalillar maqomiga ega ma’lumotlarni saqlash hamda undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan 2019 yil 23 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–542-son) 127-moddasi oltinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/5-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi, jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvini tekshirib ko‘rish, ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlashga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash faoliyati imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatma berishga majbur qilish yoki undash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi JK loyihasi 238-moddasi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 23 yanvardagi 27/2-14-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi, odil sudlovni ro‘yobga chiqarishga, jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash faoliyati imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan bo‘lsa, qonun normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkinligi haqidagi takliflardan 2021 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–675-son) 81-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi dalillar bazasini kengaytirish, jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash faoliyati imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish